Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Oilaviy munosabatlar va uning turlari


Download 1.46 Mb.
bet61/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

3. Oilaviy munosabatlar va uning turlari.
Oila va nikohni o’rganish sotsiologiya va ijtimoiy ish fanining oldida turgan muxim vazifalardan biridir. Odatda istalgan tipdagi jamiyatning har bir a`zosi oilada tarbiyalanadi va balog’atga etganlarning ko’pchiligi esa nikohda yoki nikohda bo’lganlar hisoblanadi. Nikoh keng ommalashgan ijtimoiy institutlar qatoriga kiradi. Nikoh va oilaning shakli turli madaniyatda (ijtimoiy xayotning boshqa soxalarida bo’lgani singari) bir-biridan jiddiy farqlanadi. Oila o’zi nima, uning boshqa qarindoshlarga munosabati, er-xotinlarning bir-birilarini qanday tanlashlari, nikoh va seksual aloqadorlik kabilar bir-birlaridan keng farqlanadigan munosabatlardir. Mazkur bobda biz yuqorida keltirilgan tafovutlarni ko’rib chiqamiz va xozirgi zamon g’arb jamiyati oilasi xayotining o’ziga xos jixatlarini, nikoh, va ajralishni o’rganishda ular qanday rol o’ynayotganligini ko’rib chiqamiz. Vaxolanki, o’tgan yuz yillikda oilaning g’arbona tipi jiddiy o’zgarishlarni boshdan kechirdi. SHundan kelib chiqqan xolda, bugun va bundan oldingi bosqichdagi oilaviy xayot va nikoh munosabatlarining qiyosiy tahlilini beramiz. Xozirgi kunda oila va nikoh fundamental o’zgarishlarni boshidan kechirmokda. SHuning uchun xam bobning yakunida ular yanada chuqurroq taxlil qilinadi.
Biz yuqorida qo’yilgan masalalarga javob berishgan oldin oila, qarindoshlik va nikoh kabi asosiy tushunchalarning mazmunini aniqlab olmog’imiz kerak. Oila kishilarning shunday guruxiki, uning a`zolari bir-biri bilan to’g’ridan-to’g’ri qon- qarindoshlik munosabatida bo’lib, guruhning yoshi katta a`zo­lari bolalarga qarashish va yordam berish majburiyatlarini o’z zimmalariga oladi. qarindoshlik (qon-qarindoshlik aloqalari) — nikohdan o’tish natijasida yoki yaqin aloqalar jarayonidagi (ota, ona, bola, bobo, momo va xakazolar o’rtasidagi) munosabatlarning natijasidir. Nikoh, ikki balog’atga etganlar o’rtasidagi jamiyat tomonidan tan olingan va ma`qullangan seksual ittifokdir, deb ta`riflash mumkin. Nikohga kirgan individlar bir-birlari bilan qarindosh ham xisoblanadi. Ayni vaqtda nikoh majburiyati ularni juda keng doiradagi ishlarning qon-qarindoshlik munosabaglari bilan bog’laydi. Nikoh­dan keyin kuyov tomonning otasi, onasi, akalari, singillari va ularning boshqa qarindosh-urug’lari kelin tomonning qarindosh-urug’lari bilan qarindoshchilik munosabatlariga ki­radi.
Ko’pchilik Fapb mamlakatlarida xayotiy maqsadlarga ko’ra qarindoshlik munosabatlari eng yaqin qarindoshlar bilangina cheklanadi. Masalan, ko’pchilik odamlar o’zlarining amakilari, amakivachchalari, xola va xolavachchalaridan tashqari uzok qarindoshlari xaqida mavxum tasavvurga egalar. Ammo, ko’pchilik madaniyatlarda, xususan kichik tor doiradagi madaniyatlarda ijtimoiy xayotning barcha soxalarida qarindoshlik munosabatla­ri muxim axamiyatga egadir. SHunday madaniyatlarning ayrimlarida jamoaning xar bir a`zosi uning barcha a`zolariga qarindosh hisoblanadi, ko’pchilik xollarda bu munosabatlar muqaddaslashtiriladi.8 g’arbdagi qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi terminlarni boshqa madaniyatlardagi qarindoshlik mu­nosabatlarini ifodalovchi terminlarga ko’chirish qiyin. Masa­lan, biz ota va ona yo’li bilan qarindoshlarni amma, xola, bo’la termini bilan ataymiz. Ammo boshqa madaniyatda otaning yoki onaning akalari maxsus terminlar bilan ataladi.
Klanlar An`anaviy tipdagi ko’pchilik jamiyatlarda yirik qarindoshlar guruxdari mavjud. Uning a`zolari o’rtasidagi aloqalar odatdagi oilaviy qarindoshlik munosabatlari doirasiga sig’maydi. Bunday guruxdar orasida muxim o’rinni klanlar egallaydi. Klan bu shunday guruxki, uning barcha a`zolari fikriga ko’ra, ular bir bobo va momodan ko’payganlar. Ma`lum bir bobo va momo bir necha avloddan oldin mazkur klanga asos solgan xisoblanadi. Ular o’zlarini o’zlari xamda boshqalar tomonidan xam o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan jamoa sifatida baxolashadi va baxolanadi. Masalan shotland klanlari shunday guruxlarga kiradi. Bunga o’xshash urug’chilik tashkilotlari Afrika, Tinch okeandagi ayrim jamiyatlarda o’zining axamiyatini bugungi kunda xam saqlab qolganlar.
Odatda, bir klannning a`zolari umumiy diniy e`tiqodga ega bo’ladilar va bir-birlariga yordam ko’rsatish uchun iktisodiy javobgardirlar va ayni vaqtda ular bir joyda yashaydilar xam. Ular ko’pchilik xollarda oz sonli bo’ladilar. Ammo goxo ular yuz, mingdan xam ortiq odamlarni o’zida birlashtirishlari mumkin. Klanga a`zolik inson xayotining barcha tomonlariga o’z ta`sirini o’tkazadi. Bunday guruxlarda kishilar uzoq qarindoshlariga xam juda yaqin qarindoshlik munosabatida bo’ladi­lar. SHunga mos ravishda ular o’rtasidagi munosabat xarakteri xam muntazam o’zgarib boraveradi. Bunda kishi otaga ko’ra turtinchi avlodning farzandini o’g’lim deb atashi mumkin va uni o’zining bir qorindan talashib chiqan aka-ukalari bilan teppa-teng ko’radi va xar qanday sharoitda yordam berishga tayyor turadi.
Klan a`zolari foydalanadigan qarindosh tushunchasining mazmuni biz xamisha ishlatadigan qarindosh atamasining mazmuniga mos kelmasligi mumkin. Masalan, shotland ammasiga ayol moxiyatini berib, «ota» deb murojaat qilishi mumkin, xuddi shunga o’xshash tog’asiga «ona» deb xam murojaat qilishi mumkin. Klanlarda bitta erkak boshqa o’zidan ko’ra yosh bo’lgan erkakni «ona» deb chaqirishi mumkin. Bu narsa biz uchun tushunarsiz xoldir, lekin klan kabi uyushgan jamoa uchun bu oddiy mantiqiy xodisadir. Bunda bir kishi o’zining tuqgan onasi kimligini yaxshi biladi. Lekin u yuqoridagidek so’zlarni ishlatishi bilan u muomala qilgan odamni ona avlodiga, qarindoshlari shajarasiga molik xisoblab, u bilan yahin qarindosh ekanligini tan oladi.
An`anaviy Xitoy jamiyatidagi Si klani bunga misol bo’lishi mumkin. Sining tarkibiga bir necha minglab kishilar kirishi mumkin edi. Unda oksoqollar kengashi bo’lib, u butun klanning manfaatiga aloqador bo’lgan masalalarni muxokama qilar edi. Diniy munosabatga ko’ra Si klanidagilar bitta dinga e`tiqod qilardi. Uning a`zolari iqtisodiy va tarbiyaviy masalalarni xal qilishda ishtirok etardilar. Si klani a`zolariga pul kreditlarini berish tizimi mavjud bo’lib, mazkur tashkilot kishilar o’rtasidagi tortishuvli masalalarni xam xal qiluvchi yuridik organ xam xisoblanardi. Ayni vaktda Si Xitoydagi uyushgan jinoyatchilikning paydo bo’lishi uchun zamin xam yaratdi. Bu tashkilot Xitoyning yirik shaxarlari hisoblangan SHanxay, Gonkong kabilarda benixoya rivojlangan edi. Xozirgi kunda xam ular Gonkongda o’z mavqeini yo’qotganlari yo’q. Qarindoshchilikni qaror toptiruvchi munosabatlar orasida eng muximini oilaviy qarindoshchilik tashkil qiladi. Amaliyotda nuklear, ya`ni oila xo’jaligini birga yurituvchi, o’zla- rining bolasi yoki asrab olgan bolalari bilan birga yashovchi er va xotindan iborat oilani xamma jamiyatlarda xam ko’rishimiz mumkin. Ko’pchilik an`anaviy tipdagi klanlar mavjud bo’lmagan jamiyatlarda xam nuklear oilalar keng qarindoshchi­lik aloqalarining muxim qismi xisoblanadi. er-xotinlik munosabatlariga ega bo’lgan qarindoshlarning bolalar bilan birga yashashi yoki yaqin munosabatda bo’lishi xolatini biz kengaygan oila, deymiz. Kengaygan oilani uch yoki undan ko’proq avloddan tashkil topuvchi, bir xonadonda, yoki bir-biriga yaqin bo’lgan xonadonlarda yashovchi kishilarning guruxi, deb tushunishimiz mumkin. Bu oilaning a`zolari momo, bobo, akalar va ularning xotinlari, singillar va ularning erlari, xolalar, tog’alar, ammakivachchalar, xolavachchalar bo’lishi mumkin.
Nuklear va murakkab oilalar bir individga nisbatan ota- ona va reproduktiv oilalarga bo’linadi. Birinchi tip oilaga bola tug’ilgan oila, ikkinchi tip oilaga esa bola ulg’aygach tuzgan va yangi avlod bolalari tarbiyalanadigan oila kiradi. Mazkur oilalar o’rtasidagi yana bir muxim farq ularning qaerda joylashganligiga qarab belgilanadi. Masalan, qoidaga ko’ra, Buyuk Britaniyada nikohlanganlar o’zlarining aloxida oilaviy xo’jaligini tashkil qilishlari mumkin. Bu xo’jalik kuyov yoki kelinning ota-onasi yashaydigan joyda bo’lishi yoki boshqa joyni makon tutishi xam mumkin. Ammo ko’pchilik jamiyatlarda nikohlanganlar an`anaga ko’ra yo ota-onalari bilan birga, yoki ularga yaqinroq joyda istiqomat qilishadi. Agar kuyov va kelin kelinning ota-onalarinikiga ko’chib kelsalar, bunday oilalar matrilokal, agar ular kuyovning ota-onasinikiga ko’chib kelsa, ular patrilokal oilalar deyiladi.
Monogamiya va poligamiya
G’arbona jamiyatlarda oila monogamiya bilan birlikda tasavvur qilinadi. Bir paytning o’zida, bittadan ortiq ayol yoki erkak bilan nikohda bo’lish g’ayri qonuniy xisoblanadi. Jaxon mikyosida monogamiya, umuman olganda, nikohning eng ko’p tarqalgan shakli emas. 565 ta turli jamiyatlarni qiyosiy tadbiq etgan Jorj Merdok ulardan 80%ida poligamiyaga yo’l berilishini aniqladi9. «Poligamiya» erkak yoki ayol bir paytning o’zida bittadan ortik er yoki xotinga ega bo’lishiga yo’l qo’yadigan nikoh shaklini bildiradi. «Poligamiya»ning ikki tipi mavjud: po­liginiya — erkak bir paytning o’zida ikki yoki undan ortiq xotin bilan nikohda bo’lishiga yo’l berilishi, poliandriya — kamroq tarqalgan nikoh shakli bo’lib, unda ayol bir paytning o’zida ikki yoki undan ortiq erga ega bo’lishi mumkin.
Poliandriya Merdok taxlil qilgan 565 jamoaning faqat to’rttasida (1 foizdan kamrog’ida) poliandriya ko’zatilgan. Poliandriya poliginiyada uchramaydigan xolatni to’g’diradi, ya`ni bunda bolaning biologik nuktai-nazardan otasi aniq bo’lmaydi. Masa­lan, Janubiy Xindiston madaniyatida tud erkaklari biolo­gik nuqtai nazardan otalikni o’rnatish bilan qiziqmaganlar. Ularda bolaga otalik rasmini amalga oshirish chog’ida o’qli kamonni xomilador ayolga tantanali suratda bergan erkak bolaning otasi xisoblangan. Agar keyinchalik boshqa bir erkak bolaga otalik qilishni xoxlab qolsa, bu rasm ayolning navbat- dagi xomiladorligida takrorlangan. Bizning nazarimizga ko’ra, poliandriya turmush darajasi nixoyatda past va qiz bolalarni tug’ilishi bilan o’ldirish qo’llanilgan jamiyatlardagina mav­jud bo’lgan.
Poliginiya ruxsat berilgan jamiyatda ko’pchilik erkaklar fakat bir ayolga erlik qiladilar. Bir necha ayollarga erlik qilish huqiqidan esa ijtimoiy xayotda yuqori o’ringa ega bo’lgan kishilar tez-tez foydalanadilar. YUqorida ko’rganimizdek ta`qiq bo’lmagan jamiyatlarda poliginiya xodisasi iqtisodiy omillar va jinslar nisbatiga bog’lik xolda ko’p uchraydi. Odatda ayollarning soni erkaklarnikiga nisbatan ko’p bo’lmagan jamiyat yo’q. Demak erkaklarning ko’pchiligi 2 va undan ortiq ayolga erlik qilishi tabiiy xoldir.
Poliginiyada bir oiladagi bir necha ayol bir xonadonda istiqomat qiladilar. Ammo ko’pchilik xollarda ular aloxida xo’jalik yuritadilar. Xar bir xotin o’z bolalari bilan aloxida oilaviy xo’jalikka ega bo’lsa, demak odatda oila 2 yoki undan ko’proq bo’ladi.
Er odatda o’z uyi bo’lishiga qaramasdan oyda va xaftada ma`lum tunlarni navbat bilan o’zi yashaydigan uydan tashqarida yashayotgan boshqa xotinlari bilan o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lgan. Bunday oilalarda ayollar bir-birlariga yordam qo’llarini cho’zishga xamisha tayyor turganlar va ayni vaqtda erning hurmat va e`tiboriga sazovor bo’lish uchun bir-birlariga nis­batan raqobatda xam bo’lganlar va shu asosda jiddiy o’zaro kurash xam olib borganlar. Masalan: Ruandada «falonchining ayollaridan biri» degan so’z rashkni xam bildiradi. Poliginiya vujudga keltiruvchi kelishmovchilikni ayollar orasidagi ie­rarxiya yumshatishi mumkin. Bunda birinchi xotin oilaviy ma­salalarni xal qilishda o’zidan keyingi xotinlarga nisbatan ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladi.
G’arb missionerlari poliginiyaga nisbatan xamisha o’zla­rining jiddiy noroziligini bildirib kelganlar. Bugungi kunga qadar uni mutlaq yo’qotish umidini bildirib keladilar. Po­liginiya xozirgi kunga qadar dunyoning turli burchaklarida mav­jud. Ammo g’arbning ta`siri kuchli bo’lgan joylarda esa unga munosabat ikkiyoqlamadir. Antropolog Jon Bitti bunga Ban`oroda (G’arbiy Ugandada) bir yosh maktab o’qituvchisi bilan bo’lgan vokeani misol sifatida keltiradi. Maktab o’qituvchisining xristian cherkovida nikohdan o’tgan xotini bor edi. Maktabda ishlagan yillari u bilan birga yashar edi. Bundan tashqari uning tug’ilib o’sgan qishlog’ida xam 2 bolasi va xoti­ni bor edi. U xotin an`anaviy urf-odatlarga ko’ra maktab o’qituvchisiga erga chiqqan edi. Maktab raxbariyatidan u 2 xoti­ni bor ekanligini sir tutar va bu sirni Bittidan nixoyatda extiyot qilishni iltimos qilar edi.10 Sanoatlashuv boshlangunga qadar ko’pchilik oilalar ishlab chiqaruvchi yacheykalar hisoblanib, erni qayta ishlash yoki xunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Kishilar o’zlarining reproduktiv oilalarini yaratgunlariga qadar boshqa oilalar tarkibiga kirganlar, uning a`zolari bilan birga yashaganlar va ishlaganlar. Bo’lajak er xotinni yoki xotin erni tanlashda muxabbat yoki romantik xayajonlardan emas, balki ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlar, oilaviy ishlab chiqarishning tinim- sizligini ta`minlash zaruriyatidan va boqimandalar to’g’risida tashvish qilmaslik choralaridan kelib chiqanlar. Lendlordlar o’z arendatorlarining qaylik tanlashi ishiga to’g’ridan-to’g’ri aralashar edilar. CHunki ular o’zlarining er-mulklarida ishning samarali ketishidan manfaatdor edilar. Markaziy Ev­ropa uchun nikohda kirmokchi bo’lganlarining lendlordlardan ruxsat olishligi kundalik xodisa xisoblangan. Uy yoki ferma tashkil qilishga imkoniyati kam bo’lgan ersiz kambag’allarning ba`zi xollarda nikohlanishi man etilgan.
Evropada o’rta asrlarda nikohga qadar va nikohdan tashqari xam jinsiy munosabatda bo’lish kambag’allar va jamiyatning o’ziga to’q Aholisi orasida keng tarqalgan xodisa xisoblangan. Ayrim xududlarda erning bo’lajak xotini bola tug’ishga layoqatli yoki layoqatsiz ekanini sinab ko’rishi odatiy xol bo’lgan. Agar ayol xomilador bo’lib qolsa, nikohga xech narsa to’skinlik qila olmagan. Aks xolda qaylik erga chiqmasligi xam mumkin bo’lgan. Evropaning ko’pchilik joylarida (xususan Markaziy qismida) g’ayri qonuniy tug’ilgan bolalar soni xozirgi davr normalariga qaraganda nioyatda yuqori bo’lgan. Bolaning qonuniy tug’ilishi masalasiga xam axamiyat berilgan va noqonuniy ittifoqdan tug’ilgan bolalar oilalarga qabul qilinib, qonuniy tug’ilgan bolalar bilan teppa-teng tarbiyalangan. Kitobning «Sotsiologiya: muammolar va istiqbollar» nomli birinchi bobida keltirilganidek nikohdagi Aholi orasida ishqiy o’ldim-qo’ydimlar kam uchragan. Aristokratlar va qishloq zodagonlari orasida ishqiy munosabatlarning bo’lishligi odat hisoblangan. Ammo bu o’ldim-qo’ydimlar ko’pchilik xollarda nikohdan tashqari sodir bo’lgan.
Ko’pchilik sotsiologlarning taxminlariga ko’ra, O’rta Evro­pada oilaning kengaygan shakli ko’p uchragan. Ammo, keyingi yillardagi tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, mazkur xududda nuklear oila kundalik oila shakli xisoblangan. Xususan kontinentning g’arbiy qismida oila xo’jaligi xozirgi kundagiga Qaraganda nixoyatda yirik bo’lgan. Ammo, bu fark qarindoshchilikka ko’ra emas, balki xizmat turining mavjudligiga ko’ra katta bo’lgan. XVII—XIX asrlarda Angliyada oila a`zolarining o’rtacha soni 4,75 kishini tashkil qilgan.11 Bugungi kunda esa bu uning o’zi uylanib, so’ngra ajrashgan. YOki, boshqasi esa yo otasi, yo onasining tarbiyasida o’sgan, bir necha bor nikohda bo’lgan va xar bir nikohdan bolalari bor bo’lgan.
Biz bu erda avlod tushunchasini oila a`zolari ichidagi munosabatlarni ifodalash bilan bohlaymiz. Masalan, ota-onalar va katta avlod o’rtasidagi munosabatlar avvalgi paytlarga nisbatan ancha zaiflashdi. Ammo xozirgi paytda kishilar uzoq umr ko’rayotganligi tufayli, uylangan nabiralar, ularning ota- onalari (3 avlod) bir davrda bir-biri bilan mahkam bog’langan xolda yashamokdalar.
Xilma-xil bo’lgan Britan oilalari orasida o’ziga xos bo’lgan yakkayu yagona oila — Janubiy Osiyodan ko’chib kelganlar va ularning avlodlari oilasi majmuidir. Birlashgan Kirollik aholisining Janubiy Osiyoliklar jami bir million kishidan ortiqroq. Migratsiya 50-yillarda Xindiston yarim orolining Panjob, Gudjarat va Bengaliya regionidan boshlandi. Migrantlar diniga, kelib chiqishiga, kastasiga, eng muximi, shaxsiy ypyg’-aymog’iga ko’ra jamoalarga birlashdilar. Ular shuni yaxshi angladilarki, mamlakatning asosiy aholisi ularning oilaviy turmush tarzi xaqidagi tasavvurlarini va qarindoshchilik hissiyotlarini yaxshi bilmaydilar. Bir butun oilani saqlashning Buyuk Britaniyada iloji tobora kamayib bordi. CHunki migrantlar murakkab uy-joy muammosiga duch keldilar. Bir butun Janubiy Osiyoliklar oilasi katta eski uylarga joylashar edilar. Odatda bunday uylar shaharlarning tashlandiq xududlaridagina mavjud bo’ladi. Ular orasida turmush darajasi yaxshilanganlari kichik qulayliklarga ega bo’lgan uylarga ko’chib o’tishlari bilan katta oilalar parokanda bo’la bordi.
Birlashgan Qirollikda tug’ilgan Janubiy Osiyoliklar oilasida tarbiyalangan bolalar, asosan, ikki madaniyat ta`sirini o’zlarida his etadilar. Uyda ota-onalar ulardan jamoa tartiblariga buysunishni, itoatkorlikni, befarqlikni, sadoqatni kutadi yoki talab qiladi. Maktabda esa ular raqobat, xudbin ijtimoiy muhit sharoitida tarbiyalanadi. Bunday bolalarning ko’pchiligi o’zlarining oilaviy va shaxsiy xayotlarini etnik submadaniyatga mos xolda tashkil qilishni ma`qul ko’radilar, chunki ular an`anaviy oilaviy hayot bilan bog’liq shaxsiy mu­nosabatlarni yuqori baxolaydilar. Ammo ular Britaniya madaniyati bilan tu qn a sh ga n l ar i d a ko’pgina o’zgarishlarni boshdan kechiradilar. Nikohlanayotgan yoshlarning xar biri o’z qarashlari va fikrlariga ko’ra oila qurish xuquqini talab qilmokdalar12.
Bugungi kunda oila holatiga ta`sir kursatayotgan eng muxim omillardan biri — yollanib ishlaydigan erli ayollar sonining ko’pligidir. YUqorida ta`kidlanganidek sanoat davrining boshlaridayoq unchalik ko’p sonli bo’lmagan erli ayollar uylaridan tashqarida ishlaganlar. Biroq ikkinchi jahon urushi tugaganidan so’ng, xaq to’lanadigan ishlarda band bo’lgan ayollar soni favqulodda oshib ketdi. Bu o’sish oila tiplarida xam ba`zi bir o’zgarishlarni keltirib chiqardi.
Garchi ishlaydigan erli ayollar, qoidaga ko’ra, sheriklariga qaraganda kam axamiyatli ishda ishlasalarda, ular uy bekalariga qaraganda katta iqtisodiy mustaqillikka egadirlar. Ko’pgina ayollar ilgarigidek o’z ish haqlarini erlarning ish xaqlariga «qo’shimcha» deb xisoblashadi, bu ish xaqli ular tomonidan asosiy daromad manbai hisoblanadi. SHunga qaramay, tobora ko’p ayollar «uy bekasi» roli bilan cheklanish o’rniga, xizmat vazifasiga hayotlarining asosiy xarakatlantiruvchisi sifatida qaraydilar.
Bu o’zgarishlar oila ichida erkak va ayol rollarining taqsimlanishiga qay darajada taqsimlandi? Ilgarigiga qaraganda erkaklar bola tarbiyasida va ro’zgor ishlari uchun o’zlariga kat­ta mas`uliyatni olyaptilarmi? Faktlar ko’rsatadiki, bu borada oxirgi 3—4 un yillikda ba`zi o’zgarishlar yuz bergan bo’lsada, ular juda cheklangandir. Xeydi Xartmann 1960—1970 yillarda Qo’shma SHtatlarda o’tkazgan tadqiqotlari natijalarini umumlashtirdi13. U shuni aniqladiki, faqat uy xo’jaligida band bo’lgan ayollar bunga haftada 60 soat sarflar ekan. erkaklarning esa bunga o’rtacha 11 soat vaqti ketadi, yosh bolali oilalarda ayollar bola tarbiyasiga haftada 5 soat sarflasalar, ro’zg’orning boshqa ishlariga ketadigan vaqtni tegishli tarzda qisqartiradilar.
Britaniyada AKD dagiga qaraganda muntazam tadqiqotlar ancha kam o’tkazilgan. Ammo ular manzara bir xil ekanini ko’rsatadi. elston vrachlarning oilaviy juftligini tekshirgan14. Na- tijalar ko’rsatishicha, erkak vrachlar ayollariga qaraganda ro’zgor yumushlari bilan ancha oz band bo’lganlar. Masalan, erkak vrach­larning faqat 1%i muntazam ravishda do’konlarga qatnaydilar, ovqat tayyorlaydilar, xonadonni yig’ishtiradilar, ayol vrachlarning 80%dan ortig’i do’konga qatnab, ovqat tayyorlaydi­lar. Ularning 50%i xonadonni yig’ishtirish bilan shugullanadilar. Faqatgina kamdan-kam xollarda ikkala sherik farrosh yoki enaga yollab, o’zlari ro’zg’or tashvishlaridan xoli bo’lganlar. SHunday qilib, ayollar xatto yuqori maqomga va yaxshi xaq to’la­nadigan ishga ega bo’lgan xollarda xam namunali ona va uy bekasi bo’lishga harakat qilaverganlar.
Oilada qabul qilinadigan qarorlarga bag’ishlangan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, erkaklar odatda oila iqtisodiy resurslari ustidan nazorat qilishni o’zlarida saqlab qoladilar. Ayni shu erkaklar ko’p xollarda oilaning moliyaviy ishlari qanday yo’lga qo’yilishini xal qiladilar. O’z navbatida, ular oila xayotining boshqa ko’pgina jihatlarini xam belgilaydilar. «Oq yoqalilar» doirasi oilalari orasida o’tkazilgan tadqiqotlar oilaviy yumushlarni «juda muxim» va «shunchaki muxum»lariga ajratish imkonini berdi. Moliyaviy ishlar bo’yicha erlar mustaqil qaror qabul qiladilar. Bolalar ta`limi bo’yicha qarorlar ko’pincha birgalikda qabul qilinadi. Ammo, mutlaqo ravshanki, u yoki bu xildagi qarorlardan birontasi xotinlar tomonidan mustaqil qabul qilinmagan. Odatda xotinlar xar ikki sherik uchun oddiy bo’lgan masalalar, masalan, xonadon pardozini tanlash buyicha qaror qabul qilish mas`uliyatini o’zlariga olganlar.
Juda ko’p xollarda oilalarda xokimiyat xotinlarga tegishli bo’lsada, ammo ular o’z ta`sirini bilvosita yo’llar bilan amalga oshiradilar. Ayni vaqtda erkaklar oilaviy ishlarda o’zlariga ko’p bino qo’yadilar, xotinlar esa har qanday xokimiyatni xas-pushlashi mumkin, chunki bu qandaydir g’ayri qonuniydek ko’rinadi. Agar xotin o’z xolicha xarakat qilsa, u yo erini «egovlaydi», yo uni «aylanib» o’tish yo’llarini axtaradi.
Erkaklar shunga o’xshagan usullardan foydalana olsada, ko’pchilik xollarda o’z huquqlarini to’g’ridan to’g’ri o’tkazish imkoniyatiga ega, bunday tengsizlikning bartaraf qilinishi favqulodda sekin kechmokda.

5. G’arbdagi ajralish (qo’ydi-chiqdi) va nikohning to’xtatilishi.


So’nggi 30 yilda ajralishlar mikdori ancha ko’paydi, ayni vaqtda ajralishlarni qoralash kamaymokda. Ko’p asrlar davomida g’arbda nikoh amalda buzilmas edi. Ajralishlar faqat aloxida, masalan, meyorli nikoh, munosabatlariga noqobillik xollarida yo’l qo’yilardi. Ba`zi mamlakatlarda, masalan, Ispaniyada ajralish huquqni tan olmaydilar. Irlandiyada 1986 yilgi referendumda ko’pchilik ajralishga qarshi ovoz berdi. SHunga qaramay, ajralishning taqiqlanishi juda kam uchraydigan xodisa. Bu tizimga ko’ra, tomonlardan biri ajralish uchun boshqa tomonga qarshi aybnomani ilgari surishi (masa­lan, shafqatsizligi, etarli e`tibor berilmasligi, va xoka- zo) mumkin. Qator mamlakatlarda 60-yillar o’rtalarida ajra­lishlar hakdla dasglabki «aybdan mustaqil» qonunlar qabul qilingan edi. O’sha vaqtdan beri ko’pgina Fap6 davlatlari ba`zi ikir-chikirlarda farq qilgan holda shu yo’ldan bordilar. Bir­lashgan Qirollikda «Nikoh-ajralish ishlari islohoti to’g’risidagi Akt» (qonun) 1969 yilda qabul qilinib, 1971 yilda kuchga kirdi. Bu qonun ajralishni osonlashtirdi, chunki «ayb­dan mustaqillik» qoidasini o’z ichiga olgan edi.
60-yillarda Britaniyada ajralishlar soni har yili 9% ga oshib, 10 yillik oxirida ikki baravar ko’paydi. 1972 yilga kelib ajralish yana ikki marta oshdi. Bu qisman allaqachon «o’lgan» ko’plab nikohlarning rasman to’xtatilishi imkoniyatini bergan 1969 yilgi Aktning natijasi bo’ldi. 1980 yillar boshidan ajralishlar soni garchi avvaldagidek favkulodda yuqori13 bo’lsada, qandaydir darajada mu`tadillashdi. Ajra­lish bolalar hayotiga katta salbiy ta`sir ko’rsatmoqda. Xisob- kitoblarga ko’ra, Birlashgan Qirollikda 1970 yilda tug’ilgan
bolalarning 40%ga yaqini o’z hayotining qaysidir davrida oilada faqat otasi yoki onasi bilan yashagan. Ammo 70% ayollar va 83% erkaklar ajralishdan so’ng 3 yil davomida qaytadan nikohlan- ganlar. Bolalar yana oilada tarbiyalana boshlaganlar. Britaniyada 14 yoshdan kichik bolalarning faqat 2%i hozirgi kunda ota­si yoki onasi bilan yashaydi.
Ajralishlar mikdorining ko’rsatkichi nikoxdagi muvaffaqiyatsizlikning to’g’ridan-to’g’ri indikatori hisoblanmaydi. Bir tomondan rasman ajralmagan, ammo alohida yashaydiganlarni «ajralganlar» deb bo’lmaydi. Buning ustiga nikohda­gi baxtsiz kishilar ko’pincha birga bo’lishni lozim topadilar — chunki oilaning muqaddasligiga ishonadilar, yoki ajralishning moliyaviy oqibatlaridan tashvishlanadilar, yoki bolalari uchun sog’lom oilaviy muhit yaratish uchun birga qoladilar.
Nega ajralish yana keng tarqalmokda? Buning bir kancha sabablarini sanash mumkin. Badavlat kishilarning bir qismini hisobga olmaganda, bugungi kunda nikoh, odamlarning o’z mulki va mavqeini keyingi avlodga o’tkazish maqsadidagi sa`y- xarakatlari majmui bo’lmay qoldi. Ayollar iqtisodiy mustaqilligining ta`minlanishi bilan nikoh, qachonlardir bo’lganidek iqtisodiy sheriklik zaruriyatining natijasi hisoblanmay qoldi. Farovonlikning umumiy o’sishi shunga olib keldiki, agar nikoh, insonni qoniktirmasa, u o’z xayotini osongina boshqacha yo’lga qo’yishi mumkin bo’lib qoldi. Bundan tashqari, ajralishganlar endilikda o’zlarida «isnod» tamg’asini ko’tarib yurmaydi va qandaydir darajada bu ularni rag’batlantiradi xam. YAna bitta muxim omil — nikoh, beradigan shaxsiy qoniqish darajalarini baxolash atamalarining kuchayishi tendentsiyasidir. Aftidan ajralishlar sonining o’sishi nikohdan chuqur umidsizlanish bilan emas, balki uni qoniqish keltiradigan to’laqonli ittifokda aylantirishga urinishning kucha­yishi bilan bog’liqdir.
Ajralishlar darajasi yuqoriligining ijtimoiy ustunligi va ijtimoiy zarari o’rtasidagi muvozanatni belgilash xaddan tashqari qiyin. Ajralishlarga nisbatan beparvo qarash shuni anglatadiki, juftlar ijtimoiy quvg’inlikka duchor qilinganidan o’zlarini qoniqtirmaydigan munosabatlarni o’zishlari mumkin. Boshqa tomondan, nikoh, munosabatlarining uzilishi qariyb xamma vaqt stress (qattiq xayajon) paydo qiladi va ajralishganlar uchun moliyaviy qiyinchiliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Dayan Vagen ajralish vahtida ajralishgan sheriklar munosabatlarini tekshirgan.15 U yaqinda ajralgan yoki bir-birini tashlab ketgan 103 (asosan o’rta sinfdan bo’lgan) juftdan birgalikda yashaganidan to ajralishganigacha bo’lgan o’tish davrini tasvirlash maqsadida qator interv’yular olgan. «-Ajra­lish» tushunchasi uzoq davom etgan birgalikdagi intim munosabatlardan yakkalik xayotiga o’tishni anglatadi. Ma`lum bo’ldiki, ko’p xollarda jismoniy ajralishdan oldin er-xotinlar ijti­moiy jixatdan boshqa-boshqa bo’lib qoladilar. Bunda sheriklarning birida yangi xayot tarzi paydo bo’ladi, uni boshqa tafsilotlar qiziqtira boshlaydi, ajralgan xotiniga xech qanday aloqasi yo’q yangi do’stlari paydo bo’ladi. Bu bir-birlaridan ayniqsa ishqiy munosabatlarda sir saqlashga olib keladi.
Vagen tadqiqotiga ko’ra, ajralish dastlabki paytlarda oldindan o’ylab qilinmaydi. Bir individ, Vagen atamasiga ko’ra, tashabbuskor — boshqasiga qaraganda mavjud munosabatlardan kam qoniqtiradi va nikohdan mustaqil «xudud»ni yaratadi. Bundan oldin tashabbuskor ma`lum vaqt davomida o’z sherigini o’zgartirish, o’zaro tushunishga erishish, umumiy manfaatlarini ri- vojlantirish va xakazolar uchun muvaffaqiyatsiz urinadi. SHunday vaqt keladiki, urinishlarining chippakka chiqqanligini, munosabatlarning o’zil-kesil bo’zilganligini tashabbuskor tushunadi. SHu vaqtdan boshlab erkak yoki ayol sherigi bilan xar qanday munosabatlarni inkor etish xukmida bo’ladi. Vagenning taxminicha, bu — erning munosabatlar boshidagi mavjud nuqsonlarini hisobga olmay, xotinning ko’zga tashlanadigan jixatlarini bo’rttirgan «sevgisiga» qarama-qarshi holatdir.
Tashabbuskorlar boshqa kishilar bilan fikr almashib, o’z muammolarini keng muxokama qiladilar. Masalan, ular aloqalar uzilishining ijobiy va salbiy jixatlarini qiyoslaydilar. Qo’llab-quvvatlashsiz xam yashay olamanmi? Ota-onam va do’stlarim bunga qanday munosabat bildiradilar? Moliyaviy masalalarda xotirjam bo’la olamanmi? Muammolarni chuqur o’ylab ko’rib, ba`zilar ilgarigi munosabatlarni qayta tiklashga urinadilar. Qattiy ajraluvchilar uchun muloxaza va muxokama o’z hukmining to’g’riligiga ishonch yaratadi va ajralishni tezlashtiradi. Ko’pchilik tashabbuskorlarning ishonchlari shunga komil bo’ladiki, sobiq sherigi oldidagi majburiyatla- ridan ko’ra, o’zining kelajagi uchun mas`ul bo’lishni muximroq deb biladi.
Ajralishning tashabbuskori xar doim xam er-xotinlardan biri bo’lavermaydi. Ba`zan rollarning almashinuvi yuz beradi. Ilgarigi munosabatlarni saqlab qolishni xoxlagan sherik endi bularga chek qo’yishi, ayni paytda, ilgarigi ajralish tashabbuskori endi munosabatlarni davom ettirishdan manfaatdor bo’lishi xam mumkin.
Ajralmoqchi bo’lganlar o’z turmush tarzi va dunyoqarashlarida jiddiy o’zgarishlarni boshidan kechiradilar. Pol Boennen ajralishni amalga oshiruvchi o’zaro 6 ta bosqichni belgilaydi.16Bularning xammasi qiyinchiliklar va tortishuvlar tug’diradi, ajralishganlarga, ularning bolalariga, qarindoshlari va tanishlariga ta`sir ko’rsatadi:

  • Janjalli ajralish — nikohning bo’zilishi mohiyatini ifodalaydi. Bunda sheriklar o’rtasidagi sovuq munosabatlar keskin oshib, odatda nikohning bo’zilishiga olib keladi.


  • Download 1.46 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling