Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Sotsial iqtisodiyotsining Rossiya modeli
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
5. Sotsial iqtisodiyotsining Rossiya modeli.
MDH davlatlari orasida Rossiya Sotsial iqtisodiyotsini yaratish uchun eng katta iqtisodiy zaxira qudratiga ega. Davlat Konstitutsiyasining 7-moddasiga muvofiq Rossiya Federatsiyasi sotsial davlat sifatida ta`riflanadi. Bu davlatning siyosati Konstitutsiyaga muvofiq insonning munosib hayot kechirishi va erkin rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishga mo’ljallangan. Bundan tashqari, mamlakatning asosiy qonunida davlatning vazifasi – har bir inson haqida g’amxo’rlik qilish va fuqarolar majburiyatlari – o’z farovonligi uchun kafolatlangan erkinlik va mulk munosabatlari asosida javobgar bo’lish kabilar belgilab qo’yilgan. Davlat va shu davlatda yashaydigan har bir inson o’rtasidagi o’zaro majburiyatlar mamlakatda sotsial iqtisodiyotsini shakllantirish uchun zamin yaratadi. XX asrning 90-yillarida markazlashgan buyruqbozlik tizimining emirilishi natijasida Rossiya olimlari bozorga asoslangan sotsial yo’naltirilgan iqtisodiyotni yanada rivojlanish yo’llarini topishni boshladi. SHu soha buyicha hozirgi kunda Moskva Davlat universitetida, Rossiya Federatsiyasining Mehnat Vazirligi qoshidagi Mehnat Institutida, Boshqarish va tadbirkorlik Institutida, Boshqarish Davlat Universitetida, “Iqtisodiyot Oliy maktabi” Davlat Universitetida, Moskva shahar iqtisodiyot institutida olib borilgan va davom etayotgan ilmiy izlanishlar alohida e`tiborga sazovordir. Ilmiy tadqiqot natijalari mamlakatni va mintaqalarni sotsial-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha bashoratlari ishlab chiqishda keng ishlatiladi. MDHning ko’plab mamlakatlaridagidek, Rossiya Federatsiyasida ham sotsial iqtisodiyotsini shakllantirish jarayoni ko’plab qiyinchiliklar va ziddiyatlarni hal qilish orqali amalga oshmoqda. MDH davlatlarida va SHarqiy Ovrupa mamlakatlarida markazlashgan buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tish asosiy ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: -Iqtisodiyot asoslarini tezkorlik bilan isloh qilish bozor mexanizmlarini joriy etish, bozor institutlarini yaratish orqali; -Iqtisodiy islohotlar yordamida sekin-asta va bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tish. Birinchi yo’l shartli ravishda “Falaj terapiya”si uslubi deb nomlangan. Bu uslub bozor munosabatlariga nisbatan qisqa muddat ichida o’tishga asoslangan. Rossiya Federatsiyasi aynan shu bozor islohotlar yo’lini tanlagan. Bozor iqtisodiyotiga o’tish “Ikki yillik dastur”, “500 kunlik dastur”, “100 kunlik dastur”lar vujudga kelgan. Ammo hayot ko’rsatganidek, belgilangan “dasturlar” ilmiy jihatdan asoslanmagan va amalga oshmaydigan xayoliy dasturlar bo’lib chiqdi. Ular Sovet Ittifoqida 20 yilga mo’ljallangan kommunizm jamiyatini qurish dasturidan juda kam farq qiladi. Iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatsizliklar, mulkchilikni vaucherlashtirish orqali islox qilish, qishloq xo’jaligidagi, pul-kredit siyosatdagi omadsiz islohotlar nafaqat iqtisodiy o’sish sur`atlarida, iqtisodiyotni tiklashga, balki jamiyatda sotsial tanglikka olib keldi. Bu ko’plab korxonalar faoliyatining tugatilishida, mulkni adolatsiz taqsimlanishida, sanoatga asoslangan mintaqalarda ishsizlik miqdorining beqiyos oshib ketishida, ish haqi, nafaqa va yordam pullarni to’lash kechiktirilishida aksini topgan. Ichki siyosatning barqarorsizligi, hukumatning tez-tez almashib turishi iqtisodiy rivojlantirishni tezlashtirish bo’yicha keng dasturlarni amalga oshirish va muhim sotsial dasturlarni hal etish imkoniyatlarini bermadi va to’sqinlik qildi. Bugungi kun nuqtai nazaridan o’tish davrining o’tgan yillarini, yangi sotsial iqtisodiyotsini yaratish yo’llarini axtarish, tajribalar qo’yish vaqti deb tavsiflash mumkin. XXI asrning boshlari Rossiya Federatsiyasi uchun iqtisodiy qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli echish uchun iqtisodiy va sotsial rivojlanishdagi yo’lga qo’yilgan xatolarni tuzatish uchun qulay imkoniyatlar paydo bo’lishi bilan ifodalangan. Hozirgi kunda iqtisodiy o’sishning yuqori ko’rsatkichlariga erishilmoqda va shu asosda sotsial muammolarni hal etish uchun istiqbolli dasturlar qabul qilinmoqda. Bugungi kunda xukumatning iqtisodiy siyosatning muhim sotsial masalasi kambag’alchilikni qisqartirish, keyinchalik esa uni batamom yo’qotish masalasi belgilangan. YAqin 10 yillikda mamlakatning iqtisodiy qudratining yanada ko’chayishi va aholining pul daromadlarining oshib ketishi mo’ljallanmoqda. Hukumatning sotsial dasturida insoniy kapitalni rivojlantirishga katta investitsiyalarni jalb qilishga alohida o’rin ajratilgan. Ta`lim va ilm sohasida ishlaydigan xodimlarning ish haqining oshishi munosabati bilan “qaytib kelganlar” harkatini qo’llab-quvvatlash holatining kuchayishi ko’zatilmokda. Hukumat poraxo’rlikka, mamlakat boyligini o’g’irlashga, sotsial adolatsizligini to’g’diradigan sabablarga qarshi kurash choralarini kuchaytirmoqda. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling