Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Birinchidan, tijorat banklarining nuqtai nazaridan loyihaviy moliyalashtirish 
doirasidagi kredit operatsiyalari yuqori riskli operatsiya hisoblanadi. Loyihaviy 
moliyalashtirish tizimida bank qarzdorga regress huquqisiz kredit beradi. Kreditni 
qaytarish va foizini to‗lash manbasi bo‗lib, investitsiya loyihasini amalga oshirishdan 
oladigan daromad hisoblanadi. Tijorat banklari risklarni qabul qilganligi uchun 
mukofot tariqasida yuqori foiz oladi. Shu tariqa bank yuqori riskni sug‗urta qiladi. 
Ikkinchidan, loyihaviy moliyalashtirishda asosiy e‘tibor investitsiya 
loyihalarining risklarini baholashga va uni pasaytirishga qaratiladi. Bunday holda 
asosiy rolni yetakchi bank o‗ynaydi, u o‗zining xodimlari bilan va maslahatchilarni 
jalb etgan holda investitsiya loyihasining samaradorligini, pul oqimi dinamikasini, 
mahsulot sotish istiqbolini, loyiha risklarini baholaydi. Loyihaviy tahlil loyihaviy 
moliyalashtirishda eng asosiy ahamiyatga ega bo‗lgan jarayondir.


332 
Uchinchidan, loyihani amalga oshirishda quyidagi ko‗pgina ishtirokchilarning 
qatnashishi ko‗zda tutiladi: 
 loyiha tashabbuskori; 
 loyiha kompaniyasi; 
 maslahatchilar; 
 pudratchilar (bosh pudratchi, subpudratchi); 
 uskunani yetkazib beruvchilar; 
 sug‗urta kompaniyalari va kafolatchi banklar; 
 kreditorlar (banklar)va h.k. 
Loyiha kompaniyalarining mavjudligi, uning asosiy belgilaridan biri loyihaviy 
moliyalashtirish bo‗lib hisoblanadi. Loyiha kompaniyalari loyihani amalga oshirish 
sharoitida loyiha homiylari tomonidan tashkil etiladi. Agar oddiy kredit 
operatsiyalarida bank qarzdorning oldingi davrdagi moliyaviy faoliyatining natijalari 
bilan qiziqsa, investitsiya loyihasini hayotga tatbiq etishda esa bank asosiy e‘tiborni 
loyihani samaradorligini baholashga va loyiha kompaniyasining faoliyatini 
ta‘minlovchi kafolat masalalariga e‘tibor beradi. Olingan kredit ta‘sischilarning 
balansida emas, balki loyiha kompaniyasining balansida o‗z aksini topadi. Bu usul 
―balansdan tashqari‖ (―of balance sheet‖) deb nomlanadi. To‗rtinchidan, loyihaviy 
moliyalashtirishda kreditor asosiy e‘tiborni, shuningdek, loyihani amalga oshirish 
jarayonining nazoratiga qaratadi. Ko‗p hollarda, bu funksiya kreditorlar tomonidan 
amalga oshirilsa, ayrim hollarda, bunga maxsus kompaniyalar taklif etiladi. Maxsus 
kompaniya qarzdor bilan tuzilgan shartnoma asosida loyihani amalga oshirish 
jarayoni ustidan doimiy nazorat olib boradi, qarzdor o‗z navbatida bu kompaniyaga 
bajarilgan ishlar xususida davriy hisobot berib turadi. Beshinchidan, loyihaviy 
moliyalashtirish bozorida banklar turlicha vazifalarni bajaruvchilar sifatida ishtirok 
etishi mumkin: bank-kreditor sifatida; kafolatchi sifatida; moliyaviy maslahatchi 
sifatida; lizing institut sifatida va h.k. Oltinchidan, qarzdor uchun loyihaviy 
moliyalashtirish doirasida olingan mablag‗ o‗z afzalliklari bilan bir qatorda oddiy 
kreditga nisbatan qimmatga ham tushushi mumkin. U quyidagilar bilan asoslanadi: 


333 
 yuqori risk sababli kredit bo‗yicha foiz ham yuqori bo‗ladi, shuningdek, 
ortiqcha komission harajatlar (loyihani baholash uchun, moliyalashtirishni tashkil 
etish uchun, monitoring uchun komissiya haqlari) mavjudligi; 
 loyiha oldi ishlari bo‗yicha harajatlarning ko‗pligi; 
 to‗liq ishlab chiqilgan loyiha oldi hujjatlarisiz bank moliyalashtirish arizasini 
ko‗rib chiqmasligi; 
 qarzdor faoliyati ustidan bank tomonidan qattiq nazoratni o‗rnatilganligi. 
Shuning 
uchun 
ham, 
ko‗p 
hollarda, 
qarzdor 
investitsiyalarni 
moliyalashtirishning oddiy an‘anaviy shaklidan foydalanishni lozim ko‗radi. 
Loyihaviy moliyalashtirishning moliyaviy sxemalarini ikkita turga ajratish mumkin: 
- parallel moliyalashtirish; 
- bosqichma – bosqich moliyalashtirish; 
Birinchi 
tur 
moliyalashtirish 
amaliyotda 
―Hamkorlikda (qo‗shma) 
moliyalashtirish‖ deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo‗lgan investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari qarz mablag‗lari 
ajratadi. Bosqichma – bosqich moliyalashtirishda esa yuqori nufuzga ega bo‗lgan 
bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel moliyalashtirishning quyidagi 
afzalliklari mavjud, ya‘ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish 
shakli banklarga bir tomondan me‘yorlarga amal qilgan holda kredit berish 
imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan kredit risklarini pasaytiradi. Ko‗p hollarda, 
loyihani moliyalashtirish tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo‗lgan tijorat bankining 
yoki xalqaro moliya institutlarining ishtirok etishi qarzdorning o‗z vaqtida kreditni 
qaytarishiga 
qo‗shimcha kafolat beradi. Kredit shartnomasiga qilingan 
qo‗shimchalarda agar qarzdor moliyalashtirishda ishtirok etayotgan biror kreditor 
oldidagi to‗lov majburiyatini bajarmasa bosh kreditor kreditni muddatidan oldin 
undirib olish huquqiga ega bo‗ladi. 
Investitsiya loyihalarini hamkorlikda (qo‗shma) moliyalashtirishning quyidagi 
ko‗rinishlari (shakllari) mavjud, ya‘ni hamkorlikda moliyalashtirishning ikki shakli 
ko‗p qo‗llaniladi: 


334 
- mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi bilan kredit 
shartnomasi tuzadi va investitsiya loyihasida o‗ziga tegishli bo‗lgan qismini 
moliyalashtiradi (subloyiha);
- ko‗pchilik bo‗lib hamkorlikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar 
to‗planib bitta sindikatga birlashadilar, yagona kredit shartnomasi tuziladi va kredit 
shartnomasini tayyorlash va imzolashni bank-menedjer amalga oshiradi. Keyingi 
bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan nazoratni (ayrim hollarda 
investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni) hamda zarur hisob-kitob 
operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent ma‘lum miqdordagi 
komission haq e‘vaziga amalga oshiradi.
Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o‗ziga xos 
xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining 
ekspertizasi bo‗yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi, bank olamida yuqori 
nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo‗yicha ko‗plab arizalar kelib 
tushadi. Biroq, yirik banklar ham har doim bu loyihalarni ularning balansiga salbiy 
ta‘sir etishi mumkinligi yoki boshqa sabablar oqibatida moliyalashtira olmaydi. 
Shuning uchun, ko‗p hollarda, bu banklar loyihani kreditlashtirishning tashabbuskori 
sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya loyihasini samaradorligini baholagani 
va kredit shartnomasini ishlab chiqqani uchun tashabbuskor bank komission haq 
oladi.
Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish o‗ta muhimdir. 
Boshqacha ifodalaganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyidagicha: 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling