2.
|
I. Fanning mazmuni.
Fanni oʻqitishdan maqsad –Mustaqillik davri oʻquv adabiyotlari sifatini yaxshilash, Keyingi davr nashr ishlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, nashriyot va matbaa ishlari koʻlamini yanada oshirish, insonlarga manzur boʻladigan kitob,gazeta-jurnal, darsliklar va shu kabi oʻquv hamda ma’naviy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar rivojiga hissa qoʻshish.
Fanning vazifasi – Noshirlik va matbaa ishlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun bilimli, yetuk, savodxon mutaxassislarni voyaga yetkazish. Noshir, muharrir, musahhih kabi vazifalarda faoliyat yurituvchi mutaxassislarni nafaqat bilim, saviya, tafakkur darajasini yuksaltirish, balki, ularning jamiyatga yuksak ma’naviyatli hamda milliy mafkurasi boy mutaxassislar sifatida etkazib berish.
II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
O‘zbek tilini o‘qitishning umumiy asoslari: Ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi mustaqil fan sifatida. O‘zbek tilini o‘qitishga doir yondoshuv va tamoyillar..
O‘zbek tilini o‘qitish metodlari tasnifi, turlari va mazmuni: O‘zbek tilini o‘qitish metodlari. O‘zbek tili darslarining tiplari. Til ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar.
Til ta’limida axborot kommunikatsiya texnologiyalari. Ona tili ta’limida rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi.
Ona tili ta’limi vositalari: Ona tili fani bo‘yicha uzluksiz ta’limning DTSlari va o‘quv dasturlari mazmuni. Kompetensiyaga yo‘naltirilgan ona tili o‘quv dasturi.
Uzluksiz ta’limning ona tili fanidan darsliklarning tuzilishi va mazmuni. Ona tili o‘qituvchisi faoliyatida qo‘llaniladigan hujjatlar.
Ona tili bo‘limlarini o‘qitish metodikasi: Fonetika bo‘limini o‘qitish metodikasi.
Grafika bo`limini o`qitish metodikasi. To`g`ri yozish qoidalari. So`zlarni xatosiz yozish malakasini oshirish. Xx va Hh harflarining imlosi.
|