Filiallari va boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekistonning barcha hududlarida 67 ta filiallari mavjud.
Shoʻba korxonalari va tashkilotlari[tahrir | manbasini tahrirlash] Asia-Invest Bank[tahrir | manbasini tahrirlash]
1996-yili Rossiya hududida (Moskva shahrida) Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida "1996-1997-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikning asosiy tamoyillari va yoʻnalishlari toʻgʻrisida"gi huqumatlararo Kelishuvga binoan, moliya-bank sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida birinchi Oʻzbekiston-Rossiya banki - "Aziya-Invest Bank" Aksiyadorlik tijorat banki (yopiq aksiyadorlik jamiyati) taʼsis etildi.
NBU Invest Group[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yil 31-mart kuni 25 mln AQSh dollari miqdoridagi ustav fondi bilan "NBU Invest Group ochiq aksiyadorlik jamiyati" shoʻba kompaniyasi tuzildi. NBU Invest Group kompaniyasini tuzishdan asosiy maqsad Oʻzbekiston korxonalarining qayta tuzilishini va aktivlarini boshqarishni taʼminlashga hamda mamlakat iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qodir boʻlgan kompaniyani taʼsis etishdan iborat edi. Faoliyatning asosiy yoʻnalishi boʻlib aktivlarni boshqarish hisoblanadi. Sanoat korxonalarini amaliy boshqarish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan va biznes-rejalashtirish, marketing, korxona faoliyatini monitoring qilish, realizatsiya kanallarini va yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni boshqarish, kadrlarni boshqarish, xarajatlar va unumdorlikni tahlil qilish kabi sohalarni oʻz ichiga kiritadi. OʻMB investitsion loyihalarida ishtirok etish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |