Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Niderlandiyada
Neoliberal modelga ko’ra esa (AQSH) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba yushmalari bajaradilar.
Neokonservativ modelga ko’ra (Germaniya) ijtimoiy himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal budjeti asosida olib boriladi. 22
Ma`lumki, ijtimoiy himoya va ijtimoiy kafolatning muhim yo’nalishini nafaqa bilan ta`minlash sohasidagi chora-tadbirlar tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda nafaqa yoshining chegarasi har xil belgilangan. Masalan, u Italiyada erkaklar uchun 60 yosh va ayollar uchun 50 yosh, Fransiyada erkak va ayollar uchun bir xil – 60 yosh, AQSH, Germaniya, SHvetsiya, Kanada va Ispaniyada har ikki jins uchun 65 yoshdan qilib belgilangan. 23 Lekin ko’pchilik Evropa davlatlarining qonunlariga ko’ra kishilar muddatdan oldin ham nafaqaga taqdim etiladi. Bu avvalo, mehnat sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishlarda ishlagan kishilarga tegishlidir. Avstraliya, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiyada shaxtyorlar er osti ishlarida 15 yil ishlagan bo’lsa, 5 yil oldin nafaqaga chiqadilar. Ispaniyada er ostida ishlaganlar har bir yil uchun nafaqa yoshi 6 oyga qisqaradi. Ishchining mehnat qobiliyati pasayganda u qarilik nafaqasiga birmuncha barvaqt chiqish huquqiga ham ega bo’ladi. Masalan, Niderlandiyada 15 foiz mehnat qobiliyatini yo’qotgan shaxslarga nafaqa oxirgi daromadining 75 foizi miqdorida tayinlanadi. Bir qator mamlakatlarda esa ishchilar belgilab qo’yilgan yoshga nisbatan erta nafaqaga chiqishlari mumkin. Ammo, bunda nafaqa miqdori birmuncha kam bo’ladi. Masalan, AQSHda har bir yil uchun nafaqa 6.6 foizga kamaytiriladigan bo’lsa, nafaqa yoshi 3 yilgacha pasayishi mumkin. Finlandiya va SHvetsiyada nafaqa yoshiga etmagan har bir yil uchun nafaqa puli 6 foiz kamaytirilsa, nafaqa yoshi esa 5 yilga pasayadi. 60-yillarning oxirlaridan boshlab rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda narxning o’sishi to’xtamayotgan sharoitda nafaqa oluvchilarning xarid qilish qoboliyatini saqlash uchun nafaqalarni muntazam qayta ko’rib chiqish ishlari amalga oshirilgan. Bunda, ish haqi yashash qiymati ko’rsatkichiga ko’ra o’tkaziladi.24 Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling