Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 16.4. Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash xususiyatlari


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 16.4. Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash xususiyatlari 
Hozirda kredit munosabatlari sohasida banklar faoliyatini birlashtirish zarurati 
tug‗ilmoqda. Birlashmalarni tashkil etish maqsadlari xilma-xil, lekin ular bank 
operatsiyalari bo‗yicha xatarlarni qisqartirgan holda katta ko‗lamdagi tadbirlarni 
moliyalash bilan yoki bitta bank yolg‗iz o‗zi hal qila olmaydigan vazifalarni bajarish 
bilan bog‗liq. Uzoq muddatga kredit berish bilan bog‗liq xatarlar mana shunday 
birlashma ishtirokchilari o‗rtasida taqsimlanadi, bu esa a‘zo banklarga o‗zlarining 
likvid zahiralarini ancha pastroq darajada saqlab turish imkonini beradi. 
Bunday birlashmalarda kredit, kafolatlash yoki boshqa kredit-moliya 
operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish uchun tashkil etiladigan bank sindikatlari 
yoki boshqa bank birlashmalari alohida o‗rin tutadi. Davlatning sindikatlashtirilgan 
kreditlarga ehtiyoji eng avvalo byudjet dasturlarini moliyalash zarurligi bilan, xalq 
xo‗jaligining turli tarmoqlaridagi davlat korxonalarini modernizatsiyalash va texnika 
bilan qayta qurollantirishga mablag‗larni investitsiyalash bilan bog‗liqdir. 
Firma va banklar sindikatlashtirilgan kredit hisobiga, qoida tariqasida, tashqi 
iqtisodiy faoliyat bilan, shuningdek, investitsiyalash sohasi bilan, energetika
ekologiya, xom - ashyo resurslarini qazib chiqarish, fan - texnika ishlanmalarini 
amaliyotga joriy etish va shu kabilar bilan bog‗liq ehtiyojlarni moliyalashtiradilar. 
Bank sektorini yanada isloh qilish va erkinlashtirishning davlat dasturlarida tijorat 
banklarining investitsiyalanadigan loyihalarni moliyalash, shu jumladan, xorijiy bank 
sarmoyasini jalb etgan holda moliyalash uchun sindikatlashtirilgan kreditlar berish 
tizimini rivojlantirilishi ko‗zda tutilgan.
Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ―Tijorat banklari 
tomonidan yirik investitsiyalash loyihalarini sindikatlashtirilgan kreditlashni amalga 
oshirish tartibi to‗g‗risida‖gi 2005 yil 16 iyulda qabul qilingan Nizomga muvofiq, 
sindikatlashtirilgan kredit deganda yirik investitsiya loyihalarini bir necha banklar 
tomonidan birgalikda kreditlash tushuniladi. Respublikamiz Markaziy banki 
tomonidan ishlab chiqilgan ―Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini 
sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‗g‗risidagi‖ nizomda 
olingan kreditni qaytara olmaslik xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va 


341 
erkin sotilish talablariga javob beradigan ta‘minotga ega bo‗lishi kerakligi 
ta‘kidlanib, mulk yoki qimmatli qog‗ozlar garovi, bank yoki sug‗urta tashkiloti 
kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi kabilarni ta‘minot sifatida qabul qilinishi 
belgilangan. Lekin, sindikatlashtirilgan kreditda yuqorida ta‘kidlaganimizdek, kredit 
summasining katta miqdorda bo‗lishi qayd etilgan ta‘minot turlarini har doim ham 
yig‗ish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun ko‗p hollarda loyiha ob‘ekti garov 
hisobida qabul qilinadi. Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning 
yangi usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha 
kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo‗ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so‗zning 
aniq atamasi yo‗qligi sababli, ko‗pchilik hollarda moliyalashtirishning bu turini 
sindikatlashtirilgan kredit deb ham ataladi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling