3. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Bugungi kunda sir emas jahon molyaviy-iqtisodiy inqirozi tufayli ko’pgina mamlakatlar muommolarga uchr amoqda. SHunday muommolardan biri bu ishsizlik.
Evropada hozirgi kunda ishsizlik bo’yicha Gretsiya birinchi o’rinda turadi. eLSTAT milliy statistika byurosining baholariga ko’ra, bu erda ishsizlik 26,6% dan 27% ga o’sgan, yoshlar orasida esa bu ko’rsatkich 61,7% ni tashkil qilmoqda. Avvalroq Ispaniya regional chempion edi. Hatto u erda ham ko’rsatkichlar 26% dan oshmas edi. Gresiyaning iqtisodi 6 yildan beri ketma-ket qisqarib bormoqda.
Bugungi kunga kelib evropa Ittifoqining 28 ta a`zo davlatida 24 yoshgacha bo’lgan yoshlarning qariyb 3/1 qismi, ya`ni 6 mln.ni ishsiz hisoblanadi. Bu kattalar orasidagi ishsizlik darajasidan ikki barobar ko’pdir. 2013 yil hisob kitoblariga ko’ra, Gretsiyada 25 yoshgacha bo’lganlar orasidagi ishsizlik 59%, Ispaniyada esa 56%, Italiya va Portugaliyada 38% dan ortiq, ittifoqdagi eng past ko’rsatkich esa Germaniyada 8% ni tashkil etmoqda.7
Ishsizlik o’z navbatida migratsiyani kuchayishiga olib keladi. Aslini olganda migiratsiyasining sabablari bir necha bo’lib ular quyidagilarni tashkil qiladi.
Migratsiyaning yo’nalishlari hamda davomiyligi o’rtasidagi asosiy bog’liqliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |