Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabab-natijaviy tahlilga qaytish
- Resurslar band emasligi masalasi
Makroiqtisodiy yondashuv. yuqorida aytib o`tilganidek, Dj.M. Keyns ilk
asarlarida, iqtisodiyotning hukumat tomonidan nazorat etilishiga katta e`tibor qaratgan. U iqtisodiy tizim mustaqil ravishda o`z - o`zini nazorat eta olmasligi fikrini ilgari surib, uning yondashuvi o`ziga xosligini iqtisodiy muammolar tahliliga qaratgan. Buning oqibatida iqtisodiy tahlil uning tomonidan iqtisodiy makrodarajaga ko`tarilib, agregatsiya etilgan ko`rsatkichlarni qo`llaydi, va umumiqtisodiy muvozanat masalalari va iqtisodiyot makroiqtisodiy nazoratini ilgari suradi. Sabab-natijaviy tahlilga qaytish. yuqoridagi boblarda aytib o`tilganidek marjinalistik inqilob jarayonida, mumtoz sabab - natijaviy tahlildan chetlashish yuz berib, uning o`rniga funktsional uslub kelgan. Mazkur uslub, butun mexanizm harakatini belgilovchi va iqtisodiy jarayonlar sababi bo`lmish asosiy omillarni qidirishdan voz kechishni nazarda tutadi. Funktsional uslub, iqtisodiy tizim barcha elementlarini teng va o`zaro bog`liq deb belgilaydi. Dj. M. Keyns nazariyasi, sabab - natijaviy tahlilga qaytishni asoslab berdi. Nazariya asosida boshqa iqtisodiy omillarga bog`liq bo`lmagan alohida iqtisodiy toifalarni bir tomondan, boshqa tomondan esa, iqtisodiy mexanizm dinamikasini belgilab beradi. Bunday asosiy omillardan biri esa, mablag` yig`ilishiga moyillik belgilanadi. Resurslar band emasligi masalasi. Demak, keynschilik nazariyasi asosi bo`lgan masala, resurslarning to`liq band emasligi bilan bog`liqdir. Mazkur masala XX asrning 30- yillarida nihoyatda dolzarb bo`lgan, zero inqiroz yondashuv iqtisodiy realligiga to`liq javob berib, bu holat ishsizlik yuqori darajasi, ishlab chiqarishning keskin qulashi, demakki ishlab chiqarish quvvatlarining yuqori darajada bandligi bilan farqlangan. yuqorida aytib o`tilganidek, Dj. M. Keyns, bandlik masalalari mumtoz interpretatsiyasidan chetlashgan. An`anaviy ravishda ishsizlik, friktsion yoki ko`ngilli turlarga bo`lingan. Hisoblashlaricha, bandlik darajasi mehnat bozorida mehnat uchun talab va taklif muvozanatini belgilovchi nuqtadagi ish haqi hajmiga bog`liq ekan. Shu sababli hech kim tomonidan bandlik darajasini nazorat etish masalasi qo`yilmagan. 1930-yillardagi holat, ishsizlik nihoyatda yuqori darajasi bilan farqlanib, bu holat friktsion yoki ko`ngilli tavsif ostiga tushmas edi. Neomumtozlarning ta`kidlashicha, yuzaga kelgan muammo sababi, birinchi navbatda kasaba uyushmalari siyosati bo`lib, aynan kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirib, mehnatga nisbatan talab darajasini tushirishgan. Past darajadagi bandlik bilan kurashish chorasi sifatida mehnat haqqini tushirish taklif etilib, bu holat, firmalar tomonidan mehnatga nisbatan talabning bevosita oshishiga olib keladi. Bundan 161 tashqari, hisoblanishicha, ish haqining past darajasi yuqori daromadlarini ta`minlab berib, iqtisodiyotdagi zahira mablag`lar ulushi oshadi. Kapitalga nisbatan foiz stavkasi tushadi, demakki investitsiyalar hajmi ham oshadi. Investitsiyalar o`sishi, yangi ish o`rinlari yaratilishiga olib kelib, bu holat ham bandlik o`sishiga ijobiy ta`sir etadi. Dj.M.Keyns, printsipial ravishda yangi kontseptsiyani ilgari surdi. Uning ta`kidlashicha, majburiy ishsizlik ham mavjud bo`lib, bu holat ishlab chiqarish darajasi pastligiga bog`liq. Bunda iqtisodiyot depressiya holatida bo`lib, aynan ishlab chiqarishning to`xtatilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining to`liq bo`lmagan hajmda qo`llanilishi, bandlik darajasining ommaviy ravishda pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, bandlik muammolari echimining asosiy vazifasi deb Dj.M. Keyns ishlab chiqarish faoliyatini tiriltirish bog`lagan. Mazkur vazifani echish imkoniyatini beruvchi chora sifatida esa, talab samaradorligini rivojlantirish deb hisoblagan. Samarali talab kontseptsiyasi. Samarali talab kontseptsiyasi Dj.M.Keyns iqtisodiy nazariyasining markazida turadi. Shu sababli uning nazariyasi, hamda keynschilik maktabi nazariyasi asosini, talab iqtisodiy nazariyasi deb atashadi («Demand side economics»). Talab muammosi hech - qachon, neomumtozlar tomonidan o`rganilmagan, Shu sababli ular J.B. Seyning bozor qonuniyatlaridan kelib chiqishib, unga muvofiq taklif doimiy ravishda muvofiq talabini keltirib, mazkur talab etarli bo`lishi mumkin emas. Dj.M. Keyns o`z fikrlarida, Knut Viksel`ning Shved maktabi g`oyalariga rioya etgan holda, ta`kidlaydiki J.B. Sey qonuniyati faqatgina barter iqtisodiyotida amal qiladi. Zamonaviy iqtisodiyot esa, mablag` iqtisodiyoti bo`lib, mablag` barter kelishuvlarining sodda formasi ko`rinishiga ega bo`lmaydi. Ular, daromadning bir qismini mablag` shaklida ushlab qolishga harakat qilishadi, demak Dj.B. Sey tomonidan kiritilgan qoidani buzishadi, zero mazkur qoidaga muvofiq, har - bir sotuvchi o`z navbatida xaridorga aylanadi. Daromadlarning mablag` formasida saqlab qolinishi talab va taklif orasidagi emirilishga olib keladi. Talab, taklifdan qoloq holatga o`tadi, zero olingan mablag`larning bir qismini tovar aylanmasidan zahira sifatida olib qolinadi. Bu holat krizisning real imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiyotning bunday holati, resurslarning ortib qolishi bilan tavsiflanadi, ya`ni yuqori ishsizlik darajasi, ishlab chiqarish quvvatlarining etarli darajadagi hajmga ega bo`lmasligi, harakatga tushmagan kapitallarning katta hajmi. Bunday holatdan chiqishni Dj.M.Keyns etarli darajadagi talab samarali masalasi va resurslarning to`liq bandligini ta`minlashi mumkin bo`lgan choralarning etarli darajada ishlab chiqarilishi bilan bog`laydi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling