Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti arxeologiya yo’nalishi
Download 25.42 Kb.
|
Uzoqov Sanjar M.antropologiya
Madaniyat sotsiologiyasi sohaning tarmoq yo‘naIishi hisoblanib, u madaniyatning vujudga kelishi, zamonaviy holati va istiqbolini tarixiy va sotsial tadqiqotlar yordamida o‘rganadi. Madaniyatning jamiyat hayotidagi roli haqida tasavvurlar jiddiy ravishda o‘zgarib borar ekan, shunga mos ravishda fanning predmeti, maqsadi, tuzilmasi va usuli haqidagi tasavvurlar ham yangitdan shakllanmoqda. AQSh universitetlarida madaniyat sotsiologiyasi fani o‘miga madaniy antropologiya yoki sotsial antropologiya o‘qitilib, asosan, madaniyatning etnik jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Sotsial antropologiya va madaniyat sotsiologiyasi, umuman olganda, madaniyat falsafasining ilmiy metodologiyasi va tahliliy apparatini keng qoMlaydigan hamda o‘z oldiga sotsiomadaniy o‘zgarishlar qonuniyligini aniqlash va tahlil etishni asosiy maqsad qilib belgilaydi. Ko‘p holatlarda u sotsiomadaniy tahlil deb ham ataladi. Sotsiomadaniy tahlil - bu ilmiylikka qo‘yiladigan keskin intizomdan ko‘ra ko‘proq nazariy tadqiqot yo‘nalishi boMib, o‘zida obyektivlik va subyektivlik jarayonlarini ham gavdalantiradi. “Sotsial madaniyat” atamasi sotsiologiyada “sotsial munosabatlardagi madaniyat”5 deb ham nomlanishi mumkin. U kishilaming jamiyatdagi xulq-atvorlari va sotsial - o‘zaro munosabatlari asosida shakllangan qadriyatlar tizimi bo‘yicha tartibga solinib kelingan. Sptsial madaniyatning asosiy o‘zagi jamiyat, davlat va boshqa sotsial institutlaming (0 ‘zbekistonda mahalla instituti alohida ahamiyat kasb etadi) faolyatida namoyon boMadi. Shulardan kelib chiqqan holda, sotsial madaniyatning asosiy shakllari o‘zida axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyat turlarini qamrab oladi.
Download 25.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling