Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi


Kreditlashning kengaytirilgan mexanizmi


Download 101.6 Kb.
bet8/9
Sana14.05.2023
Hajmi101.6 Kb.
#1462433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JO`RAYEV SHAHZOD2

Kreditlashning kengaytirilgan mexanizmi (1974- yil, limitlar: yillik– kvotani 200%, kumulyativ–kvotani 600%, qoplash muddati 4½–10 yil) to‘lov balansidagi uzoq muddatli xarakterdagi qiyinchiliklarni barataraf etish maqsadida a’zo–mamlakatlar strukturaviy islohatlarni qo‘llab–quvvatlash uchun yanada uzoqroq muddatga beriladigan yordam bo‘lib, kredit berish sharti har yilgi kelgusi 12 oyga mo‘ljalangan batafsil siyosat choralari bilan 4 yilgacha bo‘lgan strukturaviy o‘zgartirishlar o‘z ichiga olgan dasturni qabul qilinishidan iborat.
Egiluvchan kredit liniyasi (2009- yil, limit yo‘q, qoplash muddati 3¼–5) potentsial yoki haqiqatdagi, to‘lov balansini moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha talablarni qondirish uchun foydalanadigan kredit transhlari hisoblanib, ma‘lum davr davomida ijobiy natijalarini ko‘rsatadigan va iqtisodiy siyosatga asoslangan juda mustahkam istiqboli makroiqtisodiy determinatlari mavjudligi sharti bilan taqdim etiladi.
Preventiv qo‘llab–quvvatlash va likvidlik liniyasi (2011- yil, limitlar: 6 oylik–kvotani 250%, 1–2 yilga–kvotani 500%,12 oydan keyin qoniqarli taraqqiyot bo‘lsa jami 1000 % kvotani, qoplash muddati 3¼–5) iqtisodiy siyosati asoslangan va ishonchli iqtisodiy determinatlarga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun instrument bo‘lib, bozor, shu jumladan moliya sektorini barqarorligi, mustahkam asosdagi tashqi iqtisodiy pozitsiya va iqtisodiy siyosat kredit berish shartidir.
Shu bilan birga, Xalqaro Valyuta Fondining kreditlashdagi maxsus mexanizmlarga kiruvchi tezlashtirilgan moliyalashtirish uchun instrument (limitlar:yillik–kvotani 50%, kumulyativ–kvotani 100%, qoplash muddati 3¼–5) to‘lov balansini moliyalashtirishga shoshilinch ehtiyoji bo‘lgan barcha a’zo–mamlakatlarga tezlikda taqdim etiladigan moliyaviy yordam bo‘lib, bu kreditlash shartida to‘lov balansidagi qiyinchiliklarni barataraf etish bo‘yicha choralarni kuchaytirish talab etiladi.
Xalqaro Valyuta Fondi imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlariga kengaytirilgan kredit ( past daromadli foiz stavkasi: 0 %, qoplash muddati: 5½–10 yil) Stendbay kredit (foiz stavka: 0,25% , qoplash muddati 4–8 yil) va tezlashtirilgan kreditlash (foiz stavkasi: 0%, qoplash muddati: 5½–10 yil) mexanizmlari kiradi. 2017- yil moliya yilida Ijro kengashi Xalqaro Valyuta Fondi ning imtiyozsiz moliyalashtirish mexanizmlari doirasidagi umumiy summasi 98,2 mlrd. SDR dagi (28 aprel 2017 yilga bo‘lgan 0,71103 SDRning dollarga almashinuv kursi bo‘yicha 134,7 mlrd. AQSh dollari) 15 kelishuvlarni tasdiqlagan.
Byudjet-soliq siyosatida Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan daromad bilan ta‘minlash va harajatlarni samarali boshqarish, shu juladan, soliq va bojxona siyosati, byudjetni shakllantirish, davlat moliyasini boshqarish, tashqi va ichki qarzlar hamda ijtimoiy himoya tizimi yuzasidan hukumatlarga maslahat va taviyalar beriladi. Bu o‘z navbatida, ijtimoiy sohadagi davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarini sifatini oshirish imkoniyatlarini yaratib beradi.
Pul-kredit siyosati va moliyaviy sektori siyosatida markaziy banklar bilan birgalikda pul-kredit va kurs bo‘yicha siyosatni modernizatsiya qilish, tartibga solish hamda nazorat qilish organlari bilan moliyaviy tashkilotlarni nazorat qilishni takomillashtirish yo‘nalishida ish olib boradi. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan chora-tadbirlar milliy iqtisodiyot va xalqaro savdoni o‘sishini rag‘batlantirish orqali mamlakatning moliyaviy holatini barqarorlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
MVF Huquqiy masalalarda boshqarishning huquqiy asoslarini xalqaro standartlar muvofiqligi bo‘yicha texnik ko‘mak ko‘rsatish orqali, byudjet va moliya sohasidagi islohatlar hamda korruptsiya, pul mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirilishi hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi 1992- yil 21- sentyabrda Xalqaro Valyuta Fondi ning a’zosiga aylangan bo‘lib, Xalqaro Valyuta Fondi bilan hamkorlik asosan moliyaviy sektorni rivojlantirish va makroiqtisodiy islohatlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Xalqaro Valyuta Fondi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Kelishuvning IV moddasiga ko‘ra Hukumat va Markaziy bank bilan konsultatsiyalar o‘tkazish maqsadida Xalqaro Valyuta Fondi vakillarining respublikamizga doimiy tashrifi amalga oshirilib kelinmoqda.Mazkur missiyalarning faoliyati iqtisodiyot sohasi, moliyaviy sektor va statistika, shuningdek iqtisodiy islohatlarni davom ettirish yo‘nalishlarini o‘rganishdan iborat. 2002- yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Markaziy bank va Xalqaro Valyuta Fondining hamkorligi jarayonida so‘mning ayirboshlashi va O‘zbekiston bilan Xalqaro Valyuta Fondi o‘rtasidagi Kelishuvning VIII moddasida ko‘zda tutilgan `Iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo‘yicha Memorandum` va `Joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutani ayirboshlashni ta‘minlash ish rejasi` ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
O‘zbekiston va Xalqaro Valyuta Fondi o‘rtasidagi konstruktiv muloqot Ish rejasida ko‘zda tutilgan barcha choralarni bajarishga yordam berdi, natijada 2003- yilning 15- oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutani ayirboshlashini ta‘minlash borasidagi VIII moddaning 2(a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘yicha majburiyatni olishga erishilgan.
Xalqaro Valyuta Fondining tavsiyalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan `Tijorat banklarining kapital adekvatliligiga bo‘lgan talablar to‘g‘risida`, `Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan rezervlarni shakllantirish va foydalanish, aktivlar sifatini klassifikatsiyalash`, `Tijorat bankning likvidlilik boshqaruviga bo‘lgan talablar to‘g‘risida`, `Banklar va ularga tegishli shaxslar o‘rtasidagi bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risida` va `Bir qarzdorning yoki o‘zaro aloqador qarzdorlar guruhining maksimal risk miqdori to‘g‘risida`gi nizomlarning yangi tahriri ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu o‘zgartirishlar milliy qonunchilikda bank nazoratining halqaro talablarini (Bazel III) maksimal darajada hisobga olinishga sharoit yaratdi.
So‘nggi yillarda Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan respublikaga turli yo‘nalishlar bo‘yicha texnik ko‘maklar ko‘rsatib kelinmoqda. Xususan, Markaziy bankka 2014 yilda bank sektorida korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdagi texnik ko‘makni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Mazkur texnik ko‘mak natijasida `Korporativ boshqaruv to‘g‘risida`gi Nizomga oxirgi xalqaro standartlarga, jumladan korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tamoyillari (2010 yil oktyabr) va Moliyaviy barqarorlik bo‘yicha Kengashning (2013 yil fevral) `Risklar boshqaruvini tematik shahri` tavsiyalariga muvofiq qayta ko‘rib chiqilgan.
2016 yil apreldan boshlab Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan respublikada tijorat banklarida stress-test sinovlarini metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha texnik ko‘mak doirasida ish boshlangan.


Xulosa.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqiligiga erishganidan so‘ng bozor munosabatlari asosida o‘z rivojlanish yo‘lini tanlar ekan, zamonaviy moliyaviy bozor va uning vositalariga ehtiyoj paydo bo‘laboshladi. 2003 yilda joriy valyuta operatsiyalari bo‘yicha so‘mni xorijiy valyutalarga erkin konvertirlashni joriy etilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning, shu jumladan, tijorat banklarining valyuta operatsiyalarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi.
Valyuta bozorida valyutaning talab vataklifi hamda ularning kurslari nisbati shakllanadi. Bozor tomonidan tartibga solish qiymat qonuni, talab va taklif qonunlariga bo‘ysunadi. Valyuta bozorlarida raqobatchilik sharoitida bu qonunlarning harakati valyuta almashuvining harakati nisbiy tengliktovarlar, xizmatlar, kapitallar hamda kreditlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan jahon xo‘jaligining xalqaro valyuta ehtiyojlari oqimlarining muvofiqligini ta’minlaydi. Bozorlardagi baholar mexanizmi va valyuta kurslarining o‘zgarishi sabablari orqali iqtisodiy agentlar valyuta xaridorlarining ehtiyojlari va taklifining imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot oladilar.
Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir.
Jahon valyuta tizimi - bu, jahon bozori (xo‘jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valyuta tizimining tashkiliy asosi bo‘lib, milliy valyuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat valyuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari qo‘yidagilar hisoblanadi:

  • asosiy xalqaro to‘lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, Yevro);

  • valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;

  • xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish tartibi;

  • valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;

  • xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;

  • valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.

Xalqaro valyuta–kredit va moliya munosabatlari institutsional strukturasi o‘z ichiga ko‘p sonli xalqaro tashkilotlarni oladi. Bulardan birlari, katta vakolat va resurslarga ega bo‘lgan xolda valyuta–kredit va moliya munosabatlarini tartibga solish amalga oshirilsa, boshqalari esa hukumatlararo muhokamalar, konsensusa hamda valyuta va moliya–kredit siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishadi. Uchinchilar, axborotlar yig‘ish, valyuta–kredit va moliya va umuman olganda iqtisodiyotning dolzarb muammolari bo‘yicha statistik va ilmiy–tadqiqotlari nashrlari bilan ta‘minlaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarini globallashayotgan jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirishdan iborat bo‘lgan umumiy maqsad birlashtiradi.
2017 yilning 4-9 iyun kunlari Markaziy bank, Moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi rahbarlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Xalqaro Valyuta Fondining Vashingtondagi shtab-kvartirasida mamlakat valyuta siyosatini isloh qilish imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralarni birinchi bosqichi bo‘lib o‘tgan7. Mazkur muzokara yakuni bo‘yicha Xalqaro Valyuta Fondi ijrochi direktori Kristin Lagard tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirzyoevga yo‘llangan xatida iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha tavsiyalar va texnik ko‘mak berish orqali islohatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini ma‘lum qilgan.
2017- yilning 17-24 iyul kunlari XVF ning missiyasi yakuni bo‘yicha janob Alberta Yeger tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” asosida iqtisodiyotni isloh qilish, xususan valyuta tizimidagi islohatlar to‘liq qo‘llab-quvvatlangan va ijobiy baholangan.



Download 101.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling