Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
-MAVZU: IJTIMOIY ISH KASBINING YO‘NALISHLARI
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ish kasbining yo‘nalishlari va mijozlari.
5-MAVZU: IJTIMOIY ISH KASBINING YO‘NALISHLARI.
IJTIMOIY ISHCHINING FUNKSIYALARI VA ROLLARI Reja: 5.1. Ijtimoiy ish kasbining yo‘nalishlari va mijozlari. 5.2. Ijtimoiy ishchining funksiyalari va rollari. 5.3. Ijtimoiy ishchining professional majburiyatlari. Ijtimoiy ish kasbining yo‘nalishlari va mijozlari. Ijtimoiy ish xodimining faoliyatida, ular kasbiy mehnat yo‘nalishlarining asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: -shaxslar, oilalar, guruhlar va hamjamiyatlarga yordam berish (ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy profilaktika); -zarur ijtimoiy muhofaza va aholini himoya qilish bo‘yicha turli davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda muassasalari faoliyatining integratsiyasiga ko‘maklashish; -ijtimoiy va psixoijtimoiy muammolarni o‘rganish; -aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari muammolarini hal qilish bo‘yicha ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bu dasturlarning samaradorligini baholash. Ijtimoiy ish qo‘llab-quvatlash, himoya qilish, tuzatish va reabilitatsiya qilish vositasida qiyinchiliklarni yengib o‘tishda ularga yordam beradi. Bu tashxis qo‘yish uchun yuborilgan huquqbuzarliklarni tuzatish va nazorat qilish bilan bog‘liq patronaj, ijtimoiy yordam, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy ta’lim faoliyatidir. Kasbiy faoliyat sifatida ijtimoiy ish uch soha yo‘nalishini o‘z ichiga qamrab oladi. Birinchidan, bu shaxsiy va oilaviy darajalardagi ijtimoiy terapiyadir. Ikkinchidan, bu turli tasnifdagi guruh bilan olib boriladigan ijtimoiy faoliyatdir. Va, uchinchidan, bu jamoada, yashash joyida olib boriladigan ijtimoiy faoliyatdir. Ijtimoiy ishning yo‘nalishlari haqida fikr yuritar ekanmiz, ta’kidlash joizki, ijtimoiy yordam va ko‘mak zarur bo‘lgan guruhlar yoshiga qarab bolalar, yoshlar, keksa fuqarolarga tasniflanishi mumkin. Yana bir yo‘nalish, gender, madaniy yoki o‘xshash ijtimoiy muammolar 73 bo‘yicha amalga oshiriladi. Jamiyatdagi diniy guruhlar, yolg‘iz ota- onalar, yakka onalar, otalar, sobiq alkogoliklar yoki giyohvandlar guruhlari. Ko‘p hollarda ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy illatga aylangan yoki jinoiy xususiyatga ega bo‘lgan guruhlardagilar-balog‘atga yetmasdan jinoyatchilik yo‘liga tortilgan, darbadarlik(sayoqlik), odam savdosi-fohishabozlik, jamiyatga qarshi yo‘nalishdagi guruhlar bilan ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy ijtimoiy ish turli-tuman ko‘rinishlarga ega bo‘lib bormoqda. Bular orasida ko‘p sonli bo‘lgan kasbiy guruhlarni, boshqaruv sohasidagi ijtimoiy soha xodimlarini, oila, bola tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ijtimoiy ishnning zamonaviy yo‘nalishlaridan, bu-shaxs va guruhlar bilan psixoterapivtik va ruhshunoslik usullarida ishlashga ixtisoslashgan ijtimoiy xodimlar: ijtimoiy xizmat agentliklari(masalan,xorijga ishga joylashtirish), go’daklar uylari, internat yoki tibbiy muassasalar tizimidagi ijtimoiy ish xodimlari, shunigdek, nogironlar bilan ishlaydigan mutaxassislar va bu hali ijtimoiy xodimlar kasbiy yo‘nalishlarining to‘liq ro‘yxati emas, uni yana to‘ldirish ham mumkin. Bugungi kunda faqat O‘zbekiston misolida aholini kabag‘allikdan olib chiqishda qancha ijtimoiy ishchilarning vazifalari o‘z yechimini kutmoqda. Xuddi shuningdek, ijimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolardan biri bu ushbu sohani respublikamizda davlat tomonidan tartibga soluvchi va bu borada tegishli muvofiqlashtirish vakolatlariga ega bo‘lgan yagona organning mavjud emasligidir 26 . Ijtimoiy ish kasbiining mijozlari deganda, bu aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, ko‘mak, yordam, xizmat ko‘rsatish va muhofazaga ehtiyojmand bo‘lgan odamlarga munosabat qilish zarurligi tushuniladi: - bolalar va yoshlar: ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, alohida ehtiyojli bolalar, OIT(ortirilgan immunitet tanqisligi) bilan azoblanayotgan bolalar, huquqiy xatar guruhidagi yoki qonun bilan 26 Вафоев У. Ижтимоий ҳимоя йўналишидаги бошқарувни такомиллаштириш қанчалик муҳим? // Ҳалқ сўзи, 2020 йил 26 май, №110 (7612). 74 nizoga kirgan bolalar, institutsional muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari, ixtisoslashtirilgan o‘quv va o‘quv-tarbiyaviy muassasalarning o‘quvchilari va bitiruvchilari, nazoratsiz qolgan bolalar, shafqatsiz yoki sovuqqon munosabatni boshidan kechirgan, zo‘ravonlikning guvohi bo‘lgan bolalar, trafik(odam savdosi, qullik), mehnatning eng yomon shakllari va barcha turdagi ekspluatatsiyaga tortilgan bolalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolardan azoblangan bolalar va boshqalar; - oilalar va ayollar – kam ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar, ota-onasidan biri yo‘q, to‘liq bo‘lmagan oilalar, a’zolarining birida OIT bo‘lgan oilalar, alohida ehtiyojli a’zosi bo‘lgan oilalar, krizis vaziyatidagi (oila a’zolaridan birining o‘limini, ajrashish, nizolar, uydagi zo‘ravonlik, ko‘chib o‘tishni boshidan kechirgan va h.k.) oilalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolar, texnogen o‘zgarishlar tufayli jabr tortgan oilalar, tutingan oilalar va oilaga bolalikka olinganlar; - nogironligi bo‘lgan odamlar va ularning oilalari; - ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj keksa va yoshi ulug‘ odamlar; - murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar; - ish, turar-joyini yo‘qotgan, yaqin insonining o‘limi yoki og‘ir kasalligini boshidan kechirgan, surunkali kasalliklari bo‘lgan odamlar va ehtiyojmand ijtmimoiy himoyaga zarur bo‘lganlar; - OIT bilan yashayotgan odamlar; - spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalarga tobeligi bo‘lgan odamlar; - penitensionar muassasalardan chiqqan va jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan, yopiq muassasalardan jazoni ijro etib qaytgan odamlar va hakazolar. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling