Samarqand davlat


Download 4.13 Mb.
bet38/50
Sana31.01.2024
Hajmi4.13 Mb.
#1828357
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
y=f(x) bog„liqlik




Model tenglamasi

Maqsadli funksiya

Kimyoviy-texnologik jarayonlar uchun iaqbullashtirish masalasi boshqariladigan chiquvchi x1, x2 , …xn o„zgaruvchilarning qiymatlarini topishdan iborat. Ular berilgan matematik modellarni qanoatlantiradigan hisoblash bosqichida qo„llaniladigan, ya‟ni quyidagi ko„rinishdagi tenglamalar sistemasi yoki bitta tenglama


y=f( x1, x2 , …xn) (8.1)
chiquvchi funksiya kattaligi qiymati bo„yicha berilgan natijaga erishishini ta‟minlash, masalan,
𝑦1 < 𝑦𝑡𝑎j𝑟 < 𝑦2 (8.2)
nulinchi funksiya S ning ekstremimumga mos kelishi, ya‟ni berilgan sohaning omili fazosida maqbullashtirish bosqichida, masalan, Ai dan Bi qiymatigacha qo„llaniladi, ya‟ni:
𝑆 = ƒ(𝑥1, 𝑥2, … 𝑥𝑛)
𝐴i < X1 < 𝐵1 … 𝐴𝑛 < X𝑛 < 𝐵𝑛 (8.3)
Bog„liq bo„lmagan va bog„liq bo„lgan o„zgaruvchilar maqbullashtirishning hisoblash bosqichida mos kelmasligi mumkin.
Ushbu o„quv qo„llanma doirasida hisoblash jarayonining 3 ta algoritm (harakatlar ketma-ketligi) qaraladi:

  1. Maqbullashtirish algoritmi.

  2. Statistik (yoki empirik, yoki ehtimoliy) modellardan foydalanib, modellash algoritmi.

  3. Fizik-kimyoviy (yoki nazariy yoki determinantli modellardan foydalanib, modellashtirish algoritmi.

Maqbullashtirish algoritmlaridan eng qisqasi 3 ta bosqichni o„z ichiga oladi:

  1. Maqbullashtirish masalasining qo„yilishi (ekspertli);

  2. Maqbul sharoitlarni topish (hisobli)

  3. Maqbullashtirish sharoitini amalga oshirish.

Maqbullashtirish masalasini qo„yilish sharoitining zarurligi maqsadning va maqbullashtirish ob‟ektining mavjudligidir. Maqbullashtirish samarasi va uni berilgan ob‟ekt uchun chegarasini hisobga olish imkoniyatini bog„liq bo„lmagan o„zgaruvchilarni varirlanadigan ko„rinishda maqbullashtirish manbalarining
mavjudligidir. Bundan tashqari, haqiqiy qiymatlar ekstremal funksiyani maqbullashtirishga ega, ya‟ni tanlangan maqbullashtirish mezonlari mos holdagi maqbullashtirish omillariga monotonmas bog„langan bo„lishi kerak.
Amaliyotda maqbullashtirish masalasining qo„yilish bosqichi mos keladigan matematik modelini yaratishni o„z ichiga oladi va quyidagi to„rtta vazifalarni yechishni nazarda tutadi:
maqbullashuvchanlik me’zoni (bog„liqli o„zgaruvchi), ya‟ni berilgan sharoitda ob‟ektning funksional sifatini to„liq ifodalaydigan parametr (yoki bir necha parametrlar);
maqbullashtirish me‟zoni bo„yicha chegaraviy shartlar, ya‟ni ya‟ni maqbullik me‟zoni kattaligining ta‟siriga bog„liq emasligini ta‟minlaydigan shartlarni qanoatlantiradigan miqdoriy shartlar; maqbullashtiriladigan omil (bog„liq bo„lmagan o„zgaruvchilar), ya‟ni ob‟ektni ifodalovchi va maqbullik me‟zonini kattaligini aniqlovchi boshqariladigan o„zgaruvchilar;
maqsadli funksiyaning ko„rinishi, ya‟ni maqbullik mezonining maqbullashtiruvchi omillariga bog„liqlikdagi ko„rinishi.
Maqbullik me‟zonini yanada samarali tanlash uchun berilgan masala doirasida jarayonning amaliy natijalariga kuchli ta‟sir etuvchi va ushbu natijani miqdoran ifodalovchi yagona harekteristkani tanlash zarur. Maqbullik me‟zoni sifatida elektron qurilmalar ishlab chiqarish bilan bog„liq bo„lgan asbob-uskunalarning texnik chiqish parametrlari yoki jarayonning iqtisodiy ko„rsatkichlari kelishi mumkin. Masalan, yarim o„tkazgichlar, integral sxemalar ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashda maqbullikning texnik me‟zonlari sifatida mikrosxemadagi tokning chiqib ketishi, dielektrik qulfning ostidagi halqa kuchlanishi, metall-oksid-yarim o„tkazgich (mop- strukturalar) strukturalarining ostona kuchlanishi, volt-amperli harakteristkalarning (VAX) o„tish egriligi va boshqa parametrlar qo„llanilishi mumkin.
Maqbullashtirish masalasi qator omillar bo„yicha tasniflanadi (8.2- jadval). Bu esa maqbullashtirishning yaqinlashuvi va usulini tizimlashtiradi.
8.2-jadval
Maqbullashtirish masalasini tasniflash

1. Ob‟ekt bo„yicha maqbullashtirish

Statik
(rejim o„rnatilgandagi jarayonni maqbullashtirish)

Dinamik
(rejim o„rnatilmagandagi jarayonni boshqarishni
maqbullashtirish)

2. Parametr bo„yicha maqbullashtirish

Strukturli (jarayon strukturalarini
maqbullashtirish)

Parametrli (jarayon parametrlarini
maqbullashtirish)

3. Sharoitlar bo„yicha maqbullashtirish

Shartli
(chegara bilan)

Shartsiz

4. Maqbullashtiruvchi omillarining soni bo„yicha

Bir o„lchamli

Ko„p o„lchamli

5. Maqbullashtirish me‟zonlari soni bo„yicha

bir me‟zonli

Bir me‟zonli

Amaldagi ishlab chiqarish texnologiyalarda ko„pincha dinamik, parametrli, shartli ko„p o„lchamli va bir me‟zonli maqbullashtirishga duch kelinadi.


XTJ ni maqbullashtirishda “chegara”ning paydo bo„lish sababli maqbullashtirish me‟zoniga ta‟sir etuvchi barcha omillarni miqdoriy hisobga olishning qiyinligi hamda maqbullashtiriladigan omillarning haqiqiy qiymatlari maydonida maqbullashtirishdir. Maqbullashtirishda chegara quyidagi me‟zonlar bo„yicha guruhlarga bo„linadi:

    • xom-ashyo va mahsulot miqdori va sifatini, texnologik shartlarini, iqtisodiy va ekologik talablarni hisobga oluvchi chegaralar;

    • quyidagi chegaralarni ichiga oluvchi matematik ko„rinish tenglik y


Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling