Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat uchun savollar: 1. XX asr 20-30-yillari iqtisodiyotining farqli tomonlarini sanab bering. 2. Iqtisodiyot fanida XX asrning 20-30-yillarida mavjud bo`lgan asosiy yo`nalish va maktablarni sanab o`ting. 3. XX asr 30-yillari oxiriga kelib marjinalizm yo`nalishi doirasida yuz bergan asosiy o`zgarishlarni sanab bering. 4. Stokgol`m maktabi iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishiga qanday hissa qo`shdi. 5. Mazkur davr institutsional yo`nalishi rivojlanishi asosiy xususiyatlari qanday? 6. Keyns davlat nazorati kontseptsiyasidan va mumtoz liberalizmning neoliberalizmdan nimasi bilan farq qiladi? Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. История экономики: Учебник / Под ред. О.Д. Кузнецовой и И.Н. Шапкина. М.: ИНФРА – М, 2002. 2. Камерон Р. Краткая экономическая история мира от палеолита до наших дней. М.: РОССПЕН, 2001. 3. История экономических учений. Ч- II. / Под ред. А.Г. Худокормова. М., 1994. 4. Блюмин И.Г. Критика буржуазной политической экономии. Т.- III. М., 1962. 137 XVI-BOB. NEOMUMTOZ YO`NALISHINING RIVOJLANISHI 16.1. Kardinalistik yondashuvdan ordinalistik yondashuvga o`tish XIX asrning so`nggi davrida iqtisodiyot fanida yuz bergan marjinalistik inqilob, neomumtoz yo`nalish rivojlanishi uchun kuchli turtki bo`ldi. Iqtisodiyotda Yangi matematik apparatning tadbiq etilishi, ko`plab kontseptsiyalar rivojlanishiga olib keldi. Iqtisodiy nazariya, deyarli Yangi mazmunda boshqatdan yozib chiqildi. Uning asosini esa grafik va tahliliy ko`rinishdagi maksimal tahlili bo`ldi. Bu holat, mumtoz nazariya echa olmagan bir qator muammolar echilishi imkoniyatini, hamda iqtisodiy qonuniyatlarning keyingi unifikatsiyasining imkoniyatini berdi. Xususan, maksimal foydalilik printsipini tadbiq etilishi, narxga ta`sir etuvchi ikki omil tushunchasini yani, kam uchrashlik va predmet foydaliligi bir tushunchaga birlashtirish imkoniyatini berdi, bu holat suv va brilliantlar haqidagi paradoksni echib berdi. Qiymatning Yangi talqini, nisbatan to`laroq edi, zero tarkibiga kam uchraydigan tovarlar tahlilini olib, ular qiymatning mehnat nazariyasi doirasida bundan oldin ko`rib chiqilmagan edi (Rikardo). Ammo marjinalistik inqilob davomida, o`z echimini talab etayotgan qator Yangi masalalar ham yuzaga keldi. Xususan, maksimal darajadagi foydalalikka asoslangan Yangi usul, o`z sub`ektivizmi bilan farq qilar, Chunki barcha asosiy iqtisodiy toifalar tovar foydaliligi individual baholanishidan kelib chiqgan edi. Bunday yondashuv, aniq iqtisodiy vazifalar echilishiga o`tishga qator muammolarni yaratar edi. Xususiy iste`molchilik istaklari, o`zining sub`ektiv tavsifi sababli, aniqlanishi murakkab bo`lib, aynan Shu sababli ularni miqdoriy ravishda baholash imkoniyati yo`q. Buni tushungan holda, iqtisodchilar, maksimal foydalilik nazariyasi sub`ektivizmini echishning asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqishdi. Sub`ektivizm masalalarini echishdagi asosiy holat, foydalalikning kardinalistik talqinidan, ordinalistik talqiniga o`tish bo`ldi. Kardinalistik yondashuv deb, marjinalistik inqilob birinchi bosqichida qo`llanilgan yondashuvga aytiladi. U absolyut ko`rinishdagi har - bir alohida tovar iste`molchilik foydaliligining miqdoriy bahosini nazarda tutadi. Masalan, U. Djevons foydalilik darajasini baholashda «utili birligi» atamasini kiritgan. Ordinalistik yondashuv al`ternativ varianti bo`lib, uning doirasida, boshqa tovarlarga nisbatan tovar yoki tovarlar guruhining qaysi biri iste`molchi uchun istalganligini aniqlash etarli deb hisoblanadi. Mazkur yondashuvni qo`llanilishi, bozordagi tovarlar mutanosibligi yoki almashinuvi mexanizmi tahlili uchun farqsizlik chiziqlarini kiritish imkoniyatini berdi. Ilk marotaba mazkur chiziqlarni ingliz iqtisodchisi Frensis 138 Edjuort (1845-1926) kiritgan. Uning o`zi foydalalikning miqdoriy hisobi imkoniyatiga asoslangan. Yangi ordinalistik uslub yaratilishi uchun, mazkur chiziqlarni ilk marotaba Vil`fredo Pareto qo`llagan. Aynan uning siyosiy iqtisodiyot darsligida, ordinalistik foydalilik kontseptsiyasi o`z ko`rinishiga ega bo`ldi. Yangi yondashuv rivojlanishiga katta hissa qo`shgan iqtisodchilardan biri Djon R. Xiks (1904-1989) bo`ldi. Uning «Tannarx va kapital» (1939) asarida, ordinalizm iqtisodiy nazariyadan ustun kelishi tilga olingan. Dj.Xiks tomonidan farqsizlik chiziqlarining yangi interpretatsiyasi kiritildi. U mazkur chiziqlarni tovar foydaliligi sub`ektiv baholanishiga asoslanib emas, bir tovarning boshqa tovarga nisbatan maqbul ko`rilishi empirik faktlari asosida, qurilishini taklif qilgan. Buning uchun, eng maqbul xarid tuzilishi, tahlil etilgan. Xaridor tanlovi, bir tovarning boshqa tovarga nisbatan ko`proq maqbul ko`rilishi akti sifatida talqin etilgan. Endilikda foydalilik maksimal darajasi kamayishi fakti, bir tovardan boshqa tovar foydasiga voz kechishda aks etar edi. Buning natijasida, tovar maksimal foydalilik tushunchasi Dj.Xiks tomonidan ikki tovar o`rin almashish maksimal normasi toifasiga kiritildi. U endilikda, foydalilik absolyut darajasi o`lchanishini talab etmas edi. Demak, ikki tovar o`rin almashish maksimal pasayib borayotgan normasi tamoyili asosida tovar maksimal pasayayotgan foydalilik printsipi bilan almashtirildi. Foydalilikni tadqiq etish Yangi printsipi natijasida, tadqiqotchilik vazifasi ham o`zgardi. Endilikda, u yoki bu tovar foydalilik darajasini aniqlash zarurati yo`q edi. Tadqiqot markaziga, bir tovar foydasiga ikkinchi tovardan voz kechish va mazkur istakning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash masalasi qo`yildi, Shunday qilib, tahlilga ob`ektiv iqtisodiy toifalar kiritila boshlandi. Dj. Xiks o`z nazariyasining mazkur qismida rus iqtisodchisi Evgeniy Slutskiy asarlaridan foydalanib, Evgeniy Sluchkiy ingliz iqtisodchisi asarlaridan ancha oldin talab tahliliga nisbatan ob`ektivlashtirilgan yondashuvni taklif qilgan edi. U o`z e`tiborini, tovar foydaliligi sub`ektiv baholanishi masalasiga bog`liqligini emas, tashqi omillar ta`sirini qo`yib, tashqi omillar, iste`molchilik istaklariga ta`sir ko`rsatishini aytib o`tgan edi. Xususan, o`zining «Iste`molchi balanslashtirilgan byudjeti nazariyasi» (1915) asarida, u narxlar va daromad darajasi o`zgarishida, iste`molchi harakatlari qay tarzda o`zgarishini tadqiq etgan edi. Shunday qilib, ob`ektiv iqtisodiy toifalarning o`zaro ta`siri, tadqiq etilib, buning asosida talab, va daromadlar olingan. Slutskiy asarlari mustaqil ravishda jahon iqtisodiy adabiyotiga keng tarqalmagan, zero bunga tarixiy hodisalar sabab bo` lib, aynan Xiks va uning tomonidan rus iqtisodchisi asarlariga tayanishi, mazkur g`oyalar tiklanishiga zamin yaratgan. 139 Boshqa ingliz iqtisodchisi Roy Dj. Allen (1906-1983) bilan birgalikda, Xiks Slutskiy yondashuvini rivojlantirdi. Olingan xulosalar, avvalo 1934 yilda nashr etilgan «YAna bir bora narx nazariyasi haqida» asarida aytib o`tilib, keyinchalik Dj. Xiks qalamiga mansub «Tannarx va kapital» asarida rivojlantirildi. Buning natijasida, tovarning ikki asosiy vazifasi funktsiyasi ajratildi – ya`ni almashinuv va daromad samaralari. Almashinuv samarali, narxlar o`zgarishi sababli tovarga nisbatan talab o`zgarishini bildirilib, bunda qay turdagi tovarlar ayniqsa yuqori darajada talab etilishi va boshqa tovarlarni bozordan siqib chiqarishi tushuntirilgan. Daromad samarali, iste`molchi daromadlari ortishi yoki pasayishi natijasida talab qay darajada o`zgarishini tushuntiradi. Birinchi kontseptsiya, ya`ni almashinuv samarali, maksimal darajadagi foydalilik mavjud nazariyasining modernizatsiyalashtirilgan varianti edi. Ikkinchisi, ya`ni daromadning talabga ta`sir etuvchi element sifatida ko`rib chiqilishi, neomumtoz nazariyadagi printsipial ravishdagi Yangi holat bo`ldi. Shu sababli, bu elementni to`liqroq ko`rib chiqamiz. Umuman olganda, daromad samarali, to`g`ridan - to`g`ri daromad va talab darajasiga bog`liq: daromadlar ortishi sayin, o`rtacha darajada tovarlarga talab ham oshadi. Daromad pasaygani sayin esa, tovarlarga nisbatan talab tushib ketadi. Mazkur umumiy qonuniyat bilan birgalikda, qator istisnolar mavjud. Ulardan ikkitasini keltiramiz. 1. Daromad miqdori oshib boishi bilan, arzon, yomon sifatga ega tovarlarga nisbatan talab pasayadi, Chunki individ iste`mol tuzilishi o`zgaradi. Katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo`lgan iste`molchi, yuqori sifatdagi tovarlarni sotib olishga moyil bo`ladi, va ular bundan oldin uning daromadlari uchun juda qimmat edi. Demakki, past darajadagi sifatga ega tovarlarga talab, bunday iste`molchi tomonidan qisqaradi. 2. Daromadlar pasayishi sayin, aholining kam daromadli qatlamlarida birinchi navbatdagi ehtiyojga ega tovarlarga nisbatan talab ortadi. Buning sababi, qimmatbaho tovarlar endilikda arzonroq tovarlar bilan almashtirilishidir. Masalan, kam ta`minlangan oila, oila byudjeti qisqarganida, nisbatan qimmat oziq - ovqat mahsulotlarini sotib olishdan voz kechadi va ularni eng arzon oziq-ovqat tovarlari bilan almashtiradi. Masalan, non bilan. Demakki daromad pasayishi, mazkur tovarga nisbatan, talab o`sishiga olib keladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling