Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti arxeologiya yo’nalishi
Download 25.42 Kb.
|
Uzoqov Sanjar M.antropologiya
Insoniyatning dunyodagi oʻrni
O‘zbek tilidagi ko‘plab ensiklopedik lug‘atlarda “Madaniyat” arabcha - madina (shahar, kent) so‘zidan kelib chiqqanligi yozilib, u tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos usulidir degan ma’noda talqin qilinadi. “Madaniyat alohida shaxs (individ), sotsial guruh yoki jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradigan tushunchadir. Dastlab madaniyat tushunchasi insonning tabiatga nisbatan maqsadga muvofiq ta’siri (yerga ishlov berish, ya'ni kultivatsiya qilish, lotincha "culture” so'zidan olingan), hamda insonning o‘zini tarbiyalash, o‘ziga ishlov berish ma’nolarida ifodalagan. Keyinchalik madaniyat tushunchasi vositasida “sivilizatsiya” (taraqqiyot) bilan bog‘liq mazmun tushunila boshlandi. Madaniyat inson faoliyatining mahsuli va sifat ko‘rsatkichi sanaladi. Insonning o‘zi ham pirovard natijada madaniyat mahsulidir. Jamiyatdagi madaniy muhit qanday bo‘lsa, inson ham shunday shakllanadi ”l “Madaniyat” so‘zining tarixiga e’tibor qaratilsa, u ijtimoiy hayotda ma’no jihatidan murakkab talaffuzga ega mazmun kasb etib, ilmiy amaliy va kundalik hayotda keng qo‘llaniladi. Turli ijtimoiy-gumanitar fanlarda ong va tafakkur bilan bogMiq turli sotsial tizimlardagi murakkab tushunchalaming izohini ta’riflashda ham unga murojaat qilinadi.
Download 25.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling