Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Harbiy kommunizm» siyosati
- «Yangi iqtisodiy siyosat»
- Chayanov Aleksandr Vasilevich
- Marjinalizm
Ma‟muriy-buyruqbozlik (rejalashtirilgan bozor) - sobiq SSSR va
«sosialistik» deb atalgan davlatlarda amalga oshirilgan bozor turi, unda davlat mulki ustun va xususiy mulk deyarli yo„q, imperativ qat‟iy reja hukmron, yerkin 253 raqobat inkor yetiladi; qat‟iy baholar qo„llanadi. Hayot bozorning bu turini inkor yetmoqda. «Harbiy kommunizm» siyosati (1918-1920) - Sovet davlatida qo„llanilgan, tovar-pul munosabatlari inkor yetilgan, qat‟iy taqsimot va to„la milliylashtirish hamda oziq-ovqat razverstkasi amalga oshirilgan, bir qancha sosial sohalar tekin bo„lgan (transport, yelektr yenergiyasi, kommunal xizmatlar). X.k. davrida mamlakat og„ir inqirozga uchradi. «Yangi iqtisodiy siyosat» (Novaya yekonomicheskaya politika, «NEP») - Sovet davlatida 1921 yilda joriy yetilgan. Tovar-pul munosabatlariga keng o„rin berilgan, denasionalizasiya amalga oshirilgan, xususiy ishlab chiqarish va savdoga keng o„rin berilgan va yagona oziq-ovqat solig„i joriy yetilgan. Ya.i.s.dagi kapitalistik munosabatlar iqtisodiyotni tez tiklash va rivojlantirishga imkon berdi. Faqat og„ir sanoat, bank, temir yo„l, tashqi savdogina davlat monopoliyasida bo„lgan. Moliya tizimi pul islohoti orqali kuchaytirilgan. 1928 yildan boshlab inkor yetilib, ma‟muriy-buyruqbozlikka o„tildi. Chayanov Aleksandr Vasilevich (1888-1937) - taniqli iqtisodchi, Rossiyada tashkiliy ishlab chiqarish maktabining asoschisi, dehqonni mehnat xo„jaligining asosi deb, oilaviy mehnat yacheykasini tashkil yetgan (kollektivizasiyaga qarshi); kooperasiya va agrar sohalarda 200 ga yaqin asar yozgan, bosh asari «Xo„jalikning nokapitalistik sistemalari nazariyasi»dir. Ch. 1937 yilda repressiya qilinib, qatl yetilgan. Ilmiy g„oyalari hozirda ham ilmiy-amaliy ahamiyat kasb yetadi. Monopoliya - ishlab chiqarish va banklarning yiriklashuvi va markazlashuvi, sof raqobat yo„qoladi (nomukammal raqobat), monopol baho, foyda yuzaga keladi. Marjinalizm - fransuzcha «chegaraviy» ma‟nosidagi so„zdan olingan, XIX asrning 70-yillari Jevons, Menger, Valraslar tomonidan ochilgan iqtisodiyotning metodologik prinsiplaridan biri, iqtisodiy hodisalarni tahlil yetishda yeng chekka ko„rsatkichlarga suyanadi. Iste‟molni ishlab chiqarishdan ustun qo„yadi. Qiymatning mehnat nazariyasi inkor yetiladi. Avstriya maktabi vakillari tomonidan qo„llanilgan. XIX asrning o„rtalarida fransuz iqtisodchisi Kurno (1821- 1877), nemis iqtisodchilari Tyunen (1783-1850), Gossen (1810-1858) birinchi bo„lib marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga joriy yetishga uringan. Uning kategoriyalari: qimmat, yeng yuqori, chegaralangan naf, noyoblik, ishlab chiqarishning yeng yuqori unumdorligi va boshqalar. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling