Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
2. Iqtisodiy siyosat yo`nalishlari
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shved modeli
20. 2. Iqtisodiy siyosat yo`nalishlari Keynschilik ustunligi. Urushdan so`nggi davrda, iqtisodiyot rivojlanishi, birinchi navbatda keynschilik maktabi ustunligi bilan ko`zga tashlanadi. Urushdan so`ng, Yangi nazariya keng ommalashib birinchi navbatda AQSHda ko`zga 169 tashlana boshladi, zero bu maktab, AQSH hukumat siyosatini belgilab berib, bu jarayon 1970-yillardan oldin Garri Trumen boshqaruvi davrida boshlandi (1884- 1972, 1945-1953 yillar davomida AQSH prezidenti). Yangi siyosatning asosi, iqtisodiyotga to`liq bandlikni davlat nazorati choralari bilan ta`minlash bo`ldi. 1946 yilda, Amerika Qo`shma SHtatlarida bandlik haqida qonun qabul qilinib, undan so`ng, davlat o`z zimmasiga ishsizlikning past darajasini saqlab turish majburiyatini oldi. Shunga o`xshash siyosat qator mamlakatlarda ham amalga oshirila boshlandi. Xususan Kanada, Buyuk Britaniya, Gollandiya va Avstraliya kabi mamlakatlarda. Shuningdek iqtisodiyotning ba`zi sektorlari milliylashtirilishi ham amalga oshirila boshlandi (masalan energetika va transport), aholining kam ta`minlangan qismini ijtimoiy qo`llab - quvvatlash tizimi rivojlana boshladi (nafaqalar, ko`p bolalshi oilalar uchun nafaqalar, subsidiyalashtirilgan tibbiy xizmat). Davlat zimmasiga, inqiroz holatlarini oldini olish maqsadida nazoratni amalga oshirish majburiyatini yukladi. Shved modeli. Urushdan so`nggi davrlardagi keynschilikka muqobil bo`lgan ko`plab iqtisodiy siyosat yo`nalishlarida davlat dasturlarini amalga oshirishga kirishildi. Masalan, umumiy davlat ravnaqi skandinav kontseptsiyasi stokgol`m maktabi nazariyasiga, xususan o`z xulosalari bo`yicha keynschilikka yaqin bo`lgan K. Viksel`, E. Lindal`, Gunnar Myurdal` (1898-1987), Bertil` Ullin (1899-1979), Erik Lundberg (1897-1987) xulosalariga tayanar edilar. Mazkur maktab, iqtisodiy tizim nomutanosibligidan kelib chiqib, iqtisodiyot makroiqtisodiy nazorati usullarini ko`zda tutar edi (asosan kredit - pul usullarini). Shu bilan birgalikda, u davlat byudjetining har yili balanslashtirilishi majburiy emasligi haqidagi tezisni, hamda davlatning o`z fuqarolariga mo„ayyan darajadagi ravnaqni ta`minlab berishi, xususan ijtimoiy siyosat hisobiga amalga oshirishi majburiyati haqidagi tezisni ilgari surishgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling