Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
16.2. Kapital nazariyasi Daromadlarni diskontlashtirish uslubi. XX asrning 20-30- yillari davrida, kapital nazariyasida muhim o`zgarishlar yuz berdi. Shu sababli amerikalik iqtisodchi Irvin Fisherning (1867-1947) asari alohida e`tiborga sazovordir. Mazkur asar «Kapital va daromad» deb nomlanib, u 1906 yilda nashr etilgan. Uning 140 nazariyasi, tovarlar zahirasi va mazkur tovarlardan xizmat oqimi tushunchalarining ajratilishiga asoslangan. Bunday chegaralash, mazkur iqtisodchining kapital nazariyasi rivojlanishiga qo`shgan katta hissasi hisoblanadi. I. Fisher, daromadni kapitaldan «unga egalikni ta`minlab beruvchi xizmatlar oqimi summasi sifatida baholashni taklif etgan». Shunday qilib, kapitalning tannarxi ham belgilanadi. U daromadlar (xizmatlar) narxiga teng bo`lib, ularni mazkur kapitalga egalik qilgan holda olish mumkin bo`ladi. Bunday yondashuv, kapital qo`llanilishi turli ko`rinishlarini baholash haqidagi masalani ko`ndalang qo`ygan. Har - bir kapital uchun, uning qo`llanilishi borasidagi variantlar imkoniyatlarining alohida spektri mavjud. Bu variantlar, kapitaldan turli xizmatlar oqimini ta`minlaydi. Mazkur xizmatlar daromadliligini hisoblash, u yoki bu investitsiya daromadlilik darajasini taqqoslash imkoniyatini beradi. Bunda, investitsiya kiritish va daromad olish orasidagi turli vaqtinchalik lagalarni ham hisobga olish zarur. Mazkur omilni hisobga olish uchun, I. Fisher Yangi uslubni ishlab chiqarib, unga “diskonlashtirish” nomini berdi. Diskontlashtirish uslubining mohiyati quyidagicha. Kapitalga ijobiy foiz stavkasi mavjud bo`lgan sharoitlarda (R), hozirgi kunda mavjud bo`lgan kapitalning yuz birligi, kelajakdagi kapitalning yuz (1++R) birligiga teng bo`ladi, ya`ni kiritilgan kapital miqdori + undan olinadigan foiz miqdori. Aksincha, agarda kelajakda yuz daromad birligi olinish taxmin qilinayotgan bo`lsa, bu daromad 100/(1+R) daromad birligiga teng bo`ladi. Kelajakda kapital investitsiyadan olinadigan daromadlarni baholash uchun, vaqtning turli davrlarida uni diskontlashtirilishini amalga oshirish zarur, ya`ni ularni hozirgi davr daromadlari formasida ko`rsatib, summalashtirish kerak. T y i I = ∑ I=I (1+r) i bu erda i =2, …, T; Yi I - davridagi daromad; T - daromad olinishi umumiy davridir. Mazkur formula asosida, kapitaldan olinadigan kelajak daromadlarini hozirgi davr kattaliklarida ko`rsatib, uni baholash va kapital investitsiyasi turli variantlarida rentabellikni baholash va taqqoslash mumkin bo`ladi. Noaniqlik va tadbirkorlik nazariyasi. Nekolassik nazariyasi Yangi elementlaridan yana biri alohida daromad turi sifatida tadbirkorlik daromadini ajratish bo`lib, o`sha davrlarda bu daromad kapitaldan olinadigan daromad bilan bog`liq bo`lmay, noaniqlik sharoitlaridagi harakatlar natijasi deb hisoblangan. Noaniqlik omilining ajratilishi esa, o`sha davrlarda muhim tahliliy Yangilik bo`ldi. Keyingi davrlarda u mustaqil ravishda, kutish nazariyasi doirasida rivojlanib 141 (Stokgol`m maktabi, keyinchalik), iqtisodiy muvozanat va inson ratsional harakatlari printsipini talqin etuvchi kontseptsiyalarda o`z aksini topdi. Mazkur nazariyani rivojlanishiga katta hissani amerikalik iqtisodchisi, Frenk Nayt (1895-1973) qo`shdi. Ta`kidlab o`tish joizki, undan oldin bu g`oyalar Irlandiyalik Richard Kantil`on (1680-1734) va nemis iqtisodchisi Iogann Genrix fon Tyunen (1783-1850) tomonidan tilga olingan. Ilk marotaba R. Kantil`on tadbirkorlik tushunchasini kiritib, tadbirkorlik daromadini noaniqlik sharoitlarida mo„ayyan harakatlar uchun olingan to`lov deb talqin qilgan. I. Tyunenning hissasi Shundaki, u ilk marotaba, tavakkalni aniq va noaniq turlarga bo`lib, tadbirkor daromadini tavakkalning ikkinchi ko`rinishdagi turi bilan bog`lagan. F. Nayt o`zining «Tavakkal noaniqligi va daromad» (1921) nomli asarida ham, tavakkalning ikki turlari orasidagi chegaralanishni qo`llab kutilmagan tavakkalni noaniqlik deb atagan. Kutilgan tavakkal, baholanish va sug`rta qilish imkoniyati mavjud bo`lgan omadsizlikning hisobga olingan darajasi bo`lsa, noaniqlik, yaqin kelajak haqidagi mo„ayyan axborotning mavjudsizligi bo`lib, bu noaniqlik sug`urtalanishi mumkin emas. F. Nayt fikricha, tadbirkorning daromadi, noaniqlik sharoitlaridagi harakatlari uchun to`lovdir. Bunday daromad, ishlab chiqarishga qilingan harakatlar hajmi yoki texnologiyalar darajasi bilan bog`liq emas, u to`laligicha iqtisodiy imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, bu imkoniyatlar ratsional hisob - kitob bilan bog`liq emas, zero noaniqlik sharoitlarida bunday hisob - kitoblar imkoniyati printsipial ravishda zarur axborot mavjud emasligi sababli imkonsizdir. F. Nayt nazariyasi neomumtoz yo`nalish doirasidagi iqtisodiy agentlar harakatlari muhim belgilovchisi sifatida harakat noratsionalligi va axborot vakuumi, noaniqlik tushunchasini kiritgan birinchi g`oya bo`ldi. Mazkur nazariyaning yana bir e`tiborli tomoni Shundaki, Dj. B. Klark, A. Marshall va Dj. Xiks nazariyalaridan farqli o`laroq, u iqtisodiyot statsionar holatidagi daromad mavjudligini ya`ni muvozanat nuqtasini ko`zda tutadi. Keyingi davrlarda, tadbirkorlik g`oyalari rivojlanishiga katta hissani avstriyalik iqtisodchi Yozef Shumpeter (1883-1950) kiritdi. Xususan, o`zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1912), keyinroq esa 1942 yillarda mazkur g`oyasini u «Kapitalizm, sotsializm va demokratiya») asarida ham tilga olgan edi. U o`z zimmasiga tadbirkorlik kombinatsiyalarini Yangidan realizatsiya etish bo`yicha zimmasiga katta tavakkalni olgan. Bunda mazkur harakatlar aniq hisob - kitoblarga emas, aksincha hisoblar tavakkal qilish imkoniyatini bermasligi haqidagi fikrga asoslangan. Shumpeterning daromad tushunchasi F.Nayt fikri kabi, aynan tadbirkor harakatlari bilan bog`liq. Faqatgina mazkur daromad manbai boshqacha tarzda interpretatsiya qilingan. Shumpeterning fikricha, tadbirkor olishi mumkin bo`lgan o`ta yuqori daromad, Yangi uslub qo`llanilishi uchun monopoliya narxidir. Yangi yo`nalish keng tarqalgani sayin, tadbirkorning 142 monopoliya holati buziladi va uning daromad darajasi to`la yo`qolmaguncha pasayib boradi. Qiymat nazariyasi. Neomumtoz qiymat nazariyasi, biz ko`rib chiqayotgan davrda deyarli o`zgarmadi. Umuman olganda, Irvin Fisher o`zining «Qiymatning xarid kuchi» (1911) asarida aytib o`tgan formasida, miqdoriy darajada saqlanib qolib, dominant g`oya sifatida uzoq muddat qo`llanilgan. I. Fisherning mumtoz formulasi, aylanmadagi mablag` miqdori va bir tomondan uning aylanishi, va boshqa tomondan narx ko`rinishida tovar oldi - sotdi aktlari miqdori (transaktsiya) bilan bog`liklik ko`rinishida belgilanadi. MV+M` V` = PT Bunda katta M – aylanmadagi naqd mablag` summasi; V - ularning aylanish tezligi; M` - chek hisoblaridagi mablag` summasi; V` - mazkur mablag`lar aylanish tezligi; P – narxlar o`rtacha hisoblangan darajasi; T - transaktsiyalar hajmi. I. Fisher tenglamasida, so`z barcha transaktsiyalar amalga oshirilishi uchun iqtisodiyot talablariga muvofiq bo`ladigan mablag` takliflari haqida ketadi. Shu sababli mazkur tenglama, neomumtoz nazariya makroiqtisodiy elementlaridan biri bo`ldi. 1921 yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz va keyingi depressiya iqtisodchilarni narxlarning ishlab chiqarish siklik to`lqinlanishi orasidagi bog`liqlikka e`tiborni qaratishga majbur qilib, narxlar umumiy darajasi haqidagi tezisni Shubha ostiga olishga majbur qildi. Qiymatning miqdoriy nazariyasini qayta ko`rish harakatlarini frantsuz iqtisodchisi Al`ber Aftal`on (1874-1956)amalga oshirdi. 1927 yilda, uning «Zamonaviy dunyo mablag` qadri» deb nomlangan kitobi nashr etilib, unda muallif 1914 - 1920 yillar davomida mablag` massasi aylanmasi va mablag` xarid imkoniyati orasidagi bog`liqlik kuzatilmaganligini aytib o`tgan. Nima bo`lganida ham, u nazariyaning asosiy holatlaridan voz kechmasdan, uni psixologik omili asosida modifikatsiya etishni taklif qilgan, ya`ni mablag` maksimal foydaliligini sub`ektiv baholash asosida. Bu holat, tabiiyki, mablag` miqdori oshishini sekinlashtirishi kerak edi. 1920 yillarda, kassa qoldiqlari yoki mablag` miqdoriy nazariyasining kembridj ko`rinishi paydo bo`ldi. U A.Marshall tomonidan taklif etilib, keyingi davrlarda A. Pigu tomonidan «Qiymat va narx» maqolasida to`liq tahlil etilgan (1917). Keyingi davrlarda qiymat nazariyasi mazkur variantini Keynschilar qo`llashgan. Qiymat miqdoriy nazariyasining Kembridj varianti mumtoz nazariyaning o`zgartirilgan varianti bo`lib, unda mikroiqtisodiy fikrlar namoyon bo`lgan. uning talqin etishicha, muhimi, barcha almashinuv operatsiyalar realizatsiyasi uchun iqtisodiyotga zarur bo`lgan mablag` miqdori emas balki transaktsiyalarni amalga oshirish uchun individlar egalik qilishni hohlagan mablag` miqdori ilgari surilgan. Demak, qiymat harakati umumiy miqdor bilan emas, 143 individlar tomonidan qiymatga nisbatan talab tahlil etiladi. Nazariyaning bunday varianti, talab darajasiga ta`sir etuvchi sub`ektiv omillar tahlili uchun yo`l ochib beradi. Masalan, likvidlik hajmi, qiymat spekulyativ talabi, bu holatlar, keyinchalik Dj. M. Keyns tomonidan o`z nazariyasi doirasida ko`rib chiqilgan edi. Kembridj tenglamasi quyidagicha ko`rinishga ega. M=kPY Unda, mablag`ga nisbatan talab, transaktsiya hajmi bilan emas, nominal ko`rinishidagi P (PY) daromadlar darajasi (Y) bilan belgilanadi. Ta`kidlanishicha, mablag` miqdori, individ nominal daromadining doimiy ulushini tashkil etib, bu holat lotincha K. - koeffitsientida aks etadi. Bu individ likvid formada saqlashni istagan daromad ulushidir. Qiymat miqdoriy nazariyasi, 1921 yilda boshlangan urushdan keyingi inqiroz sharoitlarida iqtisodiy siyosat yuritilishi bo`yicha neomumtoz tavsiyalarga asoslangan. Mazkur siyosat mohiyati, narxlarni barqaror etish maqsadida hukumatning moliya - kredit sohasiga aralashishidir. Mazkur masalada, ayniqsa faol pozitsiyani I. Fisher egalladi. «Dollar stabilizatsiyasi» kitobida (1921), u dollar mohiyatini belgilab beruvchi oltin zahirasini narxlar umumiy darajasi o`zgarishiga muvofiq o`zgartirishni taklif qildi. Narxlar oshganda, pul birligi asosidagi oltin zahirasini oshirish kerak edi. Narxlar pasaygan davrda, aylanmada mavjud bo`lgan mablag` miqdorini banklarda qo`shimcha rezervlar taqdim etish vositasida oshirish lozim edi. Bunday choralar, narxlar oshishiga olib kelib, demakki, sanoat daromadlilik darajasi oshishi va inqirozdan chiqish yo`llari topilishini ko`zda tutar edi. 1920-yillarda, qiymatni miqdoriy nazariyasiga nisbatan radikal tanqidlar ham yuzaga keldi. Mazkur tanqid amerikalik institutsionalist U. Mitchell tomonidan ilgari surilib, uning ta`kidlashicha, narx darajasi va qiymatga nisbatan talab, umum qabul qilingan iqtisodiy ko`rsatkichlarga bog`liq emas, aksincha, ular mablag`ga nisbatan talabni shakllantiruvchi individlar harakatlari motivlariga institutsional ravishda asoslangan murakkab munosabatlarga egadir. Qiymatni al`ternativ nazariyasini avstriyalik iqtisodchilar ham ilgari surishgan. Xususan F. Xayek o`zining «Qiymat nazariyasi va savdo sikli» (1933) asarida, an`anaviy nazariya, iqtisodiyotda qiymat Yangi massalarining notekis taqsimlanish faktini tan olinmasligini ko`rsatib o`tgan. Bu holat, disproportsiya va yolg`on bozor signallari yuzaga kelishiga olib keladi. Mazkur g`oya, sekin harakatlanuvchi inflyatsiya haqidagi YUm nazariyasiga o`xshash bo`lib, Kantil`on g`oyalarini takrorlagan; to`g`ri, YUm qiymat notekis taqsimlanishi faktini ijobiy baholagan, bundan avstriyalik iqtisodchilar xususan L. fon Mizes, mumtoz qiymat nazariyasi, naqdsiz hisob - kitob mavjudligini hisobga olmagan, ya`ni banklardagi hisob 144 raqamlari hajmini, vaholanki ular ham mablag` funktsiyasini bajarib, ularning hajmi umumiy narxlar hajmiga ta`sir etadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling