«Neoklassisizm», Avstriya maktabi - XIX asrning 70-yillarida paydo bo„ldi,
uning asosiy maqsadi Marksning qiymatning mehnat nazariyasiga qarshi kurash
yedi. Vakillari: K.Menger (1840-1920), Ye.Byom-Baverk (1851-1914), F.Vizer
(1951-1926). Marjinalizm, yeng yuqori naf, yeng yuqori unumdorlik g„oyalari
qo„llaniladi.
Shmoller Gustav (1838-1917) - nemis iqtisodchisi, yangi tarixiy maktabning
asoschisi, siyosiy iqtisodni xalq xo„jaligi tarixi bilan bir deb qaradi, tarixiy
formasiyaga qarshi chiqdi, unga yempirizm xos yedi. Iqtisodiyotda odob-huquq
omilini birinchi o„ringa qo„ygan.
Brentano Lui (1844-1931) - yangi tarixiy maktab vakili, kapitalizmni madh
yetgan, «Ijtimoiy inoqlik» tarafdori, «davlat sosializmi» g„oyalarini ilgari surgan.
Verner Zombart (1863-1941) - yangi tarixiy maktabga yaqin turgan nemis
iqtisodchisi, antagonistik ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarning muqarrarligini
inkor yetgan, kapitalizm tartibga solingan va rejali rivojlanib boradigan xo„jalik
tarzi deb tasvirlanadi. Turli tizimlarni plyuralizm asosida yaqinlashtirish mumkin,
deydi. V.Z. shovinizm pozisiyalarida turgan va fashizm mafkurasining
shakllanishiga ko„maklashgan.
Menger Karl (1840-1921), Byom-Baverk Yevgeniy (1851-1914), Vizer
Fridrix (1851-1926) - Avstriya maktabi vakillari, iste‟mol ishlab chiqarishdan
ustun qo„yilgan, tadqiqotning Robinzonada usuli keng qo„llanilgan, qadriyatlar (
yuqori foydalilik) nazariyasi ilgari surilgan. Qiymat iste‟mol qiymati bilan aynan
bir xil deb talqin qilingan.
Lenin (Ulyanov) Vladimir Ilich (1870-1924) - marksizmni rivojlantirgan,
imperializm to„g„risidagi ta‟limotni yaratdi, Sovet davlatining asoschisi va rahbari,
«Harbiy kommunizm», «Yangi iqtisodiy siyosat» muallifi, umrining oxirida
sosializmga yangicha qarash tarafdori bo„ldi. L. ning asosiy g„oyalari (umumxalq
mulki, qat‟iy rejalashtirish, sho„rolar tizimi) inqirozga uchradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |