Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Neoliberalizm - neoklassikaning bir oqimi, klassik iqtisodiy maktabni va
keynschilikni birga qo„llash tarafdori, bunda davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi taklif yetiladi. Asosiy vakillari L. fon Mizes (1881-1973), F. fon Xayek (1899-1992) bo„lib, bu oqim Avstriya maktabi deb ham yuritiladi. Sosialistik (imperativ) rejalashtirishga qat‟iy qarshi, Chunki bu rejalangan tartibsizlikka olib keladi, mehnat taqsimoti, xususiy mulk va yerkin almashuv sivilizasiyaning mutlaq asosi deb sanaladi. Xayek 1974 yilda Nobel mukofoti sovrindori bo„lgan. Neoliberalizm g„oyalari asosida «Ijtimoiy yo„naltirilgan bozor iqtisodiyoti» yuzaga keladi, uning asoschilari - nemis olimlari V.Rebke (1899- 1966), V.Oyken (1891-1950), L.Yerxard (1897-1977)lardir. Bu konsepsiya GFR va Shvesiyada yaxshi natija berdi, uning asosiy g„oyalari mustaqil O„zbekiston iqtisodiyotida qo„llanilmoqda. Ijtimoiy yo„naltirilgan bozor iqtisodiyotining asosiy qoidalari: yerkin baholarning zarurligi; yerkin raqobat; talab va taklifning muvozanati; iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo„jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo„naltirilgan rivojini ta‟minlash. N. nafaqat ma‟muriy-buyruqbozlik tizimidan, balki kapitalizmning yerkin raqobatlarga asoslangan davridan ham qat‟iyan farq qiladi. Mustaqil O„zbekistonda undan ijobiy foydalanilmoqda. Lukas R.I. - neoliberalizmning tarafdori, «Rasional kutilmalar» nazariyasi uchun 1995 yilda Nobel mukofoti sovrindori. Ijtimoiy-institusional yo„nalish 257 yevolyusiyasi industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial (neoindustrial) jamiyat sari boradigan konvergensiya nazariyalarida (Gelbreyt, P.Sorokin - AQSh, Raymon, Aron - Fransiya, Tinbergen - Niderlandiya) kapitalizm va sosializmning ilg„or tomonlarini olish va amalda qo„llash taklif yetiladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling