Samarqand davlat
Sistemalarni tavsiflashga ikkita yondashuv
Download 4.13 Mb.
|
Sistemalarni tavsiflashga ikkita yondashuv. Sistemaning hatti - harakatlarini tasvirlash nimani anglatadi? Uning hatti-harakatidan nimani tushunamiz? Sistemaga kirish omillarining o„zgarishi ta‟sir qiladi va sistema ularning o„zgarishlariga chiqish qiymatlarini o„zgartirish orqali javob beradi (sistemaning harakatlarga javoblari). Yozishlarni qisqartirish uchun biz "vektor" tushunchasidan foydalanamiz: vektor - bu tartiblangan qiymatlar ketma-ketligi (masalan, ma‟lum bir vaqtda sistemaning barcha omillari yoki barcha chiqishlari qiymatlari qator yoki ustunda yozilgan ketma-ketligi). Vektorlar (keyinchalik matritsalar) qalin harflar bilan belgilanadi. Demak, X omillarining vektori - tartibda yozilgan x1, x2, x3, ..., xn qiymatlari, bunda n - omillar soni. Keyin har qanday sistemada chiqishlar uchun matematik ifodaning eng umumiy ko„rinishi:
𝑦i = 𝐹i(𝑋, 𝑍), (1.8) bunda i − chiqish kattaligining tartib raqami; X - boshqariladigan omillar vektori; Z - boshqarib bo„lmaydigan omillar vektori. Lekin (1.8) tenglamadan foydalanish yoki hech bo„lmaganda uning shaklini o„rnatish mumkin emas. Z-ni boshqarib bo„lmagani uchun hatto funksiya argumentlarining ro„yxatini tuzish ham mumkin emas. Ko„pgina hollarda bu funksiyani ikkita tashkil etuvchiga: 𝐹i(𝑋) funksiya va 𝐹i() shovqinga ajratib, quyidagi ko„rinishda soddalashtirish mumkin: 𝑦i = 𝐹i(𝑋) + 𝐹i(). (1.9) U holda matematik tavsifni olish muammosi ikkiga bo„linadi, ya‟ni 𝐹i har bir bog„liqlikning ko„rinishini aniqlash va 𝐹i shovqinni baholash. Bular turli vazifalar. 𝐹i uchun analitik ifoda olinishi kerak, 𝐹i uchun esa tasodifiy o„zgaruvchida shovqin qanday chegaralarda va qanday ehtimollik bilan o„zgarishi mumkinligi baholanadi. Shovqinni baholash masalalari 2-bo„limda atroflicha beriladi, bu yerda esa jarayonlarning matematik modellarini tashkil etuvchi bog„liqliklarni ta‟riflashga yondashuvlar muhokama qilinadi. Ko„pincha 𝐹i funksiyalar to„plami matematik model deb ataladi: 𝑦i = 𝐹i(𝑋) (1.10) bunda ushbu bog„liqlik “haqiqiy”, shovqinning mavjudligi esa uni faqat buzadi deb faraz qilinadi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling