Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Tayanch so„z va iboralar: 
Kapital bozori, fond bozori, ssuda kapitali, valyuta bozori, birja. moliyaviy 
vositalar, fond bozori vositalari, aksiya, obligatsiya, korporativ obligatsiyalar.
 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar: 
 
1. Moliyaviy vositalarning iqtisodiy mohiyati nimada? 
2. Moliyaviy vositalarning turlari 
3. Hosilaviy moliyaviy vositalarning ahamiyati 
4. Investitsiyalarni moliyalashtirishda qimmatli qog‗ozlarning roli 
5. Kapital va ssuda bozorining ahamiyati 
6. Opsion va fyuchersnini farqli jihatlari 
7. Fond bozori vositalarining iqtisodiy mohiyati 


276 
XIV BOB. INVESTITSIYA FAOLIYATINI KREDITLASH 
§ 14.1. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar investitsiya faoliyatini kreditlashning 
ob‘ektiv zaruriyati 
§ 14.2. Investitsiya faoliyatida ipoteka krediti. Kreditni rasmiylashtirish 
tartibi 
§ 14.3. Investitsiya faoliyatini kreditlash foiz siyosati 
§ 14.4. Kreditdan foydalanishi ustidan bank monitoringi 
§ 14.1. Xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar investitsiya faoliyatini kreditlashning 
ob‟ektiv zaruriyati 
Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida har qanday mamlakatning keyingi 
barqaror rivojlanishi va yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bevosita 
bog‗liq. Shuni e‘tiborga olish lozimki, investitsiyalar aslida pul mablag‗lari shaklida 
jalb etiladi. Pul shaklidagi investitsiyalarning manbai bo‗lib, asosan, foyda (daromad) 
hisoblanadi. Iqtisodiyot taraqqiyotining ayrim bosqichlarida yangi aktivlar va 
boyliklarni yaratish uchun investitsiyalarning pul mablag‗lari shaklida safarbar 
etilishi ham talab etiladi. Shunga ko‗ra, pulsiz yangi aktivlar va boyliklarning hosil 
bo‗lishi aslo yuz bermasligini oddiygina anglab olish mumkin. Investitsiyalar amalga 
oshirilmas ekan, moddiy va nomoddiy boyliklar hosil qilinmaydi. Demak, u pul 
mablag‗lari shaklida qolib ketaveradi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, moddiy va 
nomoddi boyliklar muayyan faoliyat maqsadida qo‗llanmas ekan, kapitalning qiymati 
o‗sishi ta‘minlanmaydi. 
Avvalambor, korxonalarni barqaror va uzoq muddatli resurs bazasi bilan 
ta‘minlash uchun ularning ustav kapitalini oshirishga asosiy e‘tibor ham qaratilishi 
lozim bo‗ladi. Buning natijasida investitsiyalarni korxonalar manfaatlaridan kelib 
chiqib jalb etish samarali kechadi. Ayni paytda milliy iqtisodiyotning rivojlanishini 
ta‘minlash maqsadida xorijiy investitsiyalarni har qanday ob‘ektlarga ham jalb etish 
maqsadga muvofiq emas. Sababi, mavjud ob‘ektlarni va korxonalar aksiyalarini chet 
ellik investorlarga sotish mamlakatimizga investitsiyalarning kirib kelishini 
anglatmaydi, "...chunki bunday bitimlar mavjud bo‗lgan aktivlarga bo‗lgan mulk 


277 
huquqini shunchaki berishni anglatadi
96
".
Bu esa mulk qiymatining ko‗paymasligini 
bildiradi. Mavjud aktivlarni qayta sotish ham aynan shundaydir. Umuman olganda
investitsiyalarni amalga oshirish investitsiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi 
va u investitsiya resurslari hosil qilinish natijasiga tayanadi va yuz beradi. O‗z 
navbatida, u investitsiyalashdan ko‗zlangan maqsadga bevosita bog‗lanadi. Bundan 
ko‗zlangan maqsadga erishish ishtiyoqi investorni kapital to‗plab, so‗ng uni shu 
maqsad yo‗lida safarbar etishga undaydi. Maqsad muayyan natijaga qaratilar ekan, 
natija ham o‗z navbatida, muayyan maqsadlarni keltirib chiqaradi va investitsiya 
jarayonini aks ettiradigan ketma-ketlikni hosil qiladi. Investitsiyalarning bu tarzda 
harakatlanishi investitsiya faoliyati orqali yuz beradi.
Bugungi kunda investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‗liq harakatlarni 
sub‘ektlar tomonidan faqat ivestitsiyalarni qo‗yish bilan bog‗liq harakatlar sifatida 
tushunmaslik lozim. Bunda mazkur harakatlar investitsiyalarni amalga oshirishning 
maqsadi va yo‗nalishlarini aniqlash hamda ishlab chiqish, investitsiya loyihasini 
ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy jihatdan baholash, uni amalga oshirish uchun talab 
etiladigan mablag‗larni jalb etish manbalarini aniqlash, jamg‗arish va samarali 
sarflash kabi keng jarayonni o‗z ichiga qamrab olishini mantiqan tushunish lozim, 
deb hisoblaymiz. Bunda investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi, eng 
avvalo, o‗z manfaatlarini ko‗zlab, ya‘ni foyda olish maqsadida harakat qiladi. 
Chunki, yuqori foyda investorning kapital qiymati o‗sishiga imkon beradi.
Iinvestitsiyalarni jalb qilish, xususan, kichik biznes sohasida faoliyat yurituvchi 
xo‗jalik sub‘ektlarni zamonaviy texnika hamda jihozlar bilan ta‘minlash, bozor 
talabiga javob beradigan raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab 
chiqarishga imkoniyat yaratadi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 
rivojlanayotganligi, barqaror iqtisodiy o‗sish va mahalliy hamda xorijiy 
investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib borishi real sektordagi investitsion 
jarayonlarni faollashtiradi. Investitsion jozibadorlikni oshirish yo‗li uchun kerakli 
choralarning ko‗rilishi, kichik biznesga kredit ajratishni oshirishga va kichik biznes 
96
Киселева Н.В., Боровикова Т.В., Захарова Г.В.и др. Инвестиционная деятелъностъ: Учебное пособие 
М.:КНОРУС, 2005. -432 с. 


278 
korxonalarining kreditlardan to‗la foydalana olishiga yo‗l ochib beradi va shu orqali 
iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Investitsiyalarni moliyalashtirishda bank 
krediti ishtirokini mavhum tarzda, iqtisodiyotda joriy etilgan huquqiy me‘yorlar va 
o‗tkazilayotgan 
investitsiya 
siyosatidan, 
investitsiya 
faolligi 
darajasi, 
moliyalashtirishda qo‗llaniladigan mexanizmlardan, amaldagi soliqqa tortish 
talablaridan, kafolatlar va imtiyozlar tizimi va bank-moliya infratuzilmasining 
rivojlanganlik darajasidan ayri holda baholab bo‗lmaydi. Iqtisodiyotning real 
sektoridagi investitsiyalarni moliyalashtirish manbai tarzida bank kreditining roli, 
asosan, jamg‗armalarning o‗sish sur‘atlari, pul, valyuta hamda kapital bozorlarining 
holati bilan aniqlanadi va belgilanadi. Moliyaviy vositachilikda raqobat muhitining 
mavjudligi va umuman Markaziy bankning pul-kredit, foiz siyosati va bank 
institutlari strategiyasi aniqlovchi omillar sifatida qaraladi. 
O‗zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo‗jalik yurituvchi 
subektlarni uzoq muddatli kreditlashni tashkil qilish tartibi tijorat banklarining ichki 
kredit siyosati, O‗zbekiston Respublikasi ―Markaziy bank to‗g‗risida‖, "Investitsiya 
faoliyati to‗g‗risida"gi qonunlarga, Markaziy bankning ―Tijorat banklarining kredit 
siyosatiga nisbatan qo‗yiladigan talablar to‗g‗risida‖gi Nizomi va boshqa amaldagi 
qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan va O‗zbekiston Respublikasi 
hududida banklar tomonidan xo‗jalik yurituvchi subektlarning uzoq muddatli 
kreditlash jarayonlarini tartibga soladi. Hozirgi kunda ko‗pgina tijorat banklari 
uzoq muddatli kreditlash jarayonini o‗zlarining ichki kredit siyosatidan kelib 
chiqqan holda mustaqil amalga oshiradilar.
Uzoq muddatli kreditlar – ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun 
mo‗ljallangan obektlarni, qurilish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlashga oid 
harajatlar bilan bog‗liq kapital qo‗yilmalarni moliyalash, texnika, texnologiyalar 
va uskunalarni harid qilish, asosiy chorva, ko‗p yillik o‗simliklarni shakllantirish
shuningdek, boshqa investitsiya maqsadlari uchun mo‗ljallangan kreditlardir. Uzoq 
muddatli kredit – 1 yildan ortiq, biroq qoplash muddatidan ortiq bo‗lmagan 
muddatga beriladigan ssudalardir. Uzoq muddatli kreditlar bilan xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlar – yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar, shuningdek, qonun hujjatlarida 


279 
belgilangan tartibda ro‗yxatga olingan, yuridik shaxsni hosil qilmagan dehqon 
xo‗jaliklari ta‘minlanadilar. Kreditlanayotgan ob‘ekt qiymatining kamida 30 foizi o‗z 
yoki boshqa xil moliyalash manbalari bilan ta‘minlangan qurilish obektlarini 
kreditlash uchun tavsiya etiladi, lekin amaliyotda muhim investitsiya loyihalari uchun 
istisno tariqasida bu me‘yordan past bo‗lishi mumkin. O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarori bo‗yicha Moliya vazirligi kafolati ostida, 
shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan 
kreditlanadigan ob‘ektlar bundan mustasno. 
Uzoq muddatli kreditning qaytarilishini ta‘minlashning asosiy turlari bo‗lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

hukumat kafolatlari; 

mol-mulk garovi; 

banklar, boshqa kredit muassasalari va sug‗urta tashkilotlarining kafolatlari; 

uchinchi shaxslar kafilligi; 

qonunchilikka muvofiq faoliyat yurituvchi sug‗urta kompaniyalari tomonidan 
berilgan sug‗urta polisi (guvohnomasi) bilan tasdiqlangan kreditning qarz oluvchi 
tomonidan so‗ndirilmasligi (risk) xatarining sug‗urta qilinishi.
Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o‗z ichiga: 
a) kredit olishga oid buyurtmanomaning ko‗rib chiqilishi va bo‗lg‗usi qarz 
oluvchining huquqiy maqomini aniqlash maqsadida uning o‗rganilishini; 
b) qarz oluvchining moliyaviy holati tahlilini va kreditga baholashni; 
v) kreditlanayotgan loyihaning kompleks yekspertizasining o‗tkazilishini; 
g) kredit shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishni oladi. 
Bunda:
- (a) va (b) bandlarida ko‗rsatilgan kredit buyurtmanomasini ko‗rib chiqish 
muddati bank qarz oluvchiga kredit buyurtmanomasiga yozma xulosa beradigan 5 
bank ish kunidan oshmasligi kerak; 
- xo‗jalik yurituvchi subektlarning kredit so‗rab taqdim yetilgan hujjatlar 
to‗plami va arizalari tuman bank bo‗limlari kredit komissiyasi tomonidan arizalar 
kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan oshmagan, viloyat kredit komissiyasi 


280 
tomonidan 15 kundan oshmagan muddatda va Markaziy idora kredit ko‗mitasi 
tomonidan 30 kun davomida ko‗rib chiqilib, kredit berish yoki bermasligi to‗g‗risida 
yozma ravishda xulosa berishlari lozim bo‗ladi. (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
loyihalariga va Markaziy bankning tegishli me‘yoriy hujjatlari asosida ko‗rib chiqish 
muddati o‗rnatilgan investitsiya loyihalari bundan mustasno). 
Kredit shartnomasi bank bilan qarz oluvchi o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning 
asosi bo‗lib hisoblanadi, olingan kreditlar, komissiyalar ularga oid foizlar va penyalar 
bo‗yicha agar shartnomaning o‗zida o‗zgacha hol nazarda tutilmagan bo‗lsa, ular 
imzolagan vaqtdan boshlab amal qiladi. Bank qarz oluvchi bilan kelishib, qoplash 
muddatlari va pul oqimlari prognozi hisobga olinadigan imtiyozli davrni belgilash 
huquqiga egadir va u kredit shartnomasida ta‘kidlanishi kerak. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling