Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 16.2. Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ishtirokchilari va ularning


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 16.2. Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ishtirokchilari va ularning 
funksiyalari, loyihaviy moliyalashtirish turlari 
Investitsion 
faoliyatni 
tashkil 
etish 
va 
rivojlantirishda 
loyihaviy 
moliyalashtirish har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‗ynaydi. 
Respublikada sog‗lom raqobat muhitini yuzaga keltirishda loyihaviy moliyalashtirish 
katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham tijorat banklarining milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirishdagi 
mavqeining 
kuchayishi 
bevosita 
banklar 
faoliyatining 
samaradorligini oshirish zaruriyatini kuchaytirishga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida loyihaviy moliyalashtirish investitsiyalarni moliyalashtirishning taraqqiy 
etgan zamonaviy usullaridan biri bo‗lib qolmoqda.
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda qatnashish imkoniyatiga ega 
bo‗lgan tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlar turli mablag‗lar egalarining 
loyihani amalga oshirishdagi vazifalarini bilishga da‘vat etadi, shu sababli loyihaga 
mablag‗larni samarali birlashtirishga bevosita ko‗mak beruvchi ishtirokchilarni 
yuqori natijalarga erishishini ta‘minlovchi muhim omil hisoblanadi (16.1-jadval). 
Loyihaviy moliyalashtirishning jahon amaliyotida turlicha usullari va 
manbalari mavjud bo‗lib, har bir davlat o‗z iqtisodiy va investitsion siyosati, bozor 
mexanizmining amal qilish darajasiga qarab, bu usullardan foydalanishi mumkin.


331 
16.1-jadval 
Loyihaviy moliyalashtirishda qatnashishi mumkin bo„lgan ishtirokchilar 
 
Ishtirokchilar 
Loyihadagi roli 
Loyiha xomiylari, 
ta‘sischilari 
Loyiha natijalariga bevosita qiziquvchi kompaniyalar va jismoniy 
shaxslar. Ular loyihani oldinga so‗rishadi, turli masalalarni 
kelishishadi, tegishli ruxsat(noma)lar olishadi. 
Yetkazib beruvchi va 
pudratchilar 
Berilgan loyiha bilan bog‗liq bo‗lgan tovarlar va xizmatlarni yetkazib 
berish shartnoma majburiyatlariga egalik qiluvchi kompaniyalar. 
Haridorlar 
Ko‗pchilik loyihalarda mahsulot ma‘lum davrda ochiq bozorlarga olib 
chiqilmaydi. Bunday hollarda loyiha kompaniyasi alohida haridor yoki 
ularning guruhi bilan muayyan miqdordagi mahsulotni sotib olish 
bo‗yicha oldindan uzoq muddatli shartnomalar tuzishgan bo‗ladi. 
Loyiha amalga 
oshirilayotgan 
mamlakat hukumati 
Zaruriy ruxsat beruvchi hujjatlarni berish, haridlarni amalga oshirish, 
loyihada aksioner, homiy sifatida ishtirok etish, muayyan kafolatlar 
taqdim etish.
Loyiha boshqaruvchisi 
Loyihaning amalga oshirilishiga javob beruvchi menejerlar komandasi, 
loyihaviy moliyalashtirish bo‗yicha bitmning bosh bo‗g‗ini. 
Qarz hisobiga 
moliyalashtiruvchilar 
Loyiha kompaniyasiga resurslarni kelishilgan muddatga va oldindan 
kelishilgan shartlar asosida qarzga taqdim etuvchi tuzilmalar. 
Konsultant va 
maslahatchilar 
Loyihani amalga oshirishning turli aspektlarida moslashuvchanlikni 
ta‘minlaydigan maslahatlar beruvchi ixtisoslashtirilgan kopaniyalar va 
jismoniy shaxslar.
Amalda investitsiya loyihalarining uzoq muddatli bank kreditlarini loyihaviy 
moliyalashtirishning ayrim omillar va holatlardagi kichik bir shakli sifatida qaraladi. 
Bunga quyidagi omillar sabab bo‗ladi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling