Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
Sindikatlashmoq,
sindikat tuzib birlashmoq ma‘nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog‗liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o‗rtasida taqsimlanishidadir. Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo‗lgan kreditlarga loyihaviy moliyalashtirish ham kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo‗lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi. Moliyaviy globalizatsiya davrida investitsiya loyihalarini xalqaro kreditlash jarayonida loyihaviy moliyalashtirish tobora samarali moliyalashtirish shakli bo‗lib kelmoqda. Loyihaviy moliyalashtirish deganda odatda bank tomonidan investitsiya loyihasini moliyalashtirishdagi maxsus kreditlash turi tushunilib, bunda regressiz yoki qarzdorga bo‗lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini maqsadli moliyalash (kreditlash) tushunilib, bunda qarz oluvchining to‗lov majburiyatlarining ta‘minoti bo‗lib, mazkur loyiha faoliyatidan olgan daromadlari hamda bu loyihaga taaluqli aktivlar hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishda ko‗pchilik loyihani moliyalashtirishning sindikat 342 kreditlari shakliga zarurat sezmoqda. Bunda kredit bitimi shartlarini tashabbuskor bank o‗rnatadi va u boshqa banklarni bu loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif etadi. Sindikatlashgan kredit bo‗yicha foiz summasi qoidaga ko‗ra suzib yuruvchi stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered Rate – Londondagi banklararo kreditlar bo‗yicha foiz stavka) stavkasini olishadi va unga bank marjasi qo‗shiladi. Investitsiya loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) nuqtai nazaridan moliyalashtirish muddatini va ob‘ektni qurish (yaratish) vaqtini kelishib olish muhimdir. Ob‘ektni ishlab chiqarish quvvatlariga yetkazish va ishlash muddatining amalga oshirilishi investitsiya loyihasini moliyalashtirish vaqtini (muddati) shakllantiradi. Xorij tajribasi shuni ko‗rsatadiki, Yevropa banklari tomonidan qo‗llaniladigan kreditlashtirishning maksimal muddati 10-15 yilni tashkil qiladi. AQShda esa bu muddat kamroq 7-12 yil. Agar loyihani moliyalashtirish muddati yetarlicha bo‗lmasa, u holda moliyalash tarkibini kreditlashning real imkoniyatlariga o‗zgartiriladi. Shuningdek, alohida banklar ham kafil bo‗lib chiqishlari mumkin. Bunday holat xalqaro kredit tashkilotlari yoki eksport-import kreditlarini sug‗urtalovchi milliy agentliklar tomonidan loyiha moliyalashtirilganda ko‗proq yuz beradi. Bunda sindikatishtirokchi banklar kreditor foydasiga akkredetiv ochishlari yoki kafolat berishlari mumkin. Bunday moliyashtirishdan foyda nima? Unda qarz oluvchi moliyalashni kamroq risklar bilan oladi, ya‘ni kreditlar riski tijorat bankiga o‗tadi. 90-yillar birinchi yarmi jahon xo‗jaligi uchun yuqori iqtisodiy o‗sish darajasi bilan harakterlanib, loyihani moliyalashtirish shakllariga katta talab uyg‗otdi. 1997- 1998 yillardagi moliyaviy inqirozlargacha loyihani moliyalashtirishning jahon bozorida Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari yetakchilik qilib keldi. 1996 yilda Gonkongda 36ta qiymati 19,3 mlrd. dollarlik, Indoneziyada 72 ta qiymati 14,1 mlrd. AQSH dollarlik, Taylandda 31 ta qiymati 9,4 mlrd. dollarlik investitsion loyihalar amalga oshirildi. Umumiy 1996 yilda Osiyo mamlakatlarida 400 ta qiymati 86,2 mlrd. AQSH dollarlik investitsion loyihalar moliyalashtirildi. O‗zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish asosan tijorat banklari, byudjet mablag‗lari 343 va byudjetdan tashqari fondlar mablag‗lari hisobiga amalga oshirilib, yangi zamonaviy asbob-uskuna keltirishga, qurilish va ta‘mirlash-montaj ishlariga, import o‗rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga va eksportga mo‗ljallangan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‗ljallangan ob‘ektlar qurishga yo‗naltirilgan. Shu bilan birga yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun chet el investitsiyalari va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri moliyalashtirishni tashkil etish lozimdir. Investitsion loyihalarning turlicha klassifikatsiyalari mavjud bo‗lib, belgilariga qarab investitsion loyihalarning quyidagi ko‗rinishlarini ajratish mumkin. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling