Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 
1. Бейтон А., Долло К., Дре А.М., Казорла А. 25 ключевых книг по 
экономике. Челябинск, 1999. 
2. Веблен Т. Теория праздного класса. М., 1984. 
3. Всемирная история экономической мысли. Т. 2-4. М., 1988-1990. 
4. Зомбарт В. Буржуа. М., 1994. 
5. Кондратьев Н.Д. Проблемы экономической динамики. М., 1989. 
6. Селигмен Б. Основные течения современной экономической мысли. 
М., 1968. 
7. Тюган - Барановский М.И. периодические промышленные кризисы. М., 
1997. 
8. Хансен А. Экономические циклы и национальний доход // Классика 
кейнсианства: В 2 т. М., 1997. 
9. Шумпетер Й.А. История экономического анализа: В 3 т. СПб., 2001. 


129 
XV-BOB. NEOLIBERALIZM G„OYALARINING MOHIYATI VA 
AHAMIYATI 
 
15.1. XX asrda iqtisodiyot fanining rivojlanishi 
 
Davr tavsifi. XX asr 20-30- yillarida iqtisodiyotda bir qator o`zgarishlarni 
`o`lishiga sabab bo`ldi. Birinchidan, yirik kompaniyalar katta ahamiyatga ega 
bo`lib, ular bozorda monopol hukmronligiga erishishdi. Butun iqtisodiy zanjir 
bo`ylab yirik firmalarning harakati nazorat o`rnatishga ishlab chiqarishning 
boshlang`ich bosqichidan sotilishgacha tadbirkorlikning korporativ formalarining 
rivojlanishiga olib keldi. Yirik firmalar va uyushmalarning harakatdagi agentlari 
bo`lgan bozor, erkin raqobatchilik modeliga muvofiq bo`lmay qoldi va aynan Shu 
sharoitlarda neomumtoz nazariya ham rivojlana boshladi. 
Ikkinchidan, xo`jalik hayotida davlatning mavqei oshdi. Shuningdek, 
mazkur davr g`arb mamlakatlari urushdan keyingi rivojlanish davri hamdir. 
Urushlar davomida, davlatning bevosita iqtisodiyot ustidan nazorati kuchayadi. 
Bundan tashqari, qator tarixchilar fikricha, insoniyat tarixida ilk marotaba, mazkur 
urush davomida, g`alaba harbiy qo`mondonlar talantiga emas, mamlkatlar iqtisodiy 
kuchiga, hukumatlarning ishlab chiqarish resurslarini akkumulyatsiya qilish va 
ularni armiya ehtiyojlariga yo`naltirishiga bog`liq bo`ldi. Mazkur maqsadda 
urushda qatnashayotgan mamlakatlarda, ishlab chiqarish va narxlar ustidan nazorat 
tizimi o`rnatilib, hukumatning ishlab chiqarish jarayonidagi to`g`ridan - to`g`ri 
qatnashishi kengaydi. Urushda qatnashayotgan ko`plab Evropa mamlakatlari 
iqtisodiyotidagi davlat xarajatlari ulushi, 50%dan ortib ketdi. Urushdan so`ng, 
hukumatning iqtisodiyotga aralashish hajmlari qisqardi, ammo davlatning 
iqtisodiyotni tiklash dasturlari saqlanib qolindi.
Shu bilan birgalikda birinchi jahon urushidan so`ng Evropa mamlakatlarida 
siyosiy tizim ham o`zgarishiga sabab bo`ldi. Rossiyada inqilob natijasida, 
sotsialistik davlatchilik shakllanib, u davlatning hukmronligiga asoslandi. 1930- 
yilga kelib esa, bu holat direktiv rejalashtirish formasini ham qabul qildi. Shu 
davrning o`zida, Germaniya, Italiya va Ispaniyada fashistik diktatura hukmronligi 
qaror topib, ular iqtisodiyot korporativ tashkillashtirilishi va davlat nazoratiga 
asoslangan bu holat bozorda xususiy mulk saqlanib qolingan taqdirdagina imkoni 
mavjud edi. 
Ko`rib chiqilayotgan davrning yana bir jihati, 1929-1933- yillar davomida 
kuzatilgan inqirozdir. O`zining shakllanish davri bo`yicha u siklik bo`lib, mazmun-
mohiyati va davomiyligi bo`yicha boshqa inqirozlardan farq qildi. 1929-yil kuzida 
fond bozori inqirozga yuz tutishi, bankrotlik to`lqini, mamlakatning oltin 
standartidan voz kechishi, va valyuta kurslari o`zgarishi, narxlar tushib ketishi, 
jahon bozori hajmlari qisqarishi, ishlab - chiqarish, bandlik, daromadlar darajasi 


130 
qisqarishi, bularning barchasi 1930-yil boshida ko`plab g`arb mamlkatlari 
iqtisodiyoti yuz tutgan chuqur iqtisodiy qulashning asosiy qismlari edi. Mustaqil 
ravishda bozor mexanizimining yuzaga kelgan muammolarni hal etishga qodir 
emasligi, ko`pchilik yetakchi davlatlar hukumatini global davlat nazorati tizimiga 
o`tishga majbur qildi (AQSHda F. Ruzvel`tning Yangi iqtisodiy siyosati kursi, 
Germaniyadagi natsistik iqtisodiy siyosat va boshqalar). 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling