6-mavzu. Jadidchilik davri adabiyotini o`qitish metodikasi. Jadidchilik namoyondalarining ilm-fanga qo`shgan hissasi. Jadidchilikning O`rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi. Jadidlar tomonidan kiritilgan yangiliklar. Mahmudxo`ja Behbudiyning jadidlarning otasi ekanligi. Jadidlar tomonidan maktab hayotini yaxshilashda olib borilgan pedagogik faoliyat. Jadidlarning matbuotda qilingan chiqishlari va uning xalq ommasiga ta`sirini ko`rsatishda turli vizual vositalardan foydalanish.
7-mavzu. 20-asr adabiyotini o`qitish metodikasi. Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Oybek, G`afur G`ulomlar hayotini o`rganishning metodikasi. Davr adabiy muhitini o`rganishda metodologik tamoyillar. Yozuvchilar ijodiy faoliyatini aks ettirishdagi pedagogik yondashuv. 20-asr adabiy muhitining jonli manzaralari. She`riyat dunyosi vakillarini o`rganishning ahamiyati.
8-mavzu. Jahon adabiyotini o`qitish metodikasi. Jahon adabiyoti namoyondalarini o`zbek adiblari bilan bog`liqlikda o`rganish. Jahon adabiyotining ilg`or vakillari. Jahon adabiy muhitining o`zbek adiblar ijodidagi ijobiy ta`siri, o`rganish obyektining o`zaro bog`liqligi. Metodik tamoyillarning adabiyotda aks etishi. Jahon sarguzasht adabiyoti. Jahon adiblarining asarlarining tarjimasi.
9-mavzu.Mumtoz adabiyotini o`qitish metodikasi. Mumtoz asarlarning o`quvchilar ongiga ta`sirini baholash. Mumtoz adabiyoti manbalari. Mumtoz adabiyotining vakillari. Tariqat vakillarining faoliyati. Naqshbandiya, yassaviya, kubroviya tariqati namoyondalari. Mumtoz adabiyotni o`rgatishda foydalaniladigan metodlar.
10-mavzu. Lirik asarlarni o`rganishda metodik tamoyillar. She`riy asarlarni o`rganishda turli visual texnologiyalardan foydalanish. Notiqlik san`ati. Ritorika. So`zlarni to`g`riqo`llash, ohang va badiiy uslub. Lirik asarlardagi hissiy ta`sirchanlik, uslubiy bo`yoqdorlik. G`azal janri. Xususiyatlari, o`ziga xosligi. Lirik qahramon masalasi.
11-mavzu. Navoiyshunoslik. Alisher Navoiy asarlarini o`rganishda metodik tamoyillarning qo`llanilishi. Alisher Navoiy hayoti. Navoiy asarlarining o`rganilishi. Alisher Navoiy-g`azal mulkining sultoni. Turkiy tilning rivojida Navoiy asarlarining ahamiyati va qo`shgan beqiyos hissasi. Alisher Navoiy asarlarida komil inson timsoli. ,,Xamsa” asari. Xamsanavislik. Xamsanavis ijodkorlar. Navoiy asarlarini o`rganishning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |