Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan
Download 140.45 Kb.
|
Kurs ishi. oybekjon.
Ildizmevalar. Ildizmevalarga sabzi, lavlagi, bryukva (sholg‘omsimon sabzavot), sholg‘om, turp, rediska, petrushka, pasternak, selderey va xrenlar kiradi. Ularning yo‘g‘onlashgan poyali ildiz qismi eyiladi. Unda o‘simlik o‘ziga ozuqa moddalari: anchagina qand, oqsil, mineral moddalar, kislota, A, V, S vitaminlari, efir moyi va boshqalarni to‘playdi.
Sabzi deyarli hamma joyda tarqalgan. U juda to‘yimli, unda taxminan 5 - 8% qand, mineral moddalar, kislotalar, B1, B2, S vitaminlari va ayniqsa, karotin ko‘p. U tabiiyligicha iste’mol qilinadi va sabzavot konservalari, sabzi suvi tayyorlashda va har xil issiq ovqatlarga ishlatiladi va quritiladi ham. Sabzining shakli yumaloq, tsilindrsimon, konussimon va dugsimon, rangiga ko‘ra och sariq, sarg‘ish-qo‘ng‘ir va qo‘ng‘ir (qo‘ng‘ir rangli ildizmevalar eng yaxshi hisoblanadi, chunki unda karotin ko‘p); sabzining sirti silliq va g‘adir-budur, o‘zagining katta-kichikligiga ko‘ra kichik, o‘rta va katta o‘zakli bo‘ladi (kichik o‘zakli nav yaxshi hisoblanadi; katta o‘zakli sabzi to‘qimalari dag‘alroq, suv va qandi kam bo‘ladi), sabzining eng yaxshi navlari: “Karotel”, “Geranda” va boshqalardir. Sara sabzi quruq, so‘limagan, kasallanmagan, butun, yorilmagan toza, hasharot tegmagan, shakli va o‘lchami bir xil, kamida 2 sm uzunlikdagi poyali bo‘lishi lozim; sabzining ko‘ndalang kesimi diametri 2,5-6,0 sm keladigan bo‘lishi kerak. Ildizmevalarning standartda belgilangan o‘lchamdan tashqari, yorilgan, qirqilgan, qing‘ir-qiyshiq shaklli, noto‘g‘ri qirqilgan poyali sabzilarni ishlatishga yo‘l qo‘yiladi, biroq bunday kamchilikli sabzi bir partiyada 5% dan oshmasligi lozim. Chirigan, dimiqqan, yaxlagan, begona ta’m va hidli ildiz mevalarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Lavlagining uch turi: ovqatbop, qand lavlagi va xashaki lavlagilar ekiladi. Ovqatbop lavlagi karam sho‘rvaga solinadi va o‘zidan lavlagi sho‘rva qilinadi, sous, salat tayyorlanadi, konserva sanoatida ishlatiladi va quritiladi. Lavlagida o‘rta hisobda 6% qand bor. Lavlagining shakli yapaloq, yumaloq, yumaloq yassi, ovalsimon, konussimon va tsilindrsimon, rangiga ko‘ra to‘q qizil, qizil, pushti qizil, xalqasimonligi jihatidan oq xalqali va xalqasiz (xalqasiz navlar eng yaxshi hisoblanadi, ular sersuv mayin etli) bo‘ladi; sirtining xarakteri jihatidan silliq, g‘adir-budur, to‘r-to‘r, notekis (silliq navi yaxshi hisoblanadi). Pishish muddatiga ko‘ra lavlagi ertapishar, o‘rtapishar va kechpishar navlarga bo‘linadi. Lavlagi, ayniqsa kechpishar navlari, yaxshi saqlanadi. Ovqatbop lavlagining yaxshi navlari “Bordo”, “Misr lavlagi” va “Erfurt lavlagi” navlaridir. Savdoga tushadigan ovqatbop lavlagi yangi kavlangan, toza, ifloslanmagan, shakli benuqson, yorilmagan, zaxa emagan va kasallanmagan, bargi ko‘pi bilan 2 sm uzunlikda qirqilgan, turli tusdagi to‘q qizil rangli, sersuv, etli bo‘lishi lozim. Ensiz oq xalqali lavlagi ham savdoga chiqariladi. Ildizmevaning eng uzun ko‘ndalang diametri kamida 5 sm va ko‘pi bilan 14 sm bo‘lishi lozim. Ildizmevaning sal edirilgan, katta-kichikligida bir oz farq bo‘lishi, bitib ketgan yorig‘i bo‘lishi, boshi noto‘g‘ri kesilgan, sal so‘ligan bo‘lishi ham mumkin, ammo bunday g‘ubori bor lavlagi og‘irligiga nisbatan 5% dan oshmasligi lozim. Loy yopishgan ildizmeva esa 2% dan oshmasligi lozim. Download 140.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling