Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Ishchilarning shaxsiga oid cheklovlar
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtli cheklovlar.
Ishchilarning shaxsiga oid cheklovlar. Ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlar immigrantlarning so\li\iga oid qat`iy talablar ham qo’yishadi. Mamlakatga narkomanlar, ruhiy kasal odamlar, SPID virusi bilan kasallanganlar qo’yilmaydi.
Miqdoriy cheklash. Ishchi kuchini qabul qiluvchi ko’pchilik mamlakatlarda immigrantlarni qabul qilishda miqdoriy cheklashlar joriy etiladi, ya`ni ularning maksimal soni belgilab qo’yiladi. Vaqtli cheklovlar. Ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlarning ko’pchiligi mamlakatga kirib kelgan xorijiy ishchilarning mamlakatda bo’lishlarining maksimal muddatini belgilab qo’yishadi. Geografik imtiyozlar. Immigrantlarni qabul qiluvchi har bir mamlakat immigratsiyaning geografik va milliy tarkibini belgilaydi. Bu usul odatda, ma`lum mamlakatdan kirib kelaytganlar sonini miqdoriy kvotalash orqali amalga oshiriladi. Ta`qiqlar. Xorijiy ishchi kuchini yollash bo’yicha ochiq va yashirin ta`qiqlar xorijliklar shug’ullanishi mumkin bo’lmagan kasblar to’g’risidagi qonunlarda keltiriladi. 2013-yildagi ma`lumotlarga qaraganda dunyo bo’yicha migrantlar 231522,2 million kishi, shundan 48,0 millionini ayollar tashkil qilsa umumiy populatsiyasi 3,2 millionni tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda 135583,4 million kishi, ayollari esa 51,6 millionni, populatsiyasi 10,8 millonni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 95938,8 millionni, ayollar soni 43,0 millionni, populatsiyasi esa 1,6 millonni tashkel etgan. SHu jumladan, birgina Rossiya hududidagi migrantlar soniga e`tibor qaratadigan bo’lsak, migrantlarning 82%ni musulmonlar tashkil etsa 12% xristian dini vakillari va 6%ini esa boshqa din vakillari tashkil etar ekan. Bu migrant aholidan 86% erkaklar, 14% ayollar tashkil etadi. Oliy ma`lumotli megirantlar 6%ni, o’rta maxsus ta`lim vakillari 27%ni, o’rta ta`lim vakillari 42%, tugallamagan o’rta ta`lim vakillari esa 25% tashkil qiladi. SHulardan 30 yoshdagi shaxslarni 66%ini, 18 yoshdagilar 9%ni va 30 yoshdan oshganlar esa 25%dir. Ishlash uchun chet elga ketgan shaxslar sonini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 15 maydagi “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqorolarining hisobga olishning takomillashtirish to’g’risida”gi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan sxema bo’yicha aniqlanadi. Masalan, Rossiyaga ishlash uchun kelganlar, O’zbekistondan 2,7 million kishi, Ukrainadan 1,6 million, Tojikistondan 1,2 million, Azarboyjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va Moldavadan 0,6 million, Armaniyadan 0,5 million, Belarussiyadan 0,4 million, eC dan 1,1 million, Xitoydan esa 0,2 million kishi kelishgan. Migiranlardan qurilish sohasida 29%i, santexniklikda 17%i savdo-sotiqda 18%i, sanoatda esa 15% aholi o’z faoliyatini olib boradi. Rossiyadagi migirantlarning pul o’tkazmalarga nazar tashlaydigan bo’lsak, 2013 yilda O’zbekistondagi 2,6(23%) millon migirantdan 182 millard rubil pul o’tkazmalar amalga oshirilsa, shundan 44,8 mlrd rub.(0,4%) pul Rossiyaga o’tkazilsa, O’zbekistonga Rossiyadan 73,6 millard rub.(0,4%) pul o’tkazmalar amalga oshiriladi. Azarboyjondagi 629 ming migirantdan 35,5 millard rubil pul o’tkazmalar amalga oshirilsa, shundan 18,3 mlrd rub.(0,2%) pul Rossiyaga o’tkazilsa, Azarboyjonga Rossiyadan 80 millard rub.(0,5%) pul o’tkazmalar amalga oshiriladi. Qirg’izistondagi 571 ming migirantdan 57,6 millard rubil pul o’tkazmalar amalga oshirilsa, shundan 6,3 mlrd rub.(0,6%) pul Rossiyaga o’tkazilsa, Qirg’izistonga Rossiyadan 51 millard rub.(0,3%) pul o’tkazmalar amalga oshiriladi. Tojikistondagi 1,2 millon migirantdan 115,2 millard rubil pul o’tkazmalar amalga oshirilsa, shundan 2,1 mlrd rub.(0,2%) pul Rossiyaga o’tkazilsa, Tojikistonga Rossiyadan 21,7 millard rub.(0,2%) pul o’tkazmalar amalga oshiriladi. Bundan tashqari pul o’tkazmalari qabul qiluvchi etakchi mamlakatlarga qaraydigan bo’lsak, 2013 yilda Hindistonga 71 millard dollar, Xitoyga 60 millard dollar, Felippenga 26 millard dollar, Meksikaga 22 millard dollar, Negiriyaga 21 millard dollar, Bangladesh va Pokistonga 15 millard dollar, Vitmanga 11 millard dollar va Ukrainaga 9 millard dollar pul miqdorlari migirant ishchilar orqali kelgan. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling