Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Tayanch so„z va iboralar: 
Lizing, moliyaviy lizing, operativ lizing, moliyaviy lizing, mulkiy 
munosabatlar, renting, xayring lizing ob‘ekti, lizing sub‘ekti, lizing oluvchi, lizing 
beruvchi. lizing to‗lovlari summasi, milliy lizing, xalqaro lizing. 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar: 
 
1. Lizing deganda nimani tushunasiz? 
2. Moliyaviy lizingni o‗ziga xos xususiyatlari 
3. Operativ lizingdan qanday holatlarda foydalaniladi? 
4. Xalqaro amaliyotda lizingni qanday turlari mavjud? 
5. ―Lizing to‗grisida‖gi qonun qachon qabul qilingan? 
6. Lizing to‗lovlarini amalga oshirish tartibi 
7. Xalqaro moliyaviy lizingni iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o‗rni.


327 
XVI BOB. INVESTITSIYALARNI LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH 
 
§ 16.1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni va mohiyati 
§ 16.2. Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ishtirokchilari va ularning 
funksiyalari, loyihaviy moliyalashtirish turlari 
§ 16.3. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish 
§ 16.4. Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash xususiyatlari 
 
§ 16.1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni va mohiyati 
Loyihaviy moliyalashtirish mazmunini o‗rganishda ba‘zi iqtisodchi olimlarning 
fikr-mulohazalarini o‗rganish maqsadga muvofiqdir. Rossiyalik iqtisodchi olim 
I.Mazurning ―Upravleniye proyektami‖ kitobida: ―loyihaviy moliyalashtirish – bu 
investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit 
ko‗rinishida taqdim etishdir‖, deb ta‘rif berilgan. Bu yerda, kredit qarz oluvchiga 
nisbatan hech qanday regressiz, cheklangan yoki to‗liq regressli bo‗lishi mumkin, deb 
yozilgan.
D.Morozovning fikricha esa, ―loyihaviy moliyalashtirish – bu loyihani turli 
shakllarda kreditlashdir, bunda kreditlarning qaytarilishi ta‘minoti loyihadan 
keladigan daromadlardir‖, degan fikr ilgari surilgan. O‗zbekistonlik iqtisodchi olim 
D.G‗ozibekovning mulohazalariga ko‗ra, ―loyihaviy moliyalashtirish o‗zining 
murakkab moliyaviy munosabatlari bilan (sindikatlashtirilgan kredit yoki qarz 
berishda ko‗p tomonlarning qatnashishi) kreditorga moddiy kafolatlar berish
loyihalar evaziga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni harid qilish bo‗yicha uzoq 
muddatli shartnomalar asosida moliyalashtirishdir‖. Haqiqatdan ham investitsiyalarni 
loyihaviy moliyalashtirish moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy 
shakllaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Shu bois ham u boy mazmunga ega. Aytish 
joizki, loyihaviy moliyalashtirish – loyiha bo‗yicha asosiy vositalarni sotib olishni, 
tashkil etishni yoki qurilishni moliyalashtirish bo‗lib, unda kreditor asosan 
quyidagilarga e‘tibor beradi: 
- kreditni qaytarish manbasi sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‗yicha 
olinadigan sof pul oqimiga (mablag‗larning qaytish darajasiga); 


328 
- loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini 
ta‘minlaydigan manbasiga, ya‘ni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa 
ta‘minotlarga‖. Loyihaviy moliyalashtirish mazmuni O‗zbekiston Respublikasi 
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining yo‗riqnomalarida quyidagicha izohlanadi: 
loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va 
monitoringini olib borish jarayoni bo‗lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat 
ko‗rsatish ob‘ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta‘mirlash yoki texnik 
qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni 
tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‗naltiriladi‖. 
Loyihani amalga oshirish orqali ko‗rilgan qo‗shimcha daromad kreditni 
qaytarishning asosiy manbai bo‗lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish 
orqali qo‗shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo‗yicha ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy 
moliyalashtirish deb bo‗lmadi, u biznes-reja asosida amalga oshiriladigan 
moliyalashtirish hisoblanadi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling