Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Xalqaro mehnat taqsimoti - butun jahon xo„jaligining tashkil topish va 
rivojlanishining hal qiluvchi omili. Birinchi bo„lib uning zarurligini D.Rikardo 
aytgan. Ayrim ishlab chiqarish korxonalaridagi kabi (A.Smit), jahon xo„jaligida 
ham mehnat taqsimoti nisbiy chiqimlar ustunligini beradi, ya‟ni ayrim 
mamlakatlarning ma‟lum sohada ixtisoslashuvi yuqori samara beradi. 
Jahon iqtisodiyoti nazariyalari - jahon bozorida mahsulot, valyuta, ishchi 
kuchi va boshqalarning harakat jarayonlariga xos qonun va qonuniyatlarini 
o„rganuvchi nazariyalar. «Ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti» 
nazariyasi tipikdir (Ye.Xeksher, B.Olin, P.Samuyelson); «Mahsulot hayoti sikli» 


258 
nazariyasi (G.Xufbauyer, R.Vernon, M.Pozner); Monopolistik raqobat nazariyasi 
(Ye.X.Chemberlin) va boshqalar. 
Absolyut (mutlaq) afzallik prinsipi - A. Smit tomonidan ilgari surilgan 
g„oya bo„lib, savdo munosabatlaridagi mutlaq afzallikni anglatadi (tovarlarni 
ishlab chiqarishda sarf-xarajatlarning ustunligi hal qiluvchi hisoblanadi). 
Nisbiy afzallik prinsipi - D. Rikardo tomonidan izohlab berilgan prinsip 
bo„lib, ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer) xarajatlarining afzalligini 
ko„rsatadi va tashqi iqtisodiy aloqalarda keng qo„llaniladi.
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi - BMT tomonidan 90-yillarda ilgari 
surilgan. Unda taraqqiyot natijalarining inson bilan hamohang bo„lishi ko„zda 
tutiladi, moddiy boylik (yalpi milliy mahsulot) bilan birga sog„lom hayot, 
savodxonlik, demokratik institutlar bilan birinchi o„ringa qo„yiladi (ayrim 
davlatlar kambag„al bo„lishiga qaramay, bu sohada yuqori natijaga 
yerishmoqdalar va aksincha) hamda «ijtimoiy rivojlanish indeksi» (IRI) bilan 
o„lchanadi. 
Nokapitalistik (kapitalizmni chetlab) rivojlanish konsepsiyasi - ilgari 
qoloq bo„lgan, kapitalizm taraqqiyoti bosqichini to„la bosib o„tmagan mamlakatlar 
uchun tavsiya yetilgan rivojlanish yo„li. Bir qancha mamlakatlar shu yo„ldan 
borib, sosializm quryapmiz, deb o„ylagan. Hayot buni inkor yetdi.
O„tish davri - bu yerda ma‟muriy-buyruqbozlik (imperativ rejalashtirilgan) 
iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o„tish davri. O„z davrida sosiolistik deb 
atalgan mamlakatlarning, xususan, O„zbekistonning bozor munosabatlariga o„tish 
davri.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling