Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Keyns Jon Meynard (1883-1946) - ingliz iqtisodchisi, keynschilikning 
asoschisi, 1929-1933 yillarda Buyuk inqirozni tahlil yetib, jamoat ishlab chiqarish 
jarayonining uzluksizligini ta‟minlash maqsadida davlatni kapitalistik 
iqtisodiyotni boshqarishiga asoslangan nazariyasini yaratdi. Milliy daromad, 
kapital mablag„, ish bilan bandlik, iste‟mol, jamg„arish va boshqa iqtisodiy 
miqdorlarning tahliliga alohida ye‟tibor berdi. «Boshqariladigan kapitalizm»ning 
tarafdori bo„ldi, turli yo„nalishlari mavjud. A.Marshallning do„sti, marksizmning 


255 
ashaddiy dushmani, «aralash iqtisodiyot»ning otasi va «Iqtisodiy jurnal»ning 
muharriri. Asosiy asari «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» 
(1936). Multiplikator formulasini taklif yetgan, investisiyalarning o„sishi, bandlik 
va daromadlarning o„sishi o„rtasidagi nisbatni ko„rsatgan, masalan, AQSh uchun 
o„sha davrda bu ko„rsatkich 2.5 bo„lgan, ya‟ni investisiya qilingan 1 dollar 2.5 
dollar daromad keltirgan. 
Likvidlik - moddiy ne‟matlar va boshqa resurslarning tez pulga aylana olish 
qobilyati; korxonani o„z majburiyatlarini o„z vaqtida to„lay olish qobiliyati 
balansning aktiv punktlarini pulga aylantirish. 
Keynschilik - J.M.Keynsning fikrlarini ilgari suruvchi yo„nalish, uch oqimi 
mavjud: 1. O„ng oqim - o„ta reaksion oqim, qurollanish tarafdori, tartibga solish 
takliflari bor. Germaniya va Italiyada keng tarqalgan; 2. Liberal oqim - 
monopoliya manfaatlarini himoya qiluvchi va qurollanishni inkor yetuvchi oqim. 
Uning asosiy vakili Jenni Robinson xonim, bu oqimda kasaba uyushmalariga keng 
o„rin berilgan. Fransiyada «dirijizm» (dirijer so„zidan olingan) nazariyasi vujudga 
kelgan; 3. Yangi keynschilik, keyinroq ortodoksal keynschilik - J.M.Keynsning 
qoidalari to„la qabul qilingan holda A.Xansen tomonidan stagnasiya nazariyasi 
bilan to„ldiriladi. A.Xansen va K.Klark multiplikator prinsipini akselerator 
prinsipi bilan to„ldirdilar, indusirlangan investisiya tushunchasini kiritdilar. 
Imperativ (zaruriy) va Indikativ (taklif majburiy yemas) rejalashtirishlardan 
foydalanish mumkinligi aytiladi (Fransiya va bir qancha mamlakatlarda keng 
tarqalgan). Asosiy vakillari fransiyalik G.Ardan, G.Mendes-Frans, F.Perru, 
S.Xarrislardir. Yangi keynschilik o„rniga postkeynschilik vujudga keldi, uning 
vakillari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa (Angliya), L.Yeyxner, .Vayntraub 
(AQSh); bu oqimda o„sish va taqsimot markaziy deb hisoblanadi. Iqtisodni 
tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish taklif yetiladi. 
Multiplikator 

ko„paytiruvchi; 
iqtisodiyot ta‟limotlarida ma‟lum 
bog„lanishlarni o„rganishda, multiplikasiya yeffekti bor joylarda qo„llaniladi. 
Masalan, Keyns ta‟limoti bo„yicha qo„yilgan investisiya va daromadlar o„rtasidagi 
bog„lanishni ko„rsatuvchi koyeffisiyent. 
Akselerator-multiplikatorga teskari bo„lgan koyeffisiyent bo„lib, milliy 
daromad o„sishining investisiya o„suviga ta‟sirini ko„rsatadi (neokeynschilar 
qo„llagan).

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling