Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

LT = AA + KF + VX + QH + ST 
bu yerda:
LT – jami lizing to‗lovlari;
AA – lizing beruvchiga to‗lash uchun hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari;
KF – kredit mablag‗lari uchun to‗lanadigan foizlar yoki lizing stavkasi;
VX – lizing beruvchiga lizing ob‘ektini sotish bilan bog‗liq vositachilik 
harajatlari;
QH – lizing beruvchiga lizing ob‘ektini yetkazib berish bo‗yicha qilingan, 
qo‗shimcha harajatlar;
ST – sug‗urta to‗lovlari.
Lizing to‗lovlarida qo‗llanilayotgan hisoblash usuliga qarab quyidagilarni 
ajratish mumkin:


319 
- lizingga beriladigan uskuna qiymatidan amortizatsiya ajratmalari, lizing uchun 
foiz, qo‗shimcha takdim etilgan xizmatlar uchun to‗lovlar va lizing beruvchiga har 
bir davrning ohirida to‗lanishi lozim bo‗lgan komission haqdan iborat bo‗lgan 
to‗lovlar;
- kelishuv imzolangan paytda mol-mulkni lizingga oluvchi dastavval lizingga 
beruvchiga belgilangan miqdorda bo‗nak (depozit) taqdim etgan holatlarda, uskuna 
ishlatilish uchun qabul qilinganligi to‗g‗risida dalolatnoma imzolangandan keyin, 
lizing to‗lovlarining umumiy summasini (bo‗nak chegiriladi) muntazam badallar 
orqali to‗lab borganda kuzatiladi;
- hisob-kitob kelishuvida qandaydir sabablarga ko‗ra qandaydir belgilangan 
foizga asoslangan aniq bo‗lmagan to‗lovlar. O‗zaro kelishuv bo‗yicha lizingga 
olingan uskunada ishlab chiqarilgan mahsulot sotuvining hajmi, sotuvdan olingan 
foydaning summasi yoki lizing shartnomasining amal qilish muddatida o‗zgartirilishi 
mumkin bo‗lgan boshqa parametrlar asos qilib olinishi mumkin.
Davriylik bo‗yicha to‗lovlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
- lizing kelishuviga ilova qilingan, kelishuv taraflari tomonidan kelishilgan 
jadval bo‗yicha to‗lanadigan davriy (har yilgi, har chorakdagi, har oydagi) to‗lovlar;
- agar kelishuvda lizingga beruvchiga bo‗nak to‗lanishi nazarda tutilgan bo‗lsa, 
bir vaqtda to‗lanishi qo‗llaniladigan to‗lovlar;
- agar lizing kelishuvda bo‗nak to‗lovi nazarda tutilgan taqdirda, u davriy 
to‗lovlar bilan murakkablashtirilgan bo‗lishi mumkin.
Lizingga oluvchining moliyaviy holati va to‗lov qobiliyatini inobatga olib, 
kelishuvda lizing to‗lovlarining turli usullari belgilanishi mumkin va ularga muvofiq 
quyidagi to‗lovlarni ajratish mumkin:
- teng ulushlar bilan;
- oshib boradigan miqdorlar bilan. Bu asosan lizingni boshlang‗ich bosqichida 
foydalanuvchi tomonidan lizing to‗lovini kamroq ulushlar bilan kiritish, keyinchalik 
esa, uskuna o‗zlashtirilib borishi va unda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sur‘ati 
o‗sib borishiga qarab ushbu ulushlarni oshirib borish qulayroq hisoblangan barqaror 
moliyaviy holatga ega bo‗lmagan lizingga oluvchilar tomonidan qo‗llaniladi;


320 
- kamayib boradigan miqdorlar bilan (tezlashtirilgan to‗lovlar).
Barqaror moliyaviy holatga ega bo‗lgan lizingga oluvchilar tomonidan 
qo‗llaniladi, bunda foydalanuvchi lizingning boshlanish davrida lizingga beruvchiga 
o‗z qarzining asosiy qismini kiritishni afzalroq ko‗radi.
Lizing to‗lovining asosiy qismini amortizatsiya ajratmalari tashkil etadi. 
Amortizatsiya ajratmalari foydalanilayotgan lizing ob‘ektining jismonan va ma‘naviy 
eskirishi natijasida yo‗qotilgan qiymatni qoplovchi asosiy manba hisoblanadi. 
Amaliyotda amortizatsiya ajratmalari summasi quyidagicha hisoblanadi:

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling