Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi


Download 101.6 Kb.
bet2/9
Sana14.05.2023
Hajmi101.6 Kb.
#1462433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JO`RAYEV SHAHZOD2

Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishining maqsadi jahon valyuta tizimi va uning elementlari haqida nazariy bilimlarni to‘liq yoritib berish va O‘zbekistondagi o‘rnini yoritib berishdan iborat .
Kurs ishining obyekti va predmeti. Mazkur kurs ishining obyekti bo‘lib jahon valyuta tizimi hamda uning elementlari hisoblanadi .
Jahon valyuta tizimining shakllanish bosqichlari va uning mamlakatimizdagi o‘rnini yoritib berish va uni tahlil qilish ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi. Ushbu kurs ishida tahlil uchun analiz, sintez, taqqoslash hamda statistika usullaridan foydalanildi .


I bob. JAHON VALYUTA TIZIMI TUSHUNCHHASI UNING TUZILISHI HAMDA ELEMENTLARI.

    1. Valyuta tizimi tushunchasi va uning turlari.

Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste'mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisod o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan elementlardir.
Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo‘lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida o‘zining salbiy aks ta'sirini topadi.
Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan.
Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bo‘lib, iste'molchilarni muomalaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. qog‘oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir.
Har qanday mustaqil davlat o‘z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o‘zining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega.
Ushbu kursimizni o‘rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to‘g‘ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz.
Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo‘lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o‘rtasida pul (muomala, to‘lov va jamg‘arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi.
Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "franki", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar. Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo‘ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir.
"Valyuta" kategoriyasi milliy va jahon xo‘jaligi o‘rtasida aloqa hamda o‘zaro munosabatlarni ta'minlaydi. Jahon valyuta tizimi jahon pullarini amaldagi shakllariga asoslangandir. Jahon pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko‘rsatuvchi pullarga aytiladi .
Har bir mustaqil davlat o‘z milliy pul tizimiga ega bo‘lgani singari, o‘zining valyuta tizimiga ham ega. Valyuta tizimi tashkiliy jihatdan valyuta munosabatlari, valyuta fondlari hamda ushbu munosabatlarni amalga oshishi, valyuta fondlarining shakllanishi, taqsimoti va qayta taqsimoti bilan bog‘liq munosabatlarni amalga oshiruvchi hamda muvofiqlashtiruvchi davlat organlari yig‘indisidan iboratdir. Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o‘rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir1 .
Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir2 .
Valyuta tizimi - bu, davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar bilan belgilanadigan, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat huquqiy shaklidir 3.
Valyuta tizimi - bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi .
Valyuta qonunchiligi - bu, mamlakat ichkarisida valyuta qimmatliklari bilan bir mamlakat tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari va fuqarolari o‘rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy hamda xorijiy valyutalar va boshqa valyuta qimmatliklarini olib kirish, olib chiqish, o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy me'yorlar yig‘indisidir. Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko‘rinishi farqlanadi, ya'ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari .
Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, valyuta munosabatlarining yig‘indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi.
Valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valyuta tizimi elementlarini belgilashni o‘z ichiga oladi.
Jahon valyuta tizimi - bu, jahon bozori (xo‘jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valyuta tizimining tashkiliy asosi bo‘lib, milliy valyuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat valyuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.
Hududiy valyuta tizimi - bu, hududiy birlashma a'zolari bo‘lmish mamlakatlarning davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etishning shaklidir. Bunga yaqqol misol sifatida Yevropa valyuta ittifoqini keltirish mumkin. Jahon va hududiy valyuta tizimlari o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslasha oladigan, egiluvchan bo‘lishi hamda alohida davlatlar va butun jahon manfaatlarida muvozanatni saqlash xususiyatiga ega bo‘lmoqi lozim. Faqatgina shunday sharoitlarda valyuta tizimi uzoq muddat davomida muvaffaqiyatli amal qilishi mumkin.
Davlatlararo kelishuvlar bilan o‘rnatiladigan valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shakli sifatidagi valyuta tizimi bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lgani yo‘q. Uning pul tizimidan ajrab chiqishi va mustaqil kategoriyaga aylanishi qiymat pul shaklining uzoq rivojlanishi hamda pul o‘rnini bosuvchilar paydo bo‘lishi jarayonida sodir bo‘lgan.
Pul tizimi qiymatning pul shakli pul vazifasining noyob metallarga va so‘ng oltinga o‘tishi bilan vujudga keladi. Bunda pul tizimini tashkil etish asoslari barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan. Bu birinchi navbatda pul metalidan tangalarning erkin zarb etilishi, qiymat belgilarini to‘sqinliksiz oltinga almashtirilishi va oltinning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga erkin harakatidan iboratdir.


    1. Download 101.6 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling