Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

va to„rtinchi bosqichlarida homiylarni faoliyatini, risklarni va ularni taqsimlanishini 
tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini
loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to‗g‗ri taqsimotini o‗rganadi. 
Davlatning investitsion resurslariga turli soliqlar va majburiy yig‗imlardan 
tashkil topgan soliqli daromadlari soliqsiz daromadlarining bir qismi, xususiy 
investitsion resurslarga iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yurituvchi xo‗jalik 
sub‘ektlarining turli fondlarda jamlangan mablag‗lari va jismoniy shaxslarning 
mablag‗lari kiradi. Xorijiy investitsion resurslarga chet el davlatlari, korxolari, 
xalqaro miliyaviy institutlar mablag‗lari kiradi. Ularning barchasi investitsion 
faoliyatni moliyaviy ta‘minlash manbalari bo‗lib hisoblanadi 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ishlab chiqarishni tashkil etish 
jihatlarini o‗zgartirib, iqtisodiy rivojlanishni xorijiy investitsiyani jalb etish orqali 
olib boradi. Bunday moliyalashtirish mulkchilikning turli shakllariga mansub xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini yanada samarali bo‗lishiga yordamlashadi, xo‗jalik 
amaliyotida asta-sekin bosqichma-bosqich iqtisodiy o‗sishni kengaytirishga, xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini oshiradi, takror ishlab chiqarishni har 
tomonlama jadallashtirishga imkon beradi, xususiy sektorni investitsiyalash 
imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
§ 16.3. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish 
G‗arbiy Yevropa mamlakatlarida o‗tgan asrning 80-yillarining boshida 
loyihaviy moliyalashtirish usullari turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarishda 
foydalanishi orqali loyiha tashabbuschilariga qarz to‗lovlariga bo‗lgan harajatlarni 
kamaytirishga va moliya-kredit institutlarining yordamidan foylanishga imkoniyat 
yaratgan edi. Dastlab, loyihaviy moliyalashtirish Amerika, Kanada, Germaniya va 
Yaponiya banklari o‗rtasida bo‗lib olingan bo‗lsada, hozirda Shimoliy dengizda neft 
va gaz qazib olishning keskin rivojlanishi natijasida ular qatoriga Buyuk Britaniya 
tijorat banklari ham qo‗shildi. Keyinchalik Fransiya, Shveysariya, Gollandiya, 


337 
Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlar banklari loyihaviy moliyalashtirishning jahon 
bozorining faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqa boshladi. 
Iqtisodiy o‗sishning yuqori sur‘atlari loyihaviy moliyalashtirish shakllariga 
katta talabni vujudga keltirdi, bu talab, eng avvalo, rivojlanayotgan bozorlarga 
tegishli edi. 1997-1998 yillardagi jahon moliyaviy inqiroziga qadar, loyihaviy 
moliyalashtirishning jahon bozorida yetakchilikni Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari 
egallashgan edi. 1996 yilda Gonkongda 19,3 mlrd. doll. qiymatdagi 36 ta investitsiya 
loyihasi, Indoneziyada 14,1 mlrd. doll. qiymatdagi 72 ta loyiha, Taylandda 9,4 mlrd. 
doll. qiymatdagi 31 ta loyiha amalga oshirilgan edi. 1996 yilda Osiyo davlatlarida 
jami 86,2 mlrd. doll. qiymatdagi 400 ta investitsiya loyihasi moliyalashtirilgan. Bu 
ko‗rsatkich Amerika va Yevropa kontingentlari mamlakatlarinikiga qaraganda 
ko‗pdir
111
.
Aytish joizki, Osiyo davlatlari loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida 
birinchilikni yo‗qotishdi va yetakchilikni yana AQSH va G‗arbiy Yevropa davlatlari 
egallashdi. Biroq, oxirgi yillarda Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari inqiroz 
zarbalaridan o‗zini o‗nglab olgach, yana xorijiy investitsiyalarni jalb qilish evaziga 
iqtisodiy o‗sishning yuqori sur‘atlarini ta‘minlashga harakat qilishmoqda. Bunday 
davlatlar qatoriga, eng avvalo, Xitoy, Indoneziya, Fillipin, Malayziya kabi Osiyo 
davlatlarini va Sharqiy Yevropa davlatlarini kiritishimiz mumkin. Bu davlatlarda 
investitsiyalash sur‘atlari oxirgi 2-3 yil ichida ancha sezilarli bo‗lib bormoqda. 
Loyihaviy moliyalashtirishning turli shakl va sxemalari asosida amalaga 
oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib loyihaviy moliyalashtirishning ―sof‖ namunasi 
bo‗lgan Buyuk Britaniyani Yevropa kontengenti bilan bilashtiruvchi ―Yevrotunnel‖ 
loyihasini keltirishimiz mumkin. Mazkur loyiha davlat organlari va xalqaro 
tashkilotlar ishtirokisiz xususiy sektor investitsiyalari asosida amalga oshirilgan. 
Loyihani moliyalashtirishning umumiy qiymati 7 mlrd. funt sterlingni tashkil etib, 
loyihada 15 davlatdan 198 ta bank ishtirok etgan
112
.
111
 
www.ziyonet.uz
 маълумотлари асосида 
112
Ўша ерда


338 
Hozirda loyihaviy moliyalashtirishning globallashuv xususiyatini hisobga 
olgan holda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) va Jahon banki (JB) 
tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy boyliklarni qayta ishlash bilan 
bog‗liq yirik investitsiya loyihalarini, shuningdek, kapital taqchilligi mavjud bo‗lgan 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qator loyihalarni moliyalashtirish uchun keng 
foydalanib kelinmoqda. Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda rivojlangan 
mamlakatlar bank amaliyotida sindikatli kreditlash shaklidan keng foydalaniladi. 
Bunda kredit operatsiyalarini tashkil etish jarayonida bank birinchi o‗ringa qarz 
oluvchining kredit tarixini o‗rganishga, uning iqtisodiy, moliyaviy ahvoliga va 
ta‘minot turlari, garovga berilayotgan mulkni baholashga diqqat e‘tiborini qaratsa, 
loyihaviy moliyalashtirishda esa asosiy e‘tibor loyiha tahliliga qaratiladi. Loyihaviy 
tahlilning asosiy ob‘ekti, bu loyihaviy hujjatlar (loyihani texnik-iqtisodiy asosi)dir. 
Loyihaviy taxlilning asosiy maqsadi – investitsion loyihani moliyaviy va iqtisodiy 
samaradorligini aniqlab berish, investitsion loyihaning smeta harajatlari va 
moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash hamda rikslarni baholash va samarali 
boshqarishdir. 
Texnik – tashkiliy, huquqiy, ekologik, tijorat iqtisodiy, moliyaviy 
yo‗nalishlarini loyiha tahlilining asosiy yo‗nalishlariga kiritishimiz mumkin. Dastlab 
yirik loyihalarni amalga oshirishda ko‗pgina ishtirokchilar jalb qilingan bo‗ladi. 
Jumladan: 
 loyiha tashkilotchilari; tashkilotchilar ta‘sis etgan loyihaviy kompaniya; 
 kreditorlar (tijorat banklari, bank konsorsiumi); pudratchilar (bosh pudratchi, 
subpudratchilar); asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilar; 
 sug‗urta kompaniyalari; loyihaviy kompaniya chiqarayotgan aksiya va boshqa 
qimmatli qog‗ozlarni sotib oluvchi institutsional investorlar; 
 moliyaviy maslahatchilar; operator-kompaniyalar, ob‘ektni ekspluatatsiya 
(ishlab chiqarish)ga kiritgandan so‗ng, uning investitsion faoliyatini boshqaradi. 
Investitsion loyihalarni baholashda loyihaning ishonchligini ta‘minlovchi 
quyidagi mezonlardan foydalaniladi: 
 texnik-iqtisodiy asoslanganlik va moliyaviy rejaning qoniqarligi; 


339 
 loyiha tomonidan ishlatiladigan mahsulot va xom-ashyo manbalari va 
qiymatlarining kafolatganligi; 
 loyihaning ma‘qul narxlarda yoqilg‗i bilan ta‘minlaganligi; 
 loyiha mahsulotlari va xizmatlarini sotish uchun bozorning mavjudligi va 
bozorgacha transport harajatlari ma‘qul narxlarda mavjudligi;
 qurilish materiallarini kutilgan narxlarda sotib olish mumkinligi; 
 pudratchi, foydalanuvchi va boshqaruvchi personallar tajribali va ishonchligi; 
 loyiha ishonchsiz texnologiyalarini o‗z ichiga olmasligi; 
 hamkorlar va manfaatdorlar tomonlar bilan shartnomaviy kelishuvlar tuzilgan, 
litsenziya va ruxsatnomalar olinganligi; 
 valyuta rikslarining taqsimlanganligi; 
 loyiha qo‗shimcha ta‘minoti sifatida qimmatli aktivlarga egaligi; 
 yetkazilayotgan resurs va aktivlarning tegishli sifatlari ta‘minlanganligi;
 tegishli sug‗urta to‗lovlari qarab chiqilganligi; 
fors-major holatlari, to‗xtab qolishlar xavfi (yetkazib berishda, qurilishda va 
boshqalar) harajatlarning o‗sishi hisobga olingan va ularning taqsimlanganligi; 
 loyihaning investorlarni qoniqtiruvchi ko‗rsatkichlarga egaligi; 
 foiz stavkalari va inflyatsiyaning haqiqiy olati hisobga olinganligi. 
Haqiqiy investitsion loyiha har doim ham yuqorida sanab o‗tilgan barcha 
mezonlarga mos kelavermaydi. Yuqoridagi mezonlar loyihaviy moliyalashtirishni 
muvaffaqiyatli kechishi uchun beshta asosiy tamoyillarni belgilab olishni taqozo 
etadi. 
 investitsion loyihalarni hayotiyligi; 
 loyihani amalga oshirishda tajribali, kuchli va vijdonli hamkorlarning ishtiroki; 
 loyiha barcha risklarining hisobi va taqsimoti; 
 barcha xuquqiy jixatlarni tartibga solib borish; 
 loyihani amalga oshirishda sifatli biznes-rejaning mavjudligi va aniq 
muvofiqlashgan harakat rejalarini ishlab chiqish. 


340 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling