Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishi


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169
 
14.5. Iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishi 
Iqtisodiy sikllar nazariyasi faqatgina XIX asrning o`rtalariga kelib rivojlana 
boshladi. Bu davrga faqat siklsiz inqiroz haqida fikr yuritilgan. Buning sababi 
Shundaki, birinchi ko`zga tashlanadigan siklik inqiroz Angliyada 1805 yilda yuz 
bergan edi. Shundan so`ng, darhol inqiroz o`z hajmlariga ko`ra, farqlanishi 
borasidagi fikrlar bildirildi, zero bu safargi inqiroz, Angliyaning butun 
iqtisodiyotini qamrab olgan edi. Bu vaqtgacha inqirozlar faqat tarmoq darajasida 
bo`lgan. Buning sababi Shundaki, Angliya jahon iqtisodiyotida yetakchi bo`lib, 
xalq xo`jaligi o`zaro bog`liq tizimga aylanib bo`lgan edi. Bu tizim doirasida 
inqiroz bir tarmoqda boshlanib, asta - sekinlik bilan butun iqtisodiyotni qamrab 
olgan edi. Siklik darajani belgilash uchun, yana ikki krizisni boshdan kechirib, 
krizislar har 11 yilda takrorlanganligini aniqlash lozim edi. Siklning davomiyligi 
asta -sekinlik bilan qisqarmoqda hozirgi vaqtdagi siklning o`rtacha davri besh - etti 
yil davom etadi. Shunday qilib, Angliyadan so`ng, asta - sekinlik bilan boshqa 
mamlkatlar ham sikl fenomeni domiga tortilib, bu jarayon qonuniyatlari XIX 
asrning o`rtalarida aniqlandi. 
Iqtisodiy rivojlanishning siklik jarayoni haqidagi alohida fikrlarni qator 
iqtisodchilar ham aytib o`tishgan shu jumladan Mill` va Marks tomonidan ham. 
Ammo to`liq ravishda iqtisodiy siklga bag`ishlangan ilk asar frantsuz iqtisodchisi 
Kliment Jyuglar tomonidan berilgan. U o`zining «Savdo inqirozi va ularning 
Frantsiya, Angliya va Qo`shma Shtatlar iqtisodiyotida takrorlanishi haqida» (1860) 
nomli asarida siklik marrasi haqida fikr yuritgan. Shu bilan birgalikda Kliment 
Jyuglar (1819-1905), sikl tushunchasini uch fazaga «gullab - yashnash», «inqiroz», 
«depressiya» fazalariga ajratgan. Mazkur fazalar tahlilida, Jyuglar, statistik 
materiallarni keng qo`llagan holda, bank rezervlari, foiz stavkalari, tijorat kreditlari 
va tovar narxlari orasidagi bog`liqlikni ochib berishga harakat qilgan, ammo u 
siklni keltirib chiqaruvchi sabablarni izoxlab bera olmagan. 
Iqtisodiy faoliyatda siklik tavsifini tushuntirish harakatlari nisbatan tez sodir 
bo`lgan. Avvalo, bu sikl nazariyasi, ekzogen nazariyalari bo`lib, ular sikl 
sabablarini iqtisodiyot doirasidan tashqarida tadqiq qilishgan. Barcha ekzogen 
nazariyalar quyidagi sxema asosida qurilgan: mo„ayyan tashqi hodisa, 
iqtisodiyotga salbiy ta`sir o`tkazadi, va iqtisodiyotda inqiroz sodir bo`ladi, so`ngra 
mo„ayyan vaqt davomida iqtisodiyot depressiya fazasidan o`tadi, undan so`ng esa 
yuksalish bosqichi boshlanadi. Ammo tashqi sabab yana takroran iqtisodiyotga 
ta`sir etadi va bu esa siklni qayta takrorlanishiga sabab bo`ladi. Iqtisodiyot 


124 
doirasidan tashqari bunday nazariya bir masalani dolzarbligiga holicha qoldiradi. 
Nima sababdan tashqi omil bu qadar takrorlanuvchi hodisa sifatida iqtisodiyotga 
ta`sir etadi? Nima sababdan inqiroz iqtisodiyotning bemor holati sifatida talqin 
etiladi. 
Sikllilik ekzogen nazariya sifatida bir qator ijobiy jihatlarga ham ega: 
iqtisodiy mexanizm alohida tomonlari va sohalari o`zaro ta`sirini tadqiq etish, vaqt 
me`yori tadqiqoti (mo„ayyan ta`sirning boshlanishi va natijasidagi vaqt) va 
boshqalar. Birinchi ekzogen siklnazariyalari orasida, marjinalistik inqilob 
asoschilaridan biri bo`lmish, U.N.Djevons nazariyasi muhimdir. U o`zining 
«Mo„ayyan vaqtda yuzaga keluvchi tijorat o`zgarishlari masalalari haqida» (1862) 
asarida mazkur nazariyani “quyosh yuzasidagi dog`lar” nazariyasi deb ataydi. 
Uning ta`limotiga ko`ra, mo„ayyan vaqtda yuzaga keluvchi yuqori darajadagi 
quyosh faolligi er yuzasida iqlim anomaliyalari yillariga to`g`ri keladi. Bu holatlar, 
hosil darajasini pasayishiga olib kelib, qishloq xo`jaligi inqirozini yuzaga keltiradi. 
Ular esa, o`z navbatida qishloq xo`jaligiga yaqin bo`lgan sohalar inqirozini keltirib 
chiqarib, keyinchalik butun xalq xo`jaligi sikllarini yuzaga keltiradi. 
XIX asrning oxirida, iqtisodiy siklning endogen nazariyalari yuzaga kelib, 
ularda siklilik sabablarini iqtisodiyot doirasining ichida qidirilgan. Siklning barcha 
fazalari esa (Shu jumladan inqirozning o`zi ham) normal holat deb hisoblanib, 
xo`jalik hayotining mo„ayyan davriga bog`liqligi ta`kidlangan. Jahondagi ilk 
endogen nazariyasi M.Tugan – Baranovskiy nazariyasi bo`lib, bu nazariya uning 
«Davriy ishlab chiqarish bilan bog`liq davriy sanoat krizislari» deb nomlangan 
magistrlik dissertatsiyasining asosini tashkil etdi. Mazkur dissertatsiya 1894 yilda 
Moskva universitetida himoya etilgan. Mazkur nazariya dunyoda katta ta``surot 
uyg`otgan. Uning nazariyasi fanga sof dengiz havosidek yorib kirdi, - deb yozgan 
edi mashhur amerikalik iqtisodchi A.Xansen. 
Muallif siklning asosiy mohiyatini investitsiya hajmlarini o`zgarishi bilan 
bog`liqligini ochib beradi. Bu fikr, iqtisodiy sikl nazariyasining yangi davr 
haqidagi ilk fikrdir. Tyugan – Baranovskiy nazariyasiga ko`ra, iqtisodiy sikl 
sababi, boyliklar va investitsiyalarning o`zaro ta`sirlaridir. Ma`lumki, kapital 
to`planishi davomida uning qadri (narxi) pasayib boradi, bu pasayish esa mo„ayyan 
darajaga etgach, investitsiyalar uchun asos yaratib berib, ular bundan kredit 
qimmatligi sababli samarasiz tus oladi. Investitsiyalar o`sishi, ishlab chiqarish 
o`sishini keltirib chiqaradi. Siklik ko`tarilish fazasi boshlanadi. Ammo 
investitsiyalarni oshishi xarajatlar oshirilishini ham bildirib, ular esa, buning 
natijasida, qimmatlashadi va investitsiyalar o`sishini pasaytiradi. Investitsiyalar va 
ishlab chiqarish qulashi fazasi boshlanadi, ammo Shu bilan birgalikda, boylikni 
to`planish jarayoni yuz berib, bu holat qayta takrorlanadi. 


125 
Tyugan - Baranovskiy nazariyasi keyingi rivojlanishi, germaniyalik 
A.Shpitxoff, shvetsiyalik G.Kassel` asarlarida davom ettirildi. Tugan - 
Baranovskiyning 
o`zi 
esa, 
iqtisodiy 
sikllar 
tadqiqoti 
bilan 
boshqa 
Shug`ullanmagan. 
Keyingi davrlarda, sikl borasida yangidan - yangi nazariyalar ilgari surilib, 
ular orasida ham ekzogen, ham endogen nazariyalar mavjud bo`lib, ularning 
doirasida iqtisodiyot siklik harakatlari yangidan - yangi sabablari ko`rib chiqilgan. 
Nima bo`lganida ham, hozirgi vaqtgacha iqtisodiyot fanida iqtisodiyot siklining 
biror - bir yagona nazariyasi mavjud emas. Zamonaviy sikllar nazariyasini 
G.Xaberler yozganidek «bu iqtisodiy sikl kabi murakkab hodisa xo`jalik tizimining 
barcha sohalarini qamrab oladi, ammo aynan Shu sababli mo„ayyan yagona omil 
yordamida uning kelib chiqish sabablarini tushuntirish mumkin emas». 
XX asrning boshlarida, yirik sikllar nazariyasi ishlab chiqilib, bu nazariya 
zamonaviy iqtisodiyot fanida «Kondrat`ev sikli» sifatida ma`lum. Nikolay 
Kondrat`ev (1892-1938) Peterburg universitetidagi talabasi bo`lib, uning 1917 
yilning fevral` va oktyabr` inqiloblari orasida muvaffaq hukumatni qaror 
toptirishda faol qatnashgan. Keyinchalik muvaffaq hukumat tarkibida oziq - ovqat 
vaziri o`rinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan. Oktyabr` inqilobidan so`ng, 
Kondrat`ev Moskva qishloq - xo`jalik akademiyasi, hamda Narkomzem 
tashkilotida faoliyat yuritgan. 1920-yilda, u laboratoriya yaratib, mazkur 
laboratoriya asosida kon`yunktura institutini tashkil etib, jahon miqiyosida tanildi. 
Kondrat`ev 1928 yilgacha uning direktori lavozimida ham ishlagan. 1930 yillarda 
Stalin qatag`onlari boshlangan, qamoqqa olindi, va 1938 yilda otildi. 
Yirik sikllar g`oyasi 1922 yildan boshlab Kondrat`ev asarlarida paydo bo`la 
boshladi. 
Mazkur 
muammoga 
bevosita 
bag`ishlangan 
ilk 
maqolasi, 
«Kon`yunkturaning yirik sikllari» (1925) deb nomlangan. 1926 yilda Kondrat`ev 
tomonidan mazkur mavzuda iqtisodiyot institutida ma`ruza o`qilib, bu ma`ruza 
katta munozaralarga sabab bo`lgan. Kondrat`evning yirik sikllarga bag`ishlangan 
oxirgi maqolasi 1928 – yilda nashr etilgan. Kondrat`ev yirik sikllari haqidagi yirik 
tadqiqotlari tazyiq ostida to`xtatilganligi sababli, uning mazkur sohadagi faoliyati 
natijalari quyidagicha. 
1. Statistik ma`lumotlar yirik doirasi asosida u yirik sikllar mavjudligini 
isbotlab, buning uchun XVIII asr oxiridan 1920-yillar boshigacha bo`lgan 
davrni tadqiq etgan holda, to`liq va tugallanmagan ikki siklni aniqladi. 
Birinchi sikl oltmish yil davrni qamrab olib, keyinchalik asta - sekinlik bilan 
sikl davomiyligi qisqarishi kuzatildi (Jyuglar sikllari kabi).
2. Kondrat`ev empirik to`g`ri chiziqlarni ham ajratdi. Mazkur hodisalarni u 
statistik jihatdan kuzatib, nazariy jihatdan ularni tushuntira olmadi: 


126 
3. ko`tarilish fazasi boshida, ommaviy ravishda texnik kashfiyotlar tadbiq 
etilishi kuzatiladi; 
4. ko`tarilish fazalari qulash fazalaridan farqli o`laroq, ijtimoiy hodisalarning 
yirik miqdori bilan tavsiflanadi; 
5. qulash fazasida, ayniqsa qishloq - xo`jaligi ko`proq aziyat chekadi;
6. o`rta va kichik sikllar yirik sikllarga boy bo`ladi. Bu holat, ayniqsa yirik sikl 
ko`tarilish fazasida namoyon bo`lib, buning sababi ko`tarilish fazasi 
davomida, qulash fazasi kuzatilishidir. 
7. Kondrat`ev yirik sikllar mexanizmi haqida ham mo„ayyan gipotezalarni 
ilgari surgan. 
U boylik va investitsiyalar o`zaro faoliyati haqidagi Tugan – Baranovskiy 
sikllari nazariyasini qo`llagan, ammo Shu bilan birgalikda, mazkur siklning u yoki 
bu bo`g`inini sikl sababi sifatida qabul qilib bo`lmasligini ham ta`kidlagan. 
Keyingi davrlarda, Marshall va Val`rasning muvozanat haqidagi g`oyalarini 
qo`llagan holda, Kondrat`ev birinchi tartib muvozanatidan keyingi tartib 
muvozanatlariga o`tish sikli vaqtida o`tuvchanlik sxemasini ham ilgari surgan. 
Birinchi tartib muvozanati deb, u ishlab - chiqarish quvvatlari va zahira 
tovarlariga ta`sir etishi mumkin bo`lgan talabni ortishi va o`zgarishi mumkin 
bo`lmagan taklif hajmi, hamda ishlab chiqarish sharoitlari o`zgaruvchan davrini 
aytgan. Keyinchalik ikkinchi tartib muvozanati sifatida, u asosiy kapital zahiralari 
hisobiga iste`mol predmetlarini ishlab chiqaruvchi sohalarda ishlab chiqarishni 
kengayishi natijasida belgilanishini tushungan.
Keyingi davrlarda ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish sohalarida 
sanoat kengaya borib, bu holat iste`mol predmetlari ishlab chiqarilishi hajmiga 
ta`sir etadi va «Uchinchi tartib muvozanati» ni belgilanishiga olib keladi. 
Kondrat`evning yozishicha, aynan Shunday xolda kon`yunkturaning yirik sikllari 
mazkur tizim muvozanati real darajasidan chetlashish jarayonini tashkil etadi 
(uchinchi va undan yuqori tartib) va bu jarayon davomida, muvozanat darajasi 
ham o`zgaradi. 
Kondrat`evning yirik nazariyalar sikliga qiziqishi, jahon iqtisodiy fanida 
hech - qachon yo`qolmagan, ammo 1970-1980-yillarda, kon`yunktura darajasi, 
oldingi 1940-1960- yillar boshida kuzatilgan kon`yunktura darajasiga qaraganda
yuqoriligi bilan farqlanganligi sababli, iqtisodiyotda davlatning antisiklik nazorati 
natijasi sifatida talqin etilgan. Ammo 1960-yillar oxirida kuzatilgan uzoq muddatli 
1980-yillarning boshigacha kuzatilgan 
qulash, 
ko`pchilik 
iqtisodchilarni 
Kondrat`ev sikli haqida eslashga majbur qildi. Ammo, yirik sikllar nazariyasi 
ishlab chiqarilishini tugatish jarayoni hanuz yagona natijaga olib kelmagan. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling