Tashqi savdo faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bank Oʻzbekistonning 70%dan ziyod butun tashqi savdo aylanmasiga xizmat koʻrsatadi. Eksport-import kreditlashning quyidagi mexanizmlari qoʻllaniladi:
avans toʻlovlari qaytarilishiga, shartnomalar bajarilishiga kafolatlar berish;
veksellarni diskontlash;
faktoring;
bank tomonidan oʻzbek eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash;
loyihaviy moliyalashtirish;
eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalashtirish;
muddatli toʻlov bilan akkreditivlar qoʻllaniladi, mijoz tomonidan tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishida va realizatsiya qilinishida konvertatsiya amalga oshiriladi.
Investitsion faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining rivojlanishiga yordam beradi.
Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi.
Yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalq xoʻjaligining yuqori texnologik va ijtimoiy ahamiyatli sohalarini qoʻllab-quvvatlash, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy xom ashyo resurslariga asoslangan isteʼmolchilik tovarlari ishlab chiqarilishini yaratish va rivojlantirish.
Bankning asosiy qarzdorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va xususiy biznes korxonalari hisoblanadi.
Investitsiyalarning aksariyat qismi neft qazib olish va neftni qayta ishlash, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, rangli va qora mettalurgiya, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi, aloqa infratuzilmasi, transport va turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |