Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
XX asr boshida Amerika institutsionalizmi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
14.4. XX asr boshida Amerika institutsionalizmi Germaniya bilan bir qatorda XIX va XX asr oralig`ida institutsionalizm liderlar qatoriga AQSH ham qo`shildi. Bunga Amerika jamiyatida reformistik kayfiyatlar va hukumat antimonopoliya va ijtimoiy siyosati talablari ham sabab bo`ldi. Umumilmiy jihatdan,AQSHda institutsionalizm shakllanishiga XX asr boshida mamlakatni sotsiologik rivojlanish markazlaridan biriga aylanishi ham sabab bo`ldi. Bundan tashqari, Amerikalik iqtisodchilar Germaniya universitetlari bilan ilmiy aloqalarga ega edilar. Natijada, 1880 yillarda R. Eli boshchiligida bir guruh olimlar Yangi tarix maktabiga yaqin bo`lgan “Viskonsin maktabi”ni shakllantirib, iqtisodiyotga hukumat aralashishi lozimligi g`oyasini ilgari surishgan va 1885 yilda Amerika iqtisodiyot assotsiatsiyasi yaratilishiga assos solishdi. 120 Mazkur assotsiatsiyaning maqsadi Germaniyadagi ijtimoiy - siyosat ittifoqi va Angliyadagi Fabian jamiyati kabi hukumatning reformistik faoliyatiga yordam berish edi. XIX asr oxirida ilk Amerikalik institutsionalistlar asarlari paydo bo`lib, “institutsionalizm” atamasining o`zi 1918 yilda kiritildi. Erta amerika institutsionalizmi yirik namoyandasi Torsteyn Veblen edi (1857-1929). Uning asarlari orasida «Bekorchi sinf nazariyasi. Institutlar iqtisodiy tadqiqoti» (1899), «Ishbilarmonlik tadbirkorligi nazariyasi» (1904), «Uddaburonlik ongi va ishlab chiqarish texnologiyasi rivojlanishi darajasi» (1914), «Muhandislar va qadriyatlar tizimi» (1921), «Absenteistik mulk va yangi davrda ishbilarmonlik tadbirkorligi» (1923) muhim ahamiyat kasb etadi. Veblen iqtisodiy fikr frantsuz tarixchisi E.Jansga qaraganda «Maksimal darajadagi foydalilikni sof nazariyasidan, amerikalik iqtisodchilarni chalg`itib, ularni iqtisodiyotni jamoatchilik asoschilari qarama - qarshiliklarini o`rganishga jalb qildi». Veblen, neomumtozlarni iqtisodiy tizim muvozanati haqidagi g`oyasi uchun tanqid qilib, mazkur g`oya asosida, uning harakati va rivojlanishi inkor etilganligini rad etib, iqtisodiyot fani hayot darajasi genetik tadqiqoti, moddiy tamaddun tiriklik tarixi bilan Shug`ullanishi lozimligini aytgan. Uning fikricha, neomumtozlarning yana bir xatosi, iqtisodiyotga nisbatan individualistik yondashuv va inson foyda va xarajatlar balansi sifatidagi harakatlar talqinidir. Iqtisodiy nazariyaning asosiy xatosi, - deb yozgan edi u, - o`zining predmeti sifatida inson harakatlarini talab va taklif normal tenglamalaridan ko`ra murakkabroq ekanligini tan olinishni rad etishdir. Veblenning o`zi, tadqiqotlarning asosiy bazasi sifatida iqtisodiy inson harakatlarini emas jamiyatning ijtimoiy tizim sifatida institutlar yordamida tashkillanganligini olish deb hisoblangan (inson harakatlari, jamoatchilik hayoti an`analari, va normalari). Mazkur ijtimoiy tizim, uning fikricha doimiy ravishda tashqi hodisalar bosimi ostida, hamda insonlarning ichki istaklari asosida o`zgaradi. Bu borada Veblen turli istaklar, instinktlarni ajratadi, ya`ni o`zini-o`zi himoya qilish va nasl qoldirish instinkti, raqobatchilik instinkti, taqlid qilish instinkti, qiziqish, harakat va boshqalar. U instinktlar, ijtimoiy tizimga, faqatgina ijtimoiy tizim yumshagan davrlarda ta`sir etishini ko`rsatgan, ya`ni ijtimoiy tizim naqadar yumshoq bo`lsa, insonlar mustaqilligi, Shu qadar yuqori bo`ladi. Ijtimoiy tizim evolyutsion tartibda, institutlarning tabiiy saralanish va kurashish natijasida rivojlanadi. Darvin nazariyasiga asoslangan holda, Veblen quyidagi fikrni bildirgan edi: «Bir turning jamiyatdagi hayoti boshqa turlar hayoti kabi, yashash uchun kurashdir, demak bu hodisani saralash va ko`nikish jarayoni deb atash mumkin». Jamiyat tuzilishi evolyutsiyasi, ijtimoiy institutlarning tabiiy saralanish jarayoniga aylangan. U insoniyat tarixida, qator 121 bosqichlarni ham ajratgan: erta va kechki yovvoyilik, Jaholat va yarim tinch varvarlik, hunarmandchilik va sanoat ishlab chiqarilishi. Sanoat bosqichi Veblen tomonidan ikki kichik davrlarga bo`lingan: ya`ni kapitalist tadbirkorlar hukmronligi davri va kapitalist mulkdorlar va tadbirkorlik funktsiyasini yollangan boshqaruvchi va muhandislarga topshirilgan kapitalist mulkdor aktsionerlar hukmronligi davri. Bunda Veblen, o`ziga zamonaviy bo`lgan jamiyat qarama - qarshiliklarini aktsioner mulkdorlar yoki bekorchi sinf va muhandislar va boshqaruvchilar sinfi texnokratik orasidagi qarama - qarshiligida deb talqin qilgan. E`tirof etish lozimki, muhandislarga qiziqish, yuqori darajadagi ko`nikmalar va ota - onalik hisslari xos (boshqa insonlar manfaatlari haqida qayg`urish) va bu hissiyotlar zamonaviy yirik ishlab - chiqarishni shakllantirishga olib kelgan. Bekorchilar sinfiga esa, boshqa instinktlar, ya`ni egoizm va shaxsiy manfaat yo`lida harakatlar xosdir. yuqori darajadagi ko`nikma instinkti o`rnida, -deb aytadi Veblen, - ularda sportchilik instinkti mavjud, masalan ozuqa topish maqsadida ovdan farqli o`laroq, ularda ko`ngilxushlik uchun hayvonlarni o`ldirish sportchilik instinkti. Bu kabi iqtisodiyotdagi hodisalar, iqtisodiyot fanida «Veblen effekti» nomini ham olgan. Iqtisodiyotdagi bunday qarama - qarshiliklar, sanoat va biznes sohalarida namoyon bo`ladi. Veblen fikricha biznes sohasi industriya sohasi ustidan ustunlikka ega bo`lganligi sababli, texnik progress sekinlashadi, yirik korporatsiyalar ishlab chiqarishni yuqori narx va daromadlar uchun to`xtab turishadi, iste`molchiga unga keraksiz bo`lgan tovarlarni ommaviy reklama orqali sotilishi yuz beradi. Mazkur qarama - qarshilikni echish yo`lini, u Yangicha jamiyat tizimiga o`tishda deb bilib, jamiyat induastrial respublika hukmronligiga o`tgan holda, davlatni muhandislar va texniklar qo`mitasi boshqarishi kerak deb hisoblagan. Uning fikricha, mazkur qo`mita, kapitalizm plutokratiyasi va proletariat diktaturasi orasidagi uchinchi siyosiy yo`l bo`lishi kerak. Ammo o`zining oxirgi asari bo`lmish, «Absenteistik mulk» asarida, u xato qilganligini tan olib, amerikacha o`rta sinf hodisasi bekorchilar sinfiga taqlid qilishga harakat qilayotganligini aytib o`tgan (Shu jumladan, muhandislar ham). Nima bo`lganida ham, Veblenning kapitalizmdan yangicha jamiyat turiga o`tish haqidagi g`oyalari, keyinchalik rivojlandi. 1932 yilda, yosh institutsionalistlar G.Mints va A.Beral` “Zamonaviy korporatsiya va xususiy mulk” asarini nashr etib, unda yirik korporatsiyalarda real hukmdorlik aktsionerlar va boshqaruvchilar qo`liga o`tayotganligini aytib o`tishgan. 1941 yilda esa, D.Bernxem, boshqaruvchilar inqilobi deb nomlangan kitobini ham nashr etdi. Urushdan keyingi yillarda mazkur g`oyalar rivojlanishda davom etib, industrial jamiyat nazariyada o`z aksini topgan. Amerika institutsionalizmining yana bir asoschisi, Djon Kommons (1862-1945) bo`ldi. Uning asarlari orasida, 122 «Boylik taqsimlanishi» (1893), «Sanoat xush ko`rilishi» (1919), «Kapitalizm huquqiy asoslari» (1924), «Institutsionalistik iqtisodiy nazariya» (1934) asarlarini e`tirof etish mumkin. U XIX asr oxirida yuzaga kelgan Viskonsin maktabining to`g`ridan - to`g`ri namoyandasi bo`lib, o`zi ham Viskonsin universitetida faoliyat yuritgan. Shu bilan birgalikda, u faol ravishda, kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilib, mehnat qonunchiligi ishlab chiqarilishida qatnashgan. Institutsional iqtisodiyotni Kommons individual harakatlar emas, jamoatchilik iqtisodiyoti deb talqin qilgan holda, institutlar ortidan ijtimoiy guruhlar manfaatlari turganligini ta`kidlagan. Bundan tashqari, u institutlar huquqiy tomonini ham ta`kidlagan. Xususan u, ijtimoiy munosabatlarning umumlashtiruvchi tushunchasi kelishuv bo`lib, mazkur jarayon ikki hamkor, ikki tomon o`zaro faoliyatini belgilaydi deb hisoblagan. Kelishuv nazariyasi, uning talqinicha, insonlarning hamkorlikdagi harakati va barcha kelishuvlar baholanishi nazariyasi bo`lib, uning orqali, qatnaShuvchilar bir – birini yagona fikr va harakatlarga erishishga jalb etadi. Kelishuv davomida tomonlar avvalo o`z manfaatlarini qarama - qarshi qo`yishadi, so`ngra esa, kelishilgan holda kompromiss qarorga kelib, kelishilgan holat bo`yicha o`zaro majburiyatlarni zimmalariga olishadi. Ijtimoiy munosabatlar huquqiy nazorati g`oyasi, Kommons kapitalizm rivojlanishi boshlari haqidagi nazariyasi ham mavjud. U to`rt bosqichni ajratadi, ya`ni savdo, sanoat, moliya va ma`muriy kapitalizm bosqichlarini. Ma`muriy kapitalizm bosqichi, bu jamiyat kelajagi bo`lib, bunda hukumat (ma`muriyat), qonunchilikni rivojlantirish orqali mehnat, va kapital yirik va kichik biznes, biznes va ishlab chiqarish orasidagi munozaralarga barham berishi mumkin. Nihoyat, erta amerika institutsionalizmning uchinchi namoyandasi Uesli Kler Mitchell (1874-1948) edi. U o`zini Veblen shogirdi deb hisoblab, hattoki 1936 yilda, «Veblen darslari» nomi ostida uning asarlari to`plamini ham nashr etdi, ammo, nisbatan boshqa muammolar bilan Shug`ullandi. Avvalambor, u iqtisodiy kon`yunkturaning yirik amerikalik tadqiqotchilaridan biri bo`lib, 1920 yilda iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosini ham boshqargan. Uning faoliyati natijasida, 1913 yilda «ishbilarmonlik sikllari» kitobi nashr etilib, undan so`ng ham qator asarlari chop etilgan. bundan tashqari, u iqtisodiyotda mablag` aylanmasi va kredit moliya institutlari rolini ham tadqiq etib, mablag` institutlari yuqori darajadagi tashkillanish guruhlari jamoatchilik roliga e`tibor qilgan holda, bu hodisa o`rta asrlardan beri rivojlanib, yaratuvchilari zakovati va faoliyatiga aksil ta`sir o`tkazganligini ham aytib o`tgan. Nihoyat u, hukumat nazorati nazariyasini ham ishlab chiqib, bu nazariyani iqtisodiyotni rejalashtirish deb atagan. F.Ruzvel`tning Yangi iqtisodiy kursi amalga oshirilishi davomida, Mitchell, AQSH milliy resurslari qo`mitasi tashkilotchilaridan biriga aylandi. Ruzvel`t 123 komandasiga, u bilan bir qatorda Dj.Kommons va yosh institutsionalistlar A. Byorl` va R. Tagvellar ham kirgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling