Samarqand davlat universiteti urgut filiali


VI. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)


Download 2.74 Mb.
bet6/8
Sana17.09.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1679912
1   2   3   4   5   6   7   8
3.

VI. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:
• ta’lim tizimida fanning mazmuni, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan metod va usullar asosida ta’lim samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonini tashkillashtirishning ilmiy-metodik asoslari, adabiyoti oʻqituvchisining pedagogik faoliyatini, oʻquv mashgʻulotlarini, kasbga yoʻnaltirib muammoli oʻqitishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qoʻllay olishidir
• mazkur oʻquv predmetining nazariy asoslarini, badiiy asarni tahlil qilish va baholash mezonlarini, Blum taksonomiyasi asosida fanining oʻqitish bosqichlarini belgilay olishi, oʻquvchilarining ogʻazki va yozma nutq malakalarini oʻstirishning shakl va usullarini, dars jarayoniga qoʻshimcha adabiyotlarni, yangi axborot hamda turli texnologiyalarni qoʻllay bilishi kerak;
• talaba ta’limning turli boshqichlarida mazkur fan yuzasidan namunali dars oʻtish, turli tadbirlarni oʻtkaza olish, zamon talabidagi darslarni tashkil qila olish malakalariga ega boʻlishlari kerak
• Boʻlajak oʻqituvchilar oʻquvchilarni badiiy asar qahramonlarining shaxsiy sifatlarini baholashga oʻrgatish jarayonini tashkil etish usullari, metodlarini, ularni mustaqil mulohaza yuritishga undash va muammolarning yechimiga ijodiy yondashishga oʻrgatish, mustaqil tarzda xulosalar chiqarishga, bunda ularning verbal-lingvistik intellektini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar tizimidan foydalanishga oʻrgatish metodikasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
• Boʻlajak oʻqituvchilarga badiiy adabiyotni oʻqib-oʻrganishning zamonaviy shakl va usullari haqidagi nazariy qarashlar hamda ularni amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik hamda metodik imkoniyatlarini koʻrsata olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
• Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘zbek tili ta’limi mazmuni, bu fanlarni o‘qitishda uning qismlari, boblariga xos xususiyatlarini tahlil qila olish, o‘zbek tili ta’limida an’anaviy va noan’anaviy dars shakllarini qo‘llash, o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan dars usullaridan foydalanish, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni aniq va maqsadli tashkil eta olish, o‘z shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish malakalariga ega bo‘lish kerak.


Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling