Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «bank moliya xizmatlari» fakulteti «bank ishi» kafedrasi


Umummilliy ahamiyatli obʻektlarni moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 92.92 Kb.
bet8/10
Sana09.02.2023
Hajmi92.92 Kb.
#1181818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
amalyot

Umummilliy ahamiyatli obʻektlarni moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]


Milliy bankning kreditlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlariga jalb qilingan. Iqtisodiyotning tuzilmaviy oʻzgarishlarida kommunikatsiyalar - temir yoʻl, avtotransport va aviatsiya tizimlarining rivojlanishi ulkan oʻrinni egallaydi. Shuningdek, kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangi yuqori samaralilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga, isteʼmolchilik tovarlarining mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlashga asoslangan import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni yaratish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Bank koʻpgina strategik muhim xoʻjalik obʼektlarining rivojlanishi uchun moliyalashtirishni taʼminladi:

  • Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish.

  • „Toshgʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon“ temir yoʻl liniyasini qurish.

  • Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini qayta taʼmirlash.

  • Navoiy IESni modernizatsiya qilish.

  • Navoiy shahri aeroportini qayta taʼmirlash va modernizatsiya qilish.

  • "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiya qilish.

  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchun togʻ-qazilma uskunalarini yetkazib berish.

  • "Ohangaron - Pungon" magistral gaz quvurini qurish.

  • „Oʻzagromashservis“ Assotsiatsiyasi va „Oʻzsanoatmashimpeks“ DATSK uchun „CASE“ kompaniyasining qishloq xoʻjalik texnikasini xarid qilish.

  • "Muborak GQZ" UShKda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun propan-butan aralashmasi uskunasini qurish.

  • "Toshshaharyoʻlovchitrans" Assotsiatsiyasi uchun "Daymler-Kraysler" markasidagi avtobuslarni xarid qilish.

  • "Temir yoʻllar" DATK uchun yoʻlovchi elektrovozlarini xarid qilish.

  • "Oʻzbekneftgaz" MXKning amaldagi burgʻilash uskunalari parkini yangilash va jihozlash.

  • "Qoʻngʻirot" KSda gazni quritish uskunasini qurish.

Va boshqa bir qator amalga oshirilgan investitsion loyihalar.

Download 92.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling