Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


-rasm. Monopolistik raqobatchilik bozorida narx shakllanish jarayoni


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169
17.1.1-rasm. Monopolistik raqobatchilik bozorida narx shakllanish jarayoni 
DD` - talab chizig`i va CC` - taklif chizig`i kesishish nuqtasida P hajmiga 
teng narxni shakllantirib, bu narx raqobatchilik bozorida shakllanadi. DD` chizig`i 
Shu bilan birgalikda sotuvchining mo„ayyan sotish hajmlari sharoitidagi o`rtacha 
daromadini aks ettiradi.
dd` chizig`i sotuvchining maksimal darajadagi daromadini anglatadi, ya`ni 
mo„ayyan tovar birligi sotilish darajasi oshishida, daromad o`sishidagi 
o`zgarishlarni. Mazkur chiziq, o`rtacha daromad chizig`iga nisbatan keskinroq 
darajada pastga qarab yo`naltirilgan (talab chizig`i). 
Monopolistik raqobatchilik sharoitlarida, sotuvchi maksimal daromadga qarab 
harakat qiladi va xarajatlar chizig`i va maksimal daromad chizig`i kesishish 
nuqtasiga muvofiq sotish hajmlarini belgilaydi (SS` taklif chizig`i bilan mos 
bo`lgan), ya`ni Q` darajasiga erishishga harakat qiladi, sotishning bunday hajmlari 
sharoitida narx P` darajasida belgilanadi, ya`ni mukammal raqobatchilik 
sharoitlariga nisbatan yuqoriroq bo`ladi (P`>P), ishlab chiqarish hajmi esa pastroq 
darajada belgilanadi (Q>Q`). 
Monopolistik raqobatchilik sharoitlari tadqiqoti asosida E. Chemberlin 
zamonaviy iqtisodiyotda yuqori darajadagi ishsizlikka tushuntirish beradi. Uning 
fikricha differentsiatsiyalashgan tovarlar bozorida ishlab chiqarish hajmlari pastroq 
darajada belgilanishi, erkin bozor sharoitlariga nisbatan pastroq darajada 
belgilanishi sababli, ularning past darajada ishlab chiqarilishi yuz beradi, demak 
ishlab - chiqarish quvvatlari to`la hajmda ishlamaydi. Bunday ishlab chiqarish 
ishchi kuchiga nisbatan pastroq talab darajasiga ega bo`lib, bu holat ishsizlikni 
keltirib chiqaradi. Demak past darajadagi bandlik sababi, zamonaviy bozordagi 
raqobatchilik hodisasidir. 


148 
Mo`tadil bozor holati uchun, E.Chemberlin ishlab chiqaruvchilar 
monopolistik harakatlarini cheklovchi choralar tizimini kiritishni taklif etgan. 
Umuman olganda, uning ta`kidlashicha, zamonaviy yuqori darajadagi ishsizlik 
tovar differentsiatsiyasi uchun to`lov bo`lib, bu holat o`z navbatida xaridorlar 
daromadlari va tablari farqi o`sishi uchun javob beradi. 
Dj.Robinson 
nomukammal 
raqobatchilik 
nazariyasi. 
1933-yilda 
E. 
Chemberlin kitobi bilan qatorda ingliz iqtisodchisi Djoan Robinsonning (1903-
1983) «Nomukammal raqobatchilik iqtisodiy nazariyasi» nomli kitobi ham nashr 
etilgan. E. Chemberlin kabi, Dj. Robinson ham, E. Chemberlin tadqiqotlaridan 
mutlaqo mustaqil ravishda o`z asari doirasida bozordagi monopolistik hodisani 
tadqiq etib, bu holatni mahsulot differentsiatsiyasi keltirib chiqarganligini 
ta`kidlagan. Nima bo`lganida ham, uning nazariyasi, qator farqlarga ega bo`lgan, 
jumladan, ishsizlik yuqori darajasi sabablari baholanishi doirasida. Birinchidan Dj. 
Robinson, bozordagi monopolistik holatni nafaqat tovar differentsiatsiyasi bilan, 
balki ishlab chiqarish kontsentratsiyasi bilan bog`lab, bu holat E. Chemberlin 
nazariyasi umuman hisobga olinmaganligidan dalolat beradi. 
Birinchidan, u monopolist firmalar tomonidan qo`llaniladigan narx 
diskriminatsiyasi uslubini tadqiq etgan. Monopolistik bozorda talab past darajadagi 
elastiklikka ega bo`lganligi sababli, ishlab chiqaruvchi bozorni segmentlarga 
bo`lish imkoniyatiga ega bo`ladi. Buning oqibatida esa, har - bir ajratilgan segment 
uchun alohida belgilab, bu narx unga maksimal darajadagi daromad olish 
imkoniyatini yaratadi. Narx diskriminatsiyasini dj. Robinson tomonidan 
belgilangan narx diskriminatsiyasi asosiy qoidasi, eng yuqori narx talab elastikligi 
past darajada bo`lgan nuqtada, eng past narx esa, elastiklik darajasi absolyut 
ko`rinishga ega bo`lgan nuqtada belgilanadi. 
Bozor maydon jihatidan ham segmentlarga bo`linishi mumkin, masalan, ichki 
bozorda yuqori narxlar belgilanishi, tashqi bozorda esa past narxlar belgilanadi. 
Bozor sotuvchi tomonidan xaridor daromad darajasi bo`yicha ham bo`linadi. 
Bunday diskriminatsiyani tushuntirish uchun Dj.Robinson «kuchli va kuchsiz 
bozor» atamalaridan foydalanadi. Kuchli bozor, bu jamiyatning nisbatan to`q 
a`zolari xaridor bo`lgan bozor bo`lib, ular tovar uchun yuqori narxlarni to`lash 
imkoniyatiga ega. Kuchsiz bozor esa, past darajadagi daromadlarga ega xaridorlar 
bozoridir. Buni hisobga olgan holda, ishlab chiqaruvchi avvalo o`z tovarini yuqori 
narxlarda sotib, kuchli bozor tovarga to`yingandan keyin, uning narxini pasaytira 
borib, bozorlarda taklif qilish imkoniyatiga ega. 
Uchinchidan, Dj. Robinson aksil monopoliya holatini ham ko`rib chiqgan, ya`ni 
bozorda ko`plab sotuvchilar mavjud bo`lib, faqatgina bir xaridor ularning tovariga 
ehtiyojmand bo`ladi. Bozorning bunday holati, monopsoniya deb atalib, ishlab 
chiqarish omillari, xususan ishchi kuchi bozoriga xosdir. Monopsoniya 


149 
sharoitlarida xaridor monopoliya hukmronligiga ega bo`lib, sotuvchi monopoliya 
sharoitlarida o`rtacha emas, yuqori darajadagi daromadlarga tayanishi kabi, 
monopsonist ham xarid hajmi belgilanishida o`rtacha emas, maksimal xarajat 
hajmlariga tayanadi. Maksimal xarajat chizig`i AS o`rtacha xarajat chizig`i 
egriligiga nisbatan kuchliroq egilishga egaligi sababli xarid hajmi erkin 
raqobatchilikka nisbatan pastroq darajada belgilanadi (Q`
MC 

AC 



P` 
D` 

Q` 


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling