Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Iste`molga nisbatan maksimal moyillik


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169
Iste`molga nisbatan maksimal moyillik. Keynschilik nazariyasiga muvofiq 
samarali talab ikki qismdan iborat, ya`ni iste`mol va investitsiyalardan. Iste`mol 


162 
qilish, olingan daromadning mo„ayyan ulushi ko`rinishida bo`ladi, demak unga 
to`g`ridan - to`g`ri bog`liq bo`ladi. Daromadning qaysi qismi iste`molga tortilishi, 
iste`molga maksimal darajada moyillik tomonidan belgilanadi, va bu holat 
quyidagicha talqin etiladi. 
∆ C 
k =
∆ Y 
Bunda: X iste`mol, Y esa daromaddir. 
Bundan Dj.M. Keyns Shunday xulosa qiladi, neomumtozlar tomonidan taklif 
etilgan ish haqi darajasi tushirilishi aholining katta qismi daromadlarini 
pasaytiradi, iste`mol darajasini tushiradi va talab samarasini pasayishiga olib 
keladi. Bu holat ishlab chiqarish hajmlariga salbiy ta`sir o`tkazib ishlab 
chiqarishning keyingi o`sishiga olib keladi. Dj. M. Keyns nuqtai nazaridan 
daromadlarning oshishi iste`mol darajasiga ham salbiy ta`sir o`tkazadi.
U asosiy psixologik qonuniyat haqida gapirib, mazkur qonuniyatga muvofiq 
daromad ortishi sayin individ mazkur daromadning kamroq qismini iste`mol 
qilishga moyil bo`ladi. Demak daromadlar ortgani sayin, iste`mol darajasi kam 
darajada o`sib boradi. Iste`mol o`zgarishini DC sifatida ko`rsatadigan bo`lsak, 
daromad o`zgarishini esa DY deb belgilaydigan bo`lsak, bu holatni quyidagicha 
yozib olish mumkin bo`ladi. 
∆ C
< 1 
∆ Y
Ma`lumki daromad ikki qismdan iborat, ya`ni iste`mol va zahira, demak 
daromadlar o`sgani sayin, iste`mol ulushi tushib boradi, ammo zahira ulushi ortadi 
(S): 
∆ C
> 1 
∆ Y
Neomumtoz nazariya nuqtai nazaridan bunda muammo kelib chiqmaydi, zero 
barcha zahiralar avtomatik ravishda foiz normasi o`zgarishi vositasida 
investitsiyaga aylanadi: zahiralar o`sgani sayin kapitalga nisbatan foiz tushib 
boradi; bu holat, investitsiya uchun yanada qulay bo`ladi. Investitsiyalar hajmi 
foizning pasaygan darajasi bilan daromad o`rtacha normasi tenglashmagunga 
qadar, o`sib boradi. Investitsiyalar esa, umumiy talabning bir qismiga aylanadi. 
Demak iste`mol normasi tushishi, talab hajmiga ta`sir o`tkazishi mumkin emas.
Dj.M.Keyns, mazkur masalada neomumtozlar pozitsiyasini tanqid qiladi. 
Bunda biz, umumiy talab, ya`ni investitsiyalar muammosining keynschilik 
nazariyasida ko`rib chiqilishiga o`tamiz.


163 
Zahiralar va investitsiyalar mutanosibligi. Dj.M.Keyns ta`kidlashicha, barcha 
zahiralarni investitsiyalarga aylantiruvchi avtomatik mexanizm mavjud emas. O`z 
nazariyasining mazkur bandida, u ingliz iqtisodchisi Denis Xolm Robertson aytib 
o`tilgan g`oyalarni rivojlantiradi, zero Denis Xolm Roberts o`zining «Bank siyosati 
va narxlar darajasi» (1926) kitobida, iqtisordiyotda mazkur mexanizm mavjud 
emasligini aytib o`tgan edi. Zahiralar avtomatik ravishda investitsiyalarga 
aylanmasligi sababli esa, zahiralar ulushi daromadlar o`sishi sayin oshib borishi 
sababli, mazkur daromadning kattaroq qismi samarali talabdan tushib qoladi. 
Bunda Dj. M. Keyns zamonaviy iqtisodiyotning asosiy muammosini ko`rib, 
resurslarning to`liq ravishda band emasligini keltirib chiqarishini aytib o`tgan. O`z 
pozitsiyasini 
Keyns 
quyidagicha 
belgilagan. 

investitsiyalar 
darajasi 
investitsiyalar maksimal samarali (MPI) va foiz normasi (R) nisbati bilan 
belgilagan. 
Investitsiyalardan 
kutilayotgan 
daromad, 
foiz 
normasidan 
oshmaguncha o`sishda davom etadi. Demak, investitsiyalash hajmini belgilovchi 
markaziy toifa, foiz normasi bo`ladi. Dj.M. Keyns foiz normasi bo`yicha o`z 
nazariyasini taklif etadi. U foizni kapital emas, balki mablag` narxi sifatida 
belgilab, aynan Shu g`oya bilan neomumtoz maktabga qarshi chiqadi. Demak foiz 
darajasi, kapital talabi va taklifi mutanosibligi bilan emas, mablag`, talab va taklifi 
mutanosibligi bilan belgilanadi. Shunday qilib, foiz kapital bozoriga bog`liq 
bo`lmagan element sifatida belgilansada bozorga ta`sirini o`tkaza oladi. 
Mablag` taklifi (Ms) ularning aylanmadagi umumiy miqdori bilan belgilanadi, 
mablag`ga nisbatan talabni belgilovchi omil (Md) sifatida Keyns likvidlikka 
nisbatan moyillikni hisoblaydi, ya`ni individlarning o`z aktivlarini eng likvidli 
mablag` shaklida formasiga saqlashga harakatida deb hisoblagan. U likvidlikka 
nisbatan talabni belgilovchi uchta asosiy motivni ajratgan. Birinchi motiv - 
transaktsion bo`lib, u tovar va xizmatlar oldi - sotdisi amalga oshirish zaruriyati 
bilan bog`liq. Mazkur motivga ko`ra mablag`ga nisbatan talab intensivligi, 
daromad umumiy darajasiga bog`liq bo`lib, unga nisbatan to`g`ridan - to`g`ri 
proportsionaldir. Ikkinchi motiv - ko`zda tutilmagan xarajatlar paytidagi zahira 
motivi bo`lib, u kutilmaganda yuzaga kelgan xarajatlarni qoplash uchun naqd 
mablag`ga nisbatan insonlarning aktivlarini nazarda tutadi. Bunday holatda talab 
hajmi, daromad darajasiga bog`liq bo`lib, unga nisbatan to`g`ridan - to`g`ri 
proportsional bo`ladi. Uchinchi motiv spekulyativ bo`lib, bunda individlar uchun 
mablag` boylikni saqlash formasiga aylanadi. Mablag`ga nisbatan o`z talabini 
belgilagan bunday holatda individ, o`z zahirasini qanday formada saqlash eng 
daromadli ekanligini shaxsan belgilaydi. Yig`ilgan mablag`larni saqlash al`ternativ 
shakli sifatida, qimmatbaho qog`ozlar chiqadi. Ularning daromadlilik darajasi 
qancha yuqori bo`lsa (masalan foizi) qimmatbaho qog`ozlarni saqlash Shunchalik 
daromadli bo`ladi. Demak, o`z mablag`larini likvid shaklda saqlash moyilligi ham 


164 
Shu darajada past bo`ladi. Qimmatbaho qog`ozlar qimmatliligi darajasi pasayishi 
sayin mazkur moyillik ham pasayadi. 
Natijada likvidlikka nisbatan moyillik ikki omilga bog`liq bo`ladi. 
Daromadga (Y) va foiz normasiga (i) bunda mablag`ga nisbatan talab, umumiy 
ravishda insonlar harakati psixologik omillariga bog`liq bo`ladi. Mablag` 
bozoridagi istalgan to`lqinlanishlar individlarning ishonchsizligiga sabab bo`lib, 
likvidlikka nisbatan moyillik kuchayishiga olib keladi. Bu birinchi navbatda, foiz 
normasini oshirib, bu holat investitsiyalarga ta`sir etadi. Demakki, zahira 
mablag`lari o`sishi, foiz normasi o`sishi bilan birgalikda yuz beradi, natijada 
yig`ilgan mablag`lar investitsiyalarga aylanmasdan likvid formada saqlanadi.
Mul`tiplikator kontseptsiyasi. Dj.M.Keyns, ichki muianosiblikga ega bo`lgan 
iqtisodiyot modelini yaratadi. Uning muammosi Shundaki, barcha zahira 
mablag`larini investitsiyaga aylantiruvchi avtomatik ravishda aylantiruvchi 
mexanizm mavjud emasligidadir. Mazkur muammo, asosiy psixologik qonuniyat 
harakati bilan, chuqurlashadi, zero bunda daromadlar o`sishi iste`molga maksimal 
moyillik pasayishiga olib keladi. YA`ni, zahira mablag`larining bunday o`sishi, 
investitsiyalar o`sishi tomonidan yutilib, daromadning har safar ko`proq ulushi 
iqtisodiyotdan samarali effektiv talabga aylanmasdan turib tushib qolishiga olib 
keladi. Investitsiyalar muammosi echilmasa, iqtisodiyot inqirozga tushib, inqiroz 
holati barcha resurslarning etarli darajada ishlamasligi bilan tavsiflanadi. 
Daromad va investitsiyalar mutanosibligini tadqiq etar ekan, Dj.M. Keyns, 
mablag`lar o`sishiga daromadlar o`sishi miqdoriy ravishda mo„ayyan darajada 
ta`sir ko`rsatishi haqidagi modelni ilgari suradi (investitsiyalar). Buning uchun, u 
mul`tiplikator tushunchasini qo`llab, mazkur tushuncha 1931 yilda ingliz 
iqtisodchisi Richard F. Kan (1905-1989) tomonidan «Ichki investitsiyalarning 
ishsizlikka nisbatan mutanosibligi» maqolasida yoritilgan edi.
Daromadlar o`sishi iste`molchilik, hamda zahira mablag`lari o`sishiga olib 
keladi. Investritsiyalar o`sishiga.
∆Y=∆C+∆I 
Mazkur o`sishdagi C va I ulushlari mutanosibligi iste`molchilikka nisbatan 
maksimal darajada moyillik bilan belgilanadi. Mazkur moyillik qay darajada past 
bo`lsa, qo`shimcha o`sgan daromadning Shu darajada katta qismi investitsiyalarga 
yo`naltiriladi. Demak, investitsiyalar o`sishi, iste`molchilikka nisbatan maksimal 
moyillikni aks ettiruvchi mo„ayyan koeffitsientni hisobga olgan holda, daromad 
o`sishiga tenglashtirilishi mumkin. Mazkur koeffitsienti Dj. M. Keyns 
mul`tiplikator deb ataydi. 
∆Y=m∆I 
Bunda m - mul`tiplikatordir. 


165 
Mul`tiplikator 
iste`molchilikka 
nisbatan 
maksimal 
moyillikka 
ega 
hisoblanadi. 
M=1/(1-k), 
Bunda k- iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillikdir.
Chiqarilgan model` asosida Dj.M.Keyns iqtisodiyot o`sishini kumulyativ 
jarayon ko`rinishida aks ettirib, bunda investitsiyalar o`sishi daromad o`sishini 
keltirib chiqaradi. Daromad esa, o`z navbatida, mul`tiplikator harakati natijasida 
investitsiyalarning keyingi o`sishini keltirib chiqaradi. Aks ettirilgan model`, 
iste`mol qilinmagan daromadning butun ulushi investitsiyaga aylanishini 
tasvirlaydi. Agarda daromadning mazkur ulushi zahira ko`rinishida saqlanadigan 
bo`lsa, mul`tiplikator faoliyati, teskari yo`nalishda amalga oshib, bu holat 
daromadlar o`sishini asta - sekinlik bilan qisqarishiga olib keladi. 
Davlat iqtisodiy siyosatining keynscha modeli. Agar iqtisodiy tizim samarali 
talab masalasini mustaqil ravishda echa olmasa, demak iqtisodiyotga tashqi ta`sir 
zarur bo`ladi. Samarali talab muammosining asosiy punkti sifatida Dj.M. Keyns 
zahira mablag`larining investitsiyaga aylanishi deb hisoblagan. Uning tomonidan 
mazkur masalani echa oladigan qator hukumat choralari taklif etilgan. Mazkur 
choralarni ikki blokka ajratish mumkin. Pul - kredit va byudjet siyosati. Keyns 
nuqtai - nazaridan Pul - kredit siyosati, xususiy investitsiyalarni rag`batlantirishga 
qaratilgan bo`lishi kerak. Mazkur holat asosiy jarayoni deb u foiz stavkasi 
tushirilishi hisobiga investitsion kiritishlar foydalalik darajasini oshirish deb 
hisoblagan. Keynsianlik nazariyasida foiz stavkasi monetar fenomen deb 
atalganligi sababli, uning nazorati, pul bozorida mablag` taklif etilishi bilan nazorat 
etilishi mumkin. Ammo, Dj. M. Keyns, pul kredit choralarining belgilanganligini 
ko`rsatadi. Uning yozishicha, pul massasi Shu darajada katta bo`lishi mumkinki, 
buning oqibatida, foiz normasi tushmaydi, aksincha aylanmaga kiritilmagan pul 
vositalari miqdorini oshiradi xolos. Bunday holatni Dj. M. Keyns likvidlik chohi 
deb atagan.
Shu sababli kredit - pul siyosati byudjet siyosati bilan to`ldirilgan bo`lishi 
kerak. Byudjet siyosati maqsadi, hukumat byudjet harakatlari hisobiga ommaviy 
talab oshirilishi bo`lishi kerak. Dj.M.Keyns, byudjet mablag`larini xususiy 
tadbirkorlarning jamoatchilik ishlarini yaratish uchun tovar va xizmatlarning 
hukumat tomonidan sotib olinishini tashkillashtirish uchun xususiy tadbirkorlarga 
kredit sifatida tarqatilishi lozim deb hisoblagan. 
Barcha ko`rsatilgan choralar, investitsiyalar darajasini oshirish hisobiga 
samarali talabni rag`batlantirish maqsadiga ega bo`lib, ommaviy talab masalalarini 
echish uchun hukumat ko`rishi lozim bo`lgan asosiy choralardir. 
Ammo, ommaviy talabning yana bir elementi mavjud. Bu ham bo`lsa 
iste`moldir. Dj.M. Keyns fikricha, iste`molchilikni investitsiya o`sishi bo`yicha 


166 
dastur to`laligicha amalga oshirilganidan keyin amalga oshirish lozim, zero aynan 
investitsiyalar ishlab chiqarish darajasiga bevosita ta`sir o`tkazishadi. Nima 
bo`lganida ham, keynschilik nazariyasi iste`molchilikni oshirishga qaratilgan qator 
choralarni ko`zda tutadi. Mazkur choralar tarkibiga yuqorida tilga olingan 
jamoatchilik ishlarini tashkillashtirish (aholining mo„ayyan qismini ish bilan 
ta`minlash uchun), hukumat ishchilari iste`mol darajasini oshirish, hamda 
aholining kambag`al toifalari foydasiga daromadlarni taqsimlashga qaratilgan, zero 
asosiy psixologik qonuniyatlarga muvofiq jamiyatning mazkur qismi ayniqsa 
iste`molchilikka moyil bo`ladi. 
Xulosa. Keynschilik nazariyasini paydo bo`lishi, marjinalistik iqtisodiy 
nazariya rivojlanishining Yangi bosqichi bo`lganligi sababli, mazkur nazariya 
taklif etilgan asosiy Yangiliklarni umumlashtirish joiz. 
Birinchidan. Keynschilik, iqtisodiy tahlil vazifasini o`zgartiradi. Agarda 
an`anaviy ravishda iqtisodchilar oldida cheklangan resurslarni optimal taqsimlash 
masalasi qo`yilgan bo`lsa, Dj.M. Keyns depressiv siyosatni ko`rib chiqib, bunda 
resurslar ortig`ini kuzatgan: ya`ni ishsizlik yuqori darajasi, ishlab chiqarish 
quvvatlarining etarli darajada ishlamasligi, zahira mablag`larining investitsiyaga 
aylanmasligi, sotilmagan tovarlar. 
Ikkinchidan, kapitalistik tizimning o`z - o`zini nazorat etish imkoniyati 
mavjud emasligi haqidagi tezis himoyasiga Yangi argumentlar keltirildi: 
J.Sey buzorlar qonuniyati. Unga muvofiq har bir sotuvchi o`z navbatida 
xaridorga aylanadi, ammo mazkur qonuniyat Keyns fikriga ko`ra faqatgina barter 
iqtisodiyotida mavjuddir. Mablag` iqtisodiyotida, daromadlarning bir qismi zahira 
sifatida saqlanib qolinib, Shu bilan birgalikda ommaviy talab hajmi pasayadi. 
Buning natijasida taklif talabdan oshadi, bu esa inqirozning real imkoniyatini 
yaratadi.
Zahira mablag`larini investitsiyaga aylantiruvchi avtomatik mexanizm 
mavjud emas, zero mazkur jarayonning asosiy dvigateli, foiz normasi bo`lib, u 
mablag` bozoridagi holat va likvidlik tanlovi psixologik omiliga bog`liqdir.
Insonlar iqtisodiy harakatlari real holatlardan farq qiluvchi mablag` 
ko`rsatkichlar mavjudligi sababli yuzaga keladigan bozordagi mavjud noaniqlik 
sababli, ratsional emasdir. 
Uchinchidan, 
hukumatning 
iqtisodiyotga 
doimiy 
aralashish 
imkon 
mexanizmlarini va mazkur aralashuv zaruriyatini asoslab beruvchi nazariya 
yaratildi. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling