259
XIII BOB. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHDA MOLIYAVIY
VOSITALAR
§ 13.1. Moliyaviy vositalar, ularning mohiyati, turlari va tasniflanishi.
§ 13.2. Investitsiyalash manbalarini shakllantirishda kapital va ssuda
bozorlarining roli
§ 13.3. Qimmatli qog‗ozlarni joylashtirish evaziga moliyalashtirish
manbalarini jalb etish
§ 13.1. Moliyaviy vositalar, ularning mohiyati, turlari va tasniflanishi
Moliyaviy vositalar – bu, umuman olganda, monetizatsiyalashgan real bazisga
ekvivalent qiymatga va xossalarga ega bo‗lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm
bilan ta‘minlangan, moliya bozoridagi
munosabatlarni belgilovchi, moliyaviy
resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta‘minlovchi, ma‘lum
shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har hil turlarda, shakl va mazmunlarda
namoyon bo‗ladigan ham investitsion kapital, ham to‗lov
vositasi, ham alohida
moliyaviy tovardir.
Moliyaviy vositaning ekvivalentlik xossasi bevosita va bilvosita, real va nisbiy
bo‗lishi mumkin. Moliyaviy vositalarning tovarliligi xossasi uni boshqa turdagi
tovarlardan (ko‗chmas
va intellektual mulk, xom ashyo va shu kabilar) farqli
kimningdir (iqtisodiyot sub‘ektlari) tomonidan chiqarilishi, o‗ziga
xos moliya
bozorida muomalada bo‗lishi, unda maxsus funksiyalarni va rolni bajarishi bilan
belgilanadi. Har qanday moliyaviy vositani u yoki bu belgi asosida tasniflanishining
mazmuni uning xossa va xususiyatlari bilan bog‗liq holda amaliy ahamiyati bilan
belgilanishini hisobga olsak hamda, agar ko‗rilalayotgan vosita turini kelib chiqishi,
maqsadi
va funksiyasini, uning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan
bo‗lsak, albatta sezilarli farq namoyon bo‗ladi. Masalan, pul va uni tovar toifasiga
aylantiruvchi vositalar (kredit, chek, kartochkalar va h.k.)
muomalasi uchun ularga
hos bo‗lgan moliya bozori segmentlari – mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori
va h.k. zarur, valyuta uchun valyuta bozori, sug‗urta risklarini boshqarish hizmatlari
uchun sug‗urta polislari bozori, qimmatli qog‗ozlar uchun esa faqat fond bozori
kerak. Moliyaviy vositalarning tovar sifatidagi asosiy maqsadlaridan biri foyda olish
260
bo‗lganligi uchun kapitalni (jamg‗armani) orttirish – bir vaqtning o‗zida
kapital
qo‗yilmalar uchun mo‗ljallangan bozor hamdir.
Pul mablag‗lari moliyaviy vositalarning har qanday turiga qo‗yilishi
(yo‗naltirilishi) mumkin. Buning barcha holatlarida yo‗naltirilgan pul mablag‗lari
vaqt mobaynida o‗z orttirmasiga (yoki zarariga) ega bo‗lishi, ya‘ni foyda yoki zarar
keltirishi mumkin. Moliyaviy vositalarlar moliyaviy resurslarni investorlardan
iste‘molchilarga tomon va aksincha yo‗nalishda harakat qilishini ta‘minlovchi
vositalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: