265
Veksel (nemischa Vechsel so‗zidan) – veksel beruvchining yoki vekselda
ko‗rsatilgan boshqa to‗lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel
egasiga muayyan summani to‗lashga doir shartsiz
majburiyatini tasdiqlovchi
noemissiyaviy qimmatli qog‗oz.
Oddiy veksel (solo veksel) – bu qarzdorning (veksel beruvchining) muayyan
pul summasini ko‗rsatilgan muddatda kreditorga (birinchi oluvchisiga) to‗lash
majburiyatini ifodalovchi hujjat. Oddiy vekseldan farqli o‗laroq, o‗tkazma vekselda
ikkita emas, balki uchta shaxs qatnashadi:
– veksel beruvchi (trassant), veksel bilan birga u bo‗yicha to‗lovni talab qilish
huquqini oluvchi dastlabki haridor (yoki veksel egasi), to‗lovchi (trassat), unga
veksel egasi to‗lovni amalga oshirishni taklif etadi (vekselda bu "to‗lang" degan so‗z
bilan ifodalanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: