Mulkdorlari va rahbariyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yili 30-noyabrgacha bank taʼsischisi va uning ustav fondining asosiy egasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boʻlgan. Vazirlar Mahkamasiga bank ustav fondining kamida 60%i tegishli boʻlgan; ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 2 mlrd rubl va 200 mln AQSh dollari ajratilgan.
Prezidentning 4540-sonli qaroriga muvofiq, 2019-yil 30-noyabrdan davlat nomidan Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “OʻMB” AJning taʼsischisi hisoblanadi.
Boshqaruvchilar roʻyxati
|
Xizmatini boshlanishi
|
Ismi
|
1991
|
Azimov R. S.
|
1998
|
Mirxodjayev Z. S.
|
205 23-noyabr
|
Raximov S. B.
|
2017 5 mart
|
Xolmuradov S. R.
|
2017 30-noyabr
|
Mirsoatov A. K.[2]
| Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Milliy banki bank xizmatlarining butun koʻlamini taqdim etuvchi universal tijorat banki hisoblanadi, shular jumlasidan, investitsion biznes, loyihaviy va tashqi savdoni moliyalashtirish, aktivlarni boshqarish, hususiy va korporativ mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatlarini koʻrsatish, ipoteka va isteʼmolchilik kreditlarini berish. Bank keng tarqalgan filial tarmoqlariga ega.
Bankda qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlarda qoʻyilgan maqsadlarni rejalashtirish va ularga erishishda xatarga yoʻnaltirilgan yondashuv qoʻllaniladi. Bundan tashqari, xatarlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish maqsadida bank xalqaro konsalting kompaniyalari bilan faol hamkorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |