Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tyurgo Ann Rober Jak
- Gersog Baklyu
- Rikardo David
Fermer, fermer xo„jaligi - xususiy yoki ijaraga (lendlordan) olingan yerda
olib boriladigan sohibkorlik tipidagi xo„jalik. Kapitalistik fermerchilikda yollanma mehnatni jalb yetish, oilaviy shakli yesa aksariyat xo„jalik yegasining (fermer va uning oilasi) kuchi bilan olib boriladi. Dastlab Angliyada XVII asrda vujudga keldi. Hozir deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Fiziokratlar qo„llab- quvvatlagan xo„jalik turi. Yerkin savdo, xususiy mulk va mavjud tuzum tabiiy deb baholanadi. Tyurgo Ann Rober Jak (1727-1781) - fransiyalik, fiziokratizm g„oyasini rivojlantirdi. Sof bozor iqtisodiyoti tarafdori. Minimal ish haqini qo„llagan, jamiyatda (kapitalist va ishchilarni qo„shgan holda) beshta sinf (Keneda yesa uchta) borligini aytdi. Smit Adam (1723-1790) - Angliya klassik iqtisodiy maktabining buyuk nazariyotchisi, manufaktura davrining iqtisodchisi. Asosiy asari «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to„g„risidagi tadqiqot» (1776) bo„lib, unda hozirgi til bilan aytganda yerkin bozor munosabatlari o„z aksini topgan. Unda kapitalistik iqtisodiyot, xususiy mulk ideal deb hisoblanadi. Mehnat taqsimoti (vaqtdan, malaka oshishidan, mashina qo„llashga imkon yaratishdan) uch yutuq berishini isbotlagan. Davlatning iqtisodga aralashuvi imkoni boricha kam bo„lishi kerak, deydi. Yegoizm xususiyati jamiyat manfaatlariga qarama-qarshi yemas, degan xulosa chiqaradi. Xalq boyligi ishlayotgan odamlarning soniga va ularning mehnat unumdorligi darajasiga bog„liq deb o„ylagan. Manufakturani sanoatning yeng 249 yuksak cho„qqisi deb bilgan (bu fikr xato yedi, Chunki fabrika ustunroq). «Smit dogmasi» deb ataladigan xatoga yo„l qo„ygan. Gersog Baklyu - Adam Smit tarbiyachilik qilgan oila. Sanoat to„ntarilishi (inqilobi) - Angliyada birinchi bor XVIII asr o„rtalarida qo„l kuchiga asoslangan manufakturadan (ikkinchi bosqichdan) mashinalashgan zavod-fabrikaga (uchinchi bosqichga) o„tish jarayoni (XIX asrning o„rtalarida yakunlangan). Iqtisodiy rivojlanishda muhim o„rinni yegallaydi, ijtimoiy-siyosiy sohalarda katta o„zgarishlarga sabab bo„lgan. Rikardo David (1772-1823) - A.Smit ta‟limotining buyuk davomchisi, sanoat to„ntarishi davrining iqtisodchisi. Mehnat taqsimotini korxona doirasidan mamlakatlarga ham joriy yetishni taklif yetgan, nisbiy ustunlik, nisbiy chiqimlar ustunligi nazariyalariga asos solgan. Fabrika davrini to„g„ri tushungan, fritreyderlikni (yerkin savdo) qo„llab-quvvatlagan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling