Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot texnologiyalari
Download 2 Mb.
|
axborot tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot zaxiralarini boshqaruvida personal tomonidan ta’sir etuvchi omillar
- Axborot tizimini personalga ta’siri
- 7.Tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlari.
Markazlashtirilgan boshqaruv.
Markazlashtirishni o‘rganishda ikki qarama-qarshi yo‘nalishdagi muammolar paydo bo‘ladi. Birinchisi, bu bevosita, markazlashtirilgan boshqaruv bo‘lib, bu yerda qaror qabul qilish markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Ikkinchisi, bu holda axborot tizimi boshqaruvning quyi qismida qaror qabul qilish imkonini beradi, ya’ni markazlashtirilmagan boshqaruv tizimi yaratiladi. Na-tijada yuqori o‘rindagi menejerlar quyi qismga qaror qabul qilish imkonini yara-tadi, lekin nazorat va umumiy boshqaruv markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Axborot zaxiralarini boshqaruvida personal tomonidan ta’sir etuvchi omillar. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda personalni ikki nuqtai-nazardan o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi: foydalanuvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalar haqidagi bilimlari qay darajada chuqur ekanligi; samarasiz ishlarning qay darajada qisqarilishi. Axborot tizimlarini joriy qilishda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: ko‘p vaqtni talab qiladigan ishlarni avtomatlashtirish; loyihalash bosqichida kelgusidagi foydalanuvchilarni fikr va takliflarini e’tiborga olish; qo‘llash jarayonida personalni zudlik bilan qisqartirilmasligi; joriy etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish. Axborot tizimini personalga ta’siri. Axborot tizimi to‘liq joriy etilganda tashkilot xodimlarining ish faoliyatida quyidagilar o‘zgarishi mumkin: yuqori malakali xodimlar bevosita ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishlari mumkin; tashkilotning pastki bo‘g‘inidagi xodimlar qaror qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi; tashkilotda qo‘shimcha ish joylar paydo bo‘ladi. Lekin tashkilotning tarkibiy tuzilishi o‘zgarishi munosabati bilan tashkilot tomonidan ma’lum darajada qarshilik ko‘rsatiladi. Ushbu qarshilikni quyidagicha ta’riflash mumkin: axborot tizimi yordamida zaxiralarga egalik qilish; yuqori lavozimda ishlaydigan xodimlarni o‘z malakasini oshira olmasligi, bu esa, ularni obro‘siga ziyon yetqazishi mumkin. Umuman olganda axborot tizimlarini joriy qilish quyidagi masalalarni hal qilishga yordam qiladi: matematik usullarga asoslangan holda boshqaruv masalalarining optimal yechimini aniqlash; avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratish bilan xodimlarning ish unumdorligini oshirish; ma’lumotlarni aniqligini ta’minlash; elektron hujjatlar tizimi yordamida axborotlarni yagona yondashuv orqali qayta ishlash; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish harajatlarini kamaytirish; haridorlar va ta’minlovchilarga xizmat ko‘rsatishni optimallashtirish. Shunday qilib, axborot tizimlarini ishlab chiqishda va joriy etishda mavjud bo‘lgan muammolarni chuqur tahlil qilgandan so‘ng undan olinadigan natijalarni kutish mumkin bo‘ladi. 7.Tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlari. Utgan asrning 50-chi yillaridan boshlab kompyuterlar biznesda har kungi mayda, kup mexnatni talab kiladigan ishlarda ishlatila boshlangan. Tranzaksiya mijoz amalga oshirgan tulov, ishchiga tulangan ish haqi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling