Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 15.4. Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o„rni


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 15.4. Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o„rni 
Xalqaro lizing biznesi ichki lizingga nisbatan ancha kech rivojlana boshlagan. 
Xalqaro lizing operatsiyalrini rivojlanishiga quyidagi omillar ta‘sir etgan: ko‗pchilik 
mamlakatlarda kredit olish shartlarining og‗irligi, banklar tomonidan foiz 
stavkalarining oshirilishi, moliyaviy inqirozlar, ba‘zi mamlakatlar soliq tizimining 
beqarorligi va boshqalar. Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshirishdagi 
qiyinchiliklar shundan iboratki, ular hamkor mamlakat hukumatining valyuta
bojxona va boshqa tartibga solish qoidalari ta‘siri ostida bo‗ladi. Xalqaro lizing 
taraqqiyoti oldidagi to‗siqlarni yo‗q qilish, undan foydalanish imkoniyatlarini 
kengaytirish maqsadida turli mamlakat va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari 
tomonidan ishlab chiqilgan Xalqaro moliyaviy lizing bo‗yicha Ottava Konvensiyasi 
1988 yilning may oyida qabul qilingan. Jahon amaliyotida lizingning taraqqiyoti 
ko‗p jihatdan davlatlarning qonunchiligida mavjud to‗siqlar va shart-sharoitlar 
asosida shakllanib kelmoqda. Bugungi kunda yirik xalqaro lizing tashkilotlaridan 
―Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi‖ va milliy lizing assotsiatsiyalarining 
Yevropa federatsiyasi (Leaseurope)ni alohida ajratib ko‗rsatish mumkin.
Xalqaro lizing tashkilotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) a‘zo mamlakatlar milliy qonunchiligini o‗rganish va taqqoslash; 
b) barcha xuquqiy, soliq va moliyaviy masalalarni hal etishda ko‗maklashish;
c) lizing bitimlarining shartlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ish;
d) lizing firmalarini tashkil etish bilan bog‗liq bo‗lgan masalalarni o‗rganish.
80-yillar oxirlariga kelib jahonning 60 ta mamlakatiga tegishli lizing 
kompaniyalar 150 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritgan. 1965 yilda ―Xalqaro 
moliya va lizing assotsiatsiyasi‖ (IFLA) tashkil topgan bo‗lib keyinchalik uning 
tarkibiga ko‗plab moliya va lizing tashkilotlari birikishni boshlashgan. Bugungi 
kunda uning a‘zolari soni 25 ta
104
lizing tashkilotlaridan iborat bo‗lib, har bir davlat 
104
Immorent Aktiengesellschaft, Австрия. KBC Lease Group, Бельгия. Китай Лизинг Бизнес Ассоциации 
Китайской ассоциации предприятий с иностранными инвестициями Предприятия, Китай. CSOB Лизинг как, 
Чешская Республика. Nordania лизинга, Дания. Piraeus Египет лизинговая компания, Египет. Nordea Finance 
Финляндии Limited, Финляндия. Ergo, Исландия. Сундарам Finance Limited, Индия. Промышленность и шахты 
лизинговая компания, Иран. Iccrea Bancalmpresa, Италия. ABN AMRO NV аренды, Нидерланды. DNB Bank 
ASA, Финанс, Норвегия. Europejski Fundusz Leasingowy SA, Польша. Caixa Лизинг электронной факторинг, 
Португалия. Лизинговая компания УРАЛСИБ, Россия. BCR Лизинг IFN SA, Румыния. Swedbank Финанс AB


313 
faqat bitta lizing tashkiloti bilan a‘zolikka qabul qilinishi mumkin. IFLA a‘zolari 
muhim bo‗lgan xalqaro kredit institutlari bilan uzviy aloqalarga ham ega bo‗lishadi. 
―Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi‖ (IFLA)ga a‘zo bo‗lish uchun quyidagi 
talablarni bajarishi lozim:
- lizing tashkiloti kredit va lizing asosida moliyalashtirishga yo‗naltirilgan 
bo‗lishlari lozim;
- barqaror moliyaviy tizimga ega bo‗lishi;
- lizing tashkilotlari o‗z faoliyati, kuch g‗ayrati bilan assotsiatsiya faoliyatini 
rivojlantirishga ko‗maklashishi talab qilinadi.
―Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi‖ (IFLA) o‗zining asosiy maqsadi 
sifatida, a‘zolari o‗rtasida forumlar tashkil etish va bu bilan ular o‗rtasida o‗zaro 
g‗oyalar, bilimlar, malaka va ma‘lumotlar almashinuviga zamin yaratishga qaratgan. 
Bunday o‗zaro almashinuvlar tomonlar manfaatlariga xizmat qilishga yo‗naltirilgan. 
Assotsiatsiya o‗z faoliyati doirasida a‘zolari faoliyat doirasi, ularning moliyaviy 
natijalari va shu kabi boshqa ma‘lumotlarni o‗rganib boradi va o‗z a‘zolari faoliyatini 
qiyosiy baxolaydi. Bugungi kunda yirik lizing markazlaridan yana biri bu Yevropa 
lizing bozori bo‗lib uning 78 foizi 8 ta (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Polsha va Shvesiya) mamlakat ulushiga to‗g‗ri keladi, 
bundan tashqari bu mamlakatlar Yevropa ittifoqi xududida ishlab chiqarish 
sohasining 78 foizlik ulishiga ega hisoblanadilar. Yevropa ittifoqi (YEI) xududida 
faoliyat yuritayotgan firmalarni doimiy kuzatuv tahlil jarayoni bilan Yevropa 
markaziy banki (YEMB) shug‗ullanib boradi.
Bugungi kunda Yevropa lizing bozorining yirik ishtirokchisi bu ―Leaseurope‖ 
bo‗lib unga 1972 yilda asos solingan. ―Leaseurope‖ hozirgi kunda Yevropa 
davlatlarining 44 ta assotsiatsiyalarini o‗zida birlashtirgan federatsiya hisoblanadi va 
Yevropa lizing bozorini 93 foizini egallagan. Bugungi kunda ―Leaseurope‖ Yevropa 
davlatlaridan tashqari AQSH, Kanada, Avstraliya va Yaponiya kabi davlatlarining 
Швеция. Tunisie лизинга, Тунис. Турецкие Финансовая Лизинговая Ассоциация, Турция. УФНА Американская 
ассоциация финансовых услуг, Соединенные Штаты Америки. HSBC Bank, Великобритания. Лизинг 
оборудования и финансам ассоциации (ELFA), Соединенные Штаты Америки. 


314 
lizing assotsiatsiyalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‗rnatgan. Yevropa 
mamlakatlarida 2015 yilda lizing portfelining hajmi 15.1-rasmda keltirilgan.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling