Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet57/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

3. Evropa tarixida oila va nikoh.
4. Ta`lim sotsial institut sifatida.
5. Din sotsiomadaniy institut sifatida.


1. Sotsial institut tushunchasi va turlari.
Ijtimoiy amaliyot kishilik jamiyati uchun ijtimoiy munosabatlarning ba`zi turlarini mustahkamlash hayotiy zarurat ekanini, ularni muayyan jamiyat yoki muayyan ijtimoiy guruh a`zolari uchun majburiy qilish kerakligini ko’rsatmoqda. Bu, avvalo, shunday ijtimoiy munosabatlarga taalluqliki, ularga kirishgan ijtimoiy guruh a`zolari ushbu guruhning yaxlit ijtimoiy birlik sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo’ladigan eng muhim ehtiyojlarini qondiradi. Xususan, moddiy boyliklarni takror ishlab chiqarishga bo’lgan ehtiyoj odamlarni ishlab chiqarish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur qiladi; o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiylashtirish va yoshlarni guruh madaniyati namunalari asosida tarbiyalash ehtiyoji oilaviy munosabatlarni, yoshlarga ta`lim berish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur etadi.
Eng muhim ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan munosabatlarni mustahkamlash amaliyoti individlarga ijtimoiy munosabatlarda xatti-harakatlar qoidalarini ko’rsatib beruvchi rollar va mavqelarning qat`iy mustahkamlangan tizimini yaratish hamda ushbu axloq qoidalarini so’zsiz bajarishga erishish uchun ko’rsatmalar tizimini belgilashdan iborat.
Rollar, mavqelar va ko’rsatmalar tizimlari sotsial institutlar ko’rinishida yaratilib, jamiyat uchun ijtimoiy aloqalarning eng murakkab va muhim ko’rinishlari hisoblanadi. Aynan sotsial institutlar tashkilotlardagi hamkorlikdagi faoliyatni qo’llab turadi, barqaror xulq namunalari, g’oyalari va rag’batlarini belgilaydi.
“Institut” tushunchasi – sotsiologiya fanidagi markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi, shuning uchun institutsional aloqalarni o’rganish sotsiologlar oldida turgan asosiy ilmiy vazifalardan biri hisoblanadi. Sotsial institutlarning yig’indisi jamiyatning ijtimoiy tizimi deyiladi. U nafaqat institutlar bilan, balki ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy o’zaro aloqa, ijtimoiy rollar bilan ham bog’langan. Bir so’z bilan aytganda, nima harakatlansa, ishlasa, harakat qilsa shular bilan bog’langan.
Sotsial institut me`yorlar va ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi muassasalar yig’indisidan iborat. Uni boshqacha ta`riflasa ham bo’ladi: muayyan ijtimoiy ehtiyojni qondirish uchun mo’ljallangan rollar va mavqelarning yig’indisi institut deyiladi.
Ko’rib turganimizday, institut – bu ijtimoiy sinf degani emas. Masalan, boylar sinfi yoki ijtimoiy guruh, aytaylik barcha nafaqaxo’rlar. Ular ham, bular ham – insonlar yig’indisi. Sotsial institut – mexanizm yoki muassasalar yig’indisidir. Ammo elementlarning mexanik yig’indisi emas. Istalgan muassasaga yoki yaxshisi, ijtimoiy tashkilotga nazar tashlasak, u erda aniq yo’lga qo’yilgan nazorat, rejalashtirish, hisob, xodimlar shtati, binolar va uskunalar, boshqaruv pog’onasini hamda na sinflarda, na demografik va professional guruhlarda uchramaydigan boshqa narsalarni ko’ramiz.
Sotsial institut – bu inson faoliyatining turli sohalarini tartibga soluvchi va ularni rollar va mavqelar tizimiga kirituvchi rasmiy va norasmiy qoidalar, me`yorlar tamoyillari, yo’l-yo’riqlarning turg’un majmuidir. SHunday qilib, biz sotsial institutni ikkita usul yordamida ifodalashimiz mumkin: bir tomondan me`yorlar yig’indisi, ikkinchi tomondan – rollar va mavqelar yig’indisi. YUqorida qayd etilganlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu ikkita ta`rif bir-biriga zid emas, aksincha, ular bir-birini to’ldiradi va bitta hodisaning turli tomonlariga urg’u beradi. Sotsial institut butun jamiyat nomidan harakat qiladi. Institutsional aloqalar bir paytning o’zida me`yoriy ham hisoblanadi, chunki ular jamiyat tomonidan o’z a`zolarining u yoki bu ehtiyojlarini qondirish uchun o’rnatiladi. Sotsial institutning mazmuniy va rasmiy tomonlarini ajratish mumkin. Mazmuniy tomondan sotsial institut u yoki bu ijtimoiy mavqe egalari xulq-atvoriining andozalari tizimi hisoblanadi. Rasmiy tomondan sotsial institut aniq ijtimoiy vazifani bajarish uchun moddiy vositalarga ega bo’lgan shaxslarning yig’indisi sifatida qaralishi mumkin. Sotsial institutga quyidagi belgilar xos:
1) u xulq-atvorning to’g’ri turlarini belgilovchi ijtimoiy me`yorlar va yo’l-yo’riqlarning to’plami sifatida mavjud bo’ladi;
2) u jamiyat mafkurasi va qadriyatlar tizimi bilan chambarchas bog’liq;
3) harakatlarning institutsional turlari jamiyat tomonidan nazorat qilinadi, institutning o’zi esa individlarning xulq-atvorini nazorat qiladi;
4) sotsial institut zarur moddiy vositalar va zahiralarga ega bo’lib, ular tufayli institut asosida yotuvchi me`yorlar va yo’l-yo’riqlar u yoki bu darajada muvaffaqiyatli bajariladi.
Har bir sotsial institut:
1) o’z faoliyatining ma`lum darajada aniq shakllangan maqsadlariga;
2) individlarga belgilangan ijtimoiy mavqe va rollarning to’plamiga;
3) individlarning xulq-atvorini nazorat qiladigan sanktsiyalar tizimiga;
4) ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan konkret xususiy vazifalarga ega (istalgan sotsial institut bulardan tashqari doim yana bir vazifaga ega bo’ladi – bu harakat qilayotgan individlar o’rtasidagi hamjihatlikni ta`minlash).
Sotsiologiya birinchi navbatda:
1) jamiyatning asosini tashkil etuvchi ehtiyojlarni amalga oshirish (oila va ta`lim institutlari);
2) moddiy hayot faoliyatni ta`minlash (iqtisodiyot institutlari);
3) ijtimoiy guruhlar va jamoalarning integratsiyasi (siyosiy va huquqiy-davlat institutlari);
4) ma`naviy qadriyatlarni quvvatlash va saqlash (madaniyat institutlari) hamda boshqalar bilan bog’liq bosh sotsial institutlarning faoliyati bilan qiziqadi.
Ijtimoiy hodisalarning tizimli-tuzilmaviy tahlilida «sotsial institut» tushunchasiga markaziy o’rin beriladi, u ijtimoiy tizimning asosiy maqsadlari va ehtiyojlari bilan o’zaro munosabatda bo’lish orqali odamlarning turli-tuman harakatlaridan mavhumlashgan faoliyatning eng muhim turlari va ijtimoiy munosabatlarini umumlashtirish imkoniyatini ko’zda tutadi. SHu ma`noda sotsial institut ijtimoiy hayotning alohida sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi jamiyat ijtimoiy tuzilmasining etakchi tarkibiy qismi sifatida ifodalanishi mumkin.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling