Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi


O‘zbekiston va Xalqaro Valyuta Fondi hamkorligining istiqbolli jihatlari


Download 101.6 Kb.
bet7/9
Sana14.05.2023
Hajmi101.6 Kb.
#1462433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JO`RAYEV SHAHZOD2

2.2. O‘zbekiston va Xalqaro Valyuta Fondi hamkorligining istiqbolli jihatlari.
O‘zbekiston 1992 yil sentyabr oyidan boshlab Xalqaro Valyuta Fondiga a’zo bo‘lib kelmoqda. Xalqaro Valyuta Fondi 1995 yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasiga mamlakat boshqaruvi tomonidan qabul qilingan dastur asosida birinchi 72,4 mln. AQSh dollari miqdorida transh mablag‘lari 217 berdi. Shuningdek 1995 yil dekabr oyida milliy valyutani qo‘llab-quvvatlash maqsadiga 2 transh berilgan. Berilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavka suzib yuruvchi hisoblanadi.
Qarzni to‘lash muddati 5,5 yilni tashkil etadi. 1995 yil 18 dekabrda XVF O‘zbekiston Respublikasiga «Stend Bay» kreditini berdi. Bu mablag‘lar iqtisodiy islohatlarni davlat tomonidan 1995-1996 yil qo‘llab quvvatlanishi uchun ko‘zlangan 2000-2001 yil davlat tomonidan valyuta siѐsatini tartibga solish uchun qo‘llash chora tadbirlarini hisobga olgan holda 2001 yil avgustda O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro Valyuta Fondi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi 31 iyul va 31 dekabr 2001 yil oralig‘idagi moliyaviy va iqtisodiy siyosat to‘g‘risida memorandum qabul qilingan. Memorandum asosida O‘zbekiston va Xalqaro Valyuta Fondi vakillari hamkorligida 1 yanvar va 30 iyun 2002 yil oralig‘iga makroiqtisodiy va strukturaviy siѐsatni asosini ishlab chiqildi.
2002 yil Xalqaro Valyuta Fondi monitoring dasturi asosida bir qancha vazifalarni bajarishdi. O‘zbekiston Respublikasida turli vazirlik va idoralar o‘rtasida chora tadbirlar o‘tkazildi. Bundan asosiy maqsad iqtisodiy islohatlarni rivojlantirishda kredit va soliq byudjet siѐsatini qattiq saqlagan holda valyuta rejimini tartibga solish bo‘ldi. 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasiga Xalqaro Valyuta Fondi dan vakillar tashrif buyurishgan. Bu muzokaralarda Xalqaro Valyuta Fondi nizomidagi 8-modda davlat rejasi asosida bir necha shartlar imzolandi. Bunga savdo sohasidagi soliq byudjet va pul-kredit siѐsatini amalga oshirishda samarali unsurlardan foydalanildi (2003 y). Shuningdek tuzilmaviy islohatlar sohasida bir qancha ishlarni amalga oshirish kiradi. 2003 yil 15 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Valyuta Fondi kelishuvidagi 8-modda, 3-4 modda, 2a qismidagi shartlarini qabul qilishini ma'lum qildi. Korporativ boshqaruvni takomillashtirish maqsadida 2014 yil Xalqaro Valyuta Fondi texnik yordam taqdim etib fond mutaxasissilari O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Mazkur missiya respublika tijorat banklarida korporativ boqaruvni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayѐrlashda ularning fikr va takliflari inobatga olingan holda Markaziy bank va respublikaning vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Natijada korporativ boshqaruv qoidalarining oxirgi standartlariga, masalan korporativ boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha Bazel qo‘mitasiga va Moliyaviy Barqarorlik kengashining xatarlarni boshqarish mavzusiga bag‘ishlangan tavsiyalariga muvofiq qayta ko‘rib chiqildi. 2016 yil aprel oyida tijorat banklardagi stressni sinash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha texnik ѐrdam doirasida ish boshlangan.
Kredit ulushi–rezerv ulushidan yuqori bo‘lgan valyuta kreditlari to‘rtta kredit yoki transhga ulushiga bo‘linib (har biri mamlakat kvotasi 25% bo‘yicha), Xalqaro Valyuta Fondi aktividagi valyutasining umumiy summasi mamlakt kvotasining 200% dan (Fondga obuna bo‘yicha kiritilgan 75% kvotani qo‘shgan holda)oshmasligi kerak.
“Stend–bay” rezerv kreditlari to‘g‘risidagi kelishuvlar (1952- yil)– kelishilgan muddat va summadagi Xalqaro Valyuta Fondi kreditini a’zo–davlatlarni milliy valyuta almashtirish orqali hech qanday to‘siqlarsiz olishini kafolat bilan ta‘minlaydi; kreditlashning kengaytirilgan mexanizmi (1974 yil)–oddiy kredit ulushiga nisbatan katta miqdorda va yanada uzoq muddatlarga mo‘ljalangan (odatda yilga, zaruriy holatlarda 4 yilgacha ma‘lum miqdorlarda (transh) kreditlar, shu bilan birga Xalqaro Valyuta Fondi standart mexanizmlardan tashqari bir qator vaqtinchalik va maxsus usuldagi kreditlash usullaridan foydalanadi.
Xalqaro Valyuta Fondining umumiy resurslar hisobidan imtiyozsiz kreditlashning asosiy mexanizmlari (kredit transhlari va kreditlashni kengaytirilgan mexanizmi):
Stаndby” krediti (1952- yil, limitlar:yillik–kvotani 200%, kumulyativ– kvotani 600%, qoplash muddati 3¼–5 yil) to‘lov balansini moliyalashtirishda qisqa muddatli qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan mamlakatlarga qisqa va o‘rta muddatli yordam ko‘rsatish maqsadida beriladi.

Download 101.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling