Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIX-BOB. JON MEYNARD KEYNS TA‟LIMOTI 19.1. Resurslar cheklanmaganlik sharoiti
Nazorat uchun savollar:
1. Jamoatchilik ravnaqi nazariyasi predmeti va uslubi umumiy tavsifini bering. 2. Dj.Xiks optimallik omili mazmuni nima? 3. N.Kaldor kompensatsion omili mazmuni nimadan iborat? 4. E.Lindal` tomonidan ilgari surilgan jamoatchilik ravnaqining uch asosiy xususiyatini ayting. 5. Tashqi effekt nima? Tashqi effektlarning qanday turlari mavjud? 6. А. Pigu nuqtai - nazaridan hukumat iqtisodiyotda qanday rollarni bajarishi shart? 7. Pigu optimumi omili mazmuni nima? 8. Lerner va Lange nazariyasiga muvofiq, raqobatchilik bozoridagi muvozanat optimumga qanday sharoitlarda teng bo`ladi? Mavzu bo`yicha adabiyotlar: 1. Пигу А. Экономическая теория благосостояния: в 2 т. М., 1985. 158 XIX-BOB. JON MEYNARD KEYNS TA‟LIMOTI 19.1. Resurslar cheklanmaganlik sharoiti Ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Keyns (1887-1946), mustaqil marjinalistik maktabi bo`lmish Keynschilik yo`nalishi asoschisi bo`lib, ushbu yo`nalish 1930- yilning oxirlaridan boshlab rivojlangan. Mazkur maktab XX asrning boshlaridan boshlab, Keynsning «Bandlik, foiz va mablag` umumiy nazariyasi» nomli kitobi 1936 yilda nashr etilganidan keyin rivojlana boshladi. Dj. M. Keyns A.Marshallning Kembridj universitetidagi talabasi edi. 1906 yildan boshlab, hukumat moliyaviy tuzilmalarida, xususan g`aznachilikda mehnat faoliyatini yuritgan. Birja operatsiyalari bilan ham Shug`ullangan. Keyinchalik u Kembridj universitetiga o`qituvchi sifatida ishlagan. O`zining ilk asarlarida, u katta e`tiborni mablag` isloxoti va oltin standarti masalalariga qaratgan («Mablag` isloxoti haqida traktat» (1923); «Mister CHerchil` siyosatining iqtisodiy natijalari» (1925); “Mablag` haqida traktat”. 2 tomda (1930)). 1929 yilda Buyuk Britaniyada tuzilgan, moliya va sanoat bo`yicha qo`mita (Makmillan qo`mitasi) a`zosi sifatida u hukumat siyosatiga ham, ayniqsa mablag`, kredit va moliya siyosatiga mo„ayyan ta`sir ko`rsatgan. 1940-yillarda, u angliya banki direktorlaridan biri bo`lgan. Ayniqsa uning Bretton- Vud konferentsiyasi ishidagi hissasi katta bo`lib, mazkur konferentsiya ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro valyuta munosabatlarini belgilash uchun chaqirilgan edi. Unda, Keyns ingliz delegatsiyasi boshida turib, oltin standartidan to`liq voz kechish tarafdori bo`lgan. aynan Keyns xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish uchun yagona to`lov vositasini yaratish g`oyasini ilgari surgan. Mazkur g`oya qo`llab -quvvatlanmagan bo`lsa ham, konferentsiya xulosalariga ta`sir etib, xususan jahon banki va xalqaro valyuta fondi yaratilishi uchun asos bo`lgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling